Nasoslarda energiya balansi, uning FIK va boshqa parametrlari
Nasos so’rilayotgan suyuqlikka ma`lum miqdorda energiya beradi. Lekin bu energiya nasosga dvigatel’ tomonidan berilgan energiya miqdoriga teng emas, ya`ni dvigatel’ bergan energiyaning bir qismi to suyuqlikka berilgan energiya darajasiga etguncha sarf bo’lib ketadi. Bu sarfni nasosning quvvati va foydali ish koeffitsientini tekshirish davomida aniqlanadi.
Nasosning quvvati deb, uning vaqt birligida bajargan ishiga aytiladi. Quvvat kgm/s, kvt va boshqa birliklarda o’lchanadi. Nasosning biror t vaqtda ko’targan suyuqligi G kg, bosimi N bo’lsa, uning bajargan ishi quyidagiga teng bo’ladi:
Yuqorida aytilganga asosan:
lekin
shunga asosan quvvat quyidagicha topiladi:
quvvatni kvt larda ifodalasak:
da ifodalasak:
Olingan quvvat formulalari nasosning suyuqlikka bergan energiyasini ifodalovchi foydali quvvatni beradi. Amalda esa dvigatelning valni aylantirishga sarflangan quvvati bu formulalar bo’yicha hisoblangan miqdordan ancha ko’p bo’ladi. Dvigatelning valga bergan quvvati bilan foydali quvvatning farqi suyuqlikni ko’tarishda turli qarshiliklarni engishga sarf bo’ladi.
Nasosning foydali ish koeffitsienti (FIK) deb, foydali quvvatning valga berilgan quvvatga nisbatiga aytiladi:
Buni nazarga olganda suyuqlikni so’rish uchun sarf bo’lgan umumiy quvvat dvigatel’ sarflagan quvvatga teng ekanligini bilamiz. Umumiy quvvat quyidagi formulalar yordamida hisoblanadi:
Yuqoridagilarga asosan aytish mumkinki, FIK suyuqlikni ko’tarishdagi barcha energiya yo’qotishlarini ifodalovchi miqdordir. Bu yo’qotishlar uch turga bo’linadi: gidravlik, mexanik va hajmiy.
1. Gidravlik yo’qotishlar — nasosdagi gidravlik qarshiliklar nasosga kirish va chiqishda, uyurmalar hosil bo’lishida va x. k. lardagi gidravlik ishqalanishni engishga sarflanadigan energiyadir. Bu yo’qotishlar gidravlik FIK bilan hisobga olinadi:
2. Mexanik yo’qotishlar— nasosning podshipniklaridagi ishqalanishga, krivoship-shatunli mexanizmlarga va o’z extiyojlariga sarflangan quvvat yo’qotishlari bo’lib, mexanik FIK bilan hisobga olinadi:
bu er da Q — nasosdagi suyuqlikning hajmiy yo’qotishlari.Hajmiy FIK nasosnint germetiklik darajasini va ishlash sharoitini xarakterlaydi.
Shunday qilib, nasosning asosiy parametrlaridan biri bo’lgan to’liq FIK yuqoridagi uchta FIK ning ko’paytmasidan iborat:
3. Hajmiy FIK quyidagicha ifodalanadi:
bu er da Q — nasosdagi suyuqlikning hajmiy yo’qotishlari.Hajmiy FIK nasosnint germetiklik darajasini va ishlash sharoitini xarakterlaydi.
Shunday qilib, nasosning asosiy parametrlaridan biri bo’lgan to’liq FIK yuqoridagi uchta FIK ning ko’paytmasidan iborat:
Porshenli nasoslarda = 0,7. ..0, 9 ga, markazdan qochma nasoslarda esa 0, 6... 0,8 ga teng. Nasos dvigateliga kerakli quvvat NDV ushbu formula bilan aniqlanadi:
bu erda - uzatish FIK; a – dvigatelning tasodifiy o’ta zo’riqishiga qarshi zapas koeffitsient; u dvigatel’ quvvatiga qarab 1.1; 1.1…1,5 ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |