Buxoro muhandislik- texnologiya instituti


Tovarlarni marketingcha tavsiflash



Download 1,2 Mb.
bet56/102
Sana25.12.2022
Hajmi1,2 Mb.
#896093
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   102
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

11.2.Tovarlarni marketingcha tavsiflash.
Insonning turli ehtiyojlarini qondira oladigan asosiy vosita bu tovardir.50 Tovar nima? Tovar - bu oldi-sotdi uchun mo’ljallangan tayyor mahsulotdir. F.Kotlerning "Osnovi marketinga" kitobida: "Tovar - ehtiyojni qondira oladigan barcha narsalar va bozorga diqqatni tortish, sotib olish, foydalanish va iste’mol uchun taklif qilinadi", - deb ta’rif bergan.51 Tovarning marketingcha tavsifi 9.2-rasmda ko’rsatilgan:52
Tovarning iste’mol qiymati uning foydaliligi bo’lsa, qiymati uning narxida aaks topadi. Assortiment - bu tovarlarning ma’lum bir guruhlarga birlashishidir. Tovarning sifati - bu unga xos bo’lgan xususiyatlar yig’indisidir. Tovarning miqdori - tovarni o’lchash usulidir. Tovar haqidagi ma’lumotlar - tovarni tavsiflab beruvchi ma’lumotlar.



11.2-chizma. Tovarning asosiy tavsiflari


11.3.Tovarning tarkibiy qismlari
Tovarning tarkibiy qismlari 11.3-chizmada berilgan.



11.3.-chizma. Tovarning tarkibiy qismlari

Tovar (qadog’i) o’ramasi, agar mahsulotni saqlash va o’z iste’molchisiga yetkazish buni talab qilmasa, uning asosiy xususiyatlaridan hisoblanmaydi. Bunday mahsulotlarga kartoshka, karam, sabzavotlar, qazilma boyliklarni misol keltirishimiz mumkin. Lekin bunday mahsulotlar ro’yxati cheklangan. Ko’pgina mahsulotlarga qadoqlanishi juda muhim. Ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar o’rtasida raqobatchilik kuchli bir paytda mahsulotning qadoqlanishi faqatgina himoya vositasi emas, balki u mahsulotning prezentasiyasi, iste’molchi bilan muloqot va raqobatchilardan ajralib turish vositasi hamdir. Tovar o’ramasining ikkita asosiy funksiyasi mavjuddir:


1) Iste’molchi va taqsimot kanalidagi vositachilarga manfaat keltirishi, ya’ni mahsulotni sinish yoki buzilishdan himoya qilish, tashish va saqlash, yuklash uchun qulay bo’lishi va oson qayta ishlanishi kerak.
2) Kommunikasiyani osonlashtirishi - mahsulot xususiyatlari, tarkibi va foydalanish ko’rsatmalari, upakovka rangi hamda formasi: hammasi iste’molchini mahsulotni sotib olishga undashi kerak.
Mahsulot qadoqlanishi uch darajada bo’lishi mumkin:
1. Iste’molchi o’ramasi (ichki) - ichida mahsulot saqlanadigan saqlash qobig’i, masalan, tish pastasi tyubigi.
2. Tashqi o’rama - asosiy o’ramani o’z ichiga olgan himoya qobig’i, masalan, tyubik saqlanadigan quti.
3. Transport o’ramasi - tashish uchun mo’ljallangan sig’imlar, ulgurji qutilar.
Barcha turdagi qadoqlash usullari ijtimoiy ehtiyojlarni, iste’molchi o’ramasi esa estetik ehtiyojlarni qondiradi. O’rama quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • Saqlovchi

  • Axborot beruvchi

  • ekologik

  • Ajratib ko’rsatuvchi

  • estetik.

Bozorda turli davrlarda muvaffaqqiyatga erishgan qadoqlash usullariga misollarni ko’rib chiqish mumkindir:

    • "Vaytl" mineral suv ishlab chiqaruvchi firma plastik butilkalari formasini aylanadan to’rt burchakka aylantirdi. Reklama esa butilka yiqilib ketganda dumalab ketmasligini ustunlik sifatida baholadi.

    • "Procter & Gamble" ning "Pringls" kartoshka chipslari xaltacha o’rnida silindrik qadoqlanish usulida ishlab chiqariladi.

    • Motor moyi ishlab chiqaradigan firmalar moyni almashtirishni osonlashtiradigan qulay qadoqlanishda ishlab chiqara boshlaganlar.

Dekorativ va o’zgacha qadoqlash usullaridan foydalanish mahsulot qiymatini oshirib yuborishi và mavjud mahsulotni yangi mahsulotga aylantirishi mumkin. Masalan istalgan supermarketda 5 kg kartoshka $2 tursada, "Aydaxo" firmasi "12 tanlangan kartoshka" mahsulotini go’zal upakovkada $19 ga muvaffaqiyat bilan pullamoqda.53

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish