Kreditning rivojlanganlik darajasi, puldan to’lov vositasi sifatida foydalanish. Ko’pincha tovarlar qarzga (kreditga) sotiladi va ularning haqi kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda to’lanadi. Demak, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori kredit miqdoriga muvofiq kamroq bo’ladi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to’lash vaqti boshlanadi. Bu pul miqdoriga ehtiyojni ko’paytiradi.
Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
,
bu yerda: Pm - muayyan davrda muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori;
Tb - sotilishi lozim bo’lgan tovarlar summasi (tovarlar miqdori × narxi); Xk - kreditga sotilgan tovarlar summasi; Xt - to’lash muddati kelgan tovarlar va xizmatlar hamda boshqa to’lovlar summasi; At - pulning aylanish tezligi.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori pul muomalasi qonunini miqdoran ifodalaydi. Chunki muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga nisbatan muomalaga kam pul chiqarilsa, ko’pgina xo’jaliklarda pul tishmasligi, normal holatda xo’jalik yuritib bo’lmay qolish holati yuz beradi. Yoki, aksincha, muomalada bo’lgan pul miqdori sotilayotgan tovarlar va xizmatlar summasiga nisbatan oshib ketishi va buning natijasida tovarlar bilan ta’minlanmagan pulning paydo bo’lishi uning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiyani bildiradi.
Pul miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olib, pul muomalasining quyidagi qonuniga ta’rif berish mumkin: boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, muayyan davrda muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori sotishga chiqariladigan tovarlar summasiga to’g’ri mutanosib, pulning aylanish tezligiga teskari mutanosibdir.
Bunda sotishga chiqariladigan tovarlar summasi ishlab chiqarilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar hajmiga va ularning narxiga bog’liq bo’ladi.
Albatta bunda narx haqida gap ketganda AQSH iqtisodchisi I.Fisher ko’rsatganidek hamma tovarlarning o’rtacha narxi olinmaydi. Chunki samolyot narxi bilan ruchka narxining o’rtachasini olib bo’lmaydi. Shuning uchun har bir turdagi tovarning bozor narxida sotilgan summalari yig’indisi olinadi.
Ta’kidlash lozimki, pulning hamma tizimlari uchun pul muomalasi qonuni umumiy bo’lib, shu bilan birga oltin va qog’oz pul muomalasi qonunlarining o’ziga xos xususiyatlari va bir-biridan farqlari mavjud.
Masalan, 1) oltin pul muomalada bo’lganda:
ortiqcha oltin pul xazinaga jalb qilinib, zaxirada to’planib boradi, zarur bo’lganda muomalaga yoki har xil bezaklar uchun foydalanishga chiqariladi;
tovarlar hajmi ko’payib, muomala uchun qo’shimcha pul zarur bo’lganda xazinadagi oltin pullar muomalaga kiritiladi. Shu yo’l bilan muomala uchun zarur bo’lgan oltin pul miqdori o’z-o’zidan tartiblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |