Xalqaro tasnifga koʻra, Q. quyidagilarga boʻlinadi: Matbuot Q. (bosmaxona, ofset, illyustratsiya, kartografiya, boʻrlangan Q.) — juda silliqligi, oqligi, bosma boʻyoqni yaxshi singdirishi bilan ajraladi. Gazeta q. bilan gul (oboy) Q. ham shu sinfga oid. Yozuv Q. (yozuv, pochta, konvert, kartochka Q) — yelim olishi, singdirish xususiyatining kichikligi, juda silliqligi bilan ajraladi. Chizmachilik-rasmchilik Q. (rasm, chizmachilik, chiz-machilik kalkasi Q.) — yelimni yaxshi oladi. Elektroizolyatsion Q. (kondensator, kabel, telefon, izo-lyatsion-oʻrov Q.) — mexanik mustah-kamligi, dielektriklik xossasi yax-shiligi bilan ajraladi. Papiros Q. (mundshtuk, papiros, sigaret, chekma Q.) — bu sinf Q.ning kompozitsiyasi. xossasi va tayyorlanish texnologiyasi turlicha. Shimuvchi Q. (filtr, bosma, singdiruvchi Q.) — fibra, pergament, sanitariyagigiyena mahsulotlari va boshqa tayyorlashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |