Kreativ «Men». Soxta finalizm - Adler bo’yicha, insonning asosiy maqsadini, inson yo’nalishini belgilaydigan maqsadini haqiqatda tekshirib bo’lmaydigan-soxta maqsad deb tasavvur qiladi. Ammo, soxta bo’lishiga qaramay, ular odamni faollikka undovchi manba hisoblanadi va uning harakatini tushuntiradi. Ba’zi odamlar tinimsiz mehnat va ozgina omad bilan hamma narsaga erishish mumkin degan tassavur bilan o’z hayotlarini tuzadilar. Adler bo’yicha, bu tasdiq faqat soxta, qattiq mehnat qilganlarning ko’pi, o’z xizmatlariga yarasha olmaydilar. Inson hayotiga ta’sir ko’rsatadigan soxta ishonchga boshqa misollar ham keltirish mumkin. «To’g’rilik - yaxshi siyosat», «hamma odamlar teng bo’lib yaratilgan». Individual psixologiya tarafdorlari, psixologik fenomenlarni finalizm prinsipiga asoslanmasdan turib tushunib bo’lmaydi, deb qattiq turib oladilar. Sabablar, kuch, instinkt, ta’sir tushunish uchun asos bo’lmaydi, faqatgina soxta maqsadgina odamning xulq-atvorini tushuntira oladi.(Adler A. 1930 y.) Ustunlikka intilish - bu oxirgi maqsadning dastlabki sifati hamma odamlar intiladigan afzallikka intilishdir. U harakatni «pastdan tepaga» yo’naltiradigan umumiy intilishdir. Ustunlikka intilish - bu faqatgina ijtimoiy mavqeiga ega bo’lish bilan mos tushmaydi. Ustunlikka intilish juda ko’p usullarga ega bo’lib va har bir odam bu intilishni o’zicha ifodalaydi.
To’liq emaslik, qadrsizlanish va uning o’rnini to’ldirish hissi.
Qadrsizlanish hissi - bu hissiyot o’z ijtimoiy yoki psixologik kambag’alligini boshdan kechirish bilan bog’liq yuzaga keladi. U hamma hayot sohasida yetuk emasligidan yoki aybdorligini his qilishdan kelib chiqadi. Odamlarning qilayotgan ishlari asosan ana shu asosda yuzaga keladi va bu hissiyotdan chiqib ketish uchun afzallikka intiladilar. Shuni aytish kerakki, u to’liq emaslik hisoblanmaydi. Uning teskarisi, u insonni mukammallikga intilishining sababchisi hisoblanadi. Shu bilan birga ma’lum holatlarda (masalan, noto’g’ri tarbiyalanganda) to’liqmaslik yuqori darajaga ko’tarilishi mumkin. Bu holatda to’liq emasligi shakllanganligi haqida gapiriladi. Adler yoshlikda 3 ta azoblanish his qilinishi to’liq emaslik kompleksini yuzaga keltiradi: organizmning to’liq emasligi; haddan tashqari homiylik; ota-ona tomonidan yuz o’girish. To’liqsizlikni o’rnini bosish odamning to’liq bo’lmagan sohasini yoki boshqa sohani rivojlantirishga bo’lgan intilishini yuzaga keltiradi.
Ijtimoiy qiziqish yoki umumiylik - bu guruh bilan chiqishish yoki yaxshi muomalada bo’lishni yuzaga keltirish. Bunda odamning o’z shaxsiy qiziqishlarini, ijtimoiy foydali umumiy qiziqishlariga bo’ysundirishi hisoblanadi. Ijtimoiy qiziqish asosan tug’ma bo’ladi, chunki odamlar o’z tabiatlariga ko’ra ijtimoiy mavjudotdir.
Biroq har doim ham u yuzaga kelavermaydi, buning uchun ma’lum tayyorgarlik kerak. Bunda tashqi muhit va ta’lim tarbiya muhim rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |