Buxoro muhandislik- texnologiya instituti


Inflyatsiya, uning mohiyati va turlari



Download 1 Mb.
bet102/138
Sana01.01.2022
Hajmi1 Mb.
#291547
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   138
Bog'liq
Iqtisodiyot fanidan ma'ruzalar matni

2. Inflyatsiya, uning mohiyati va turlari.

Inflyatsiya bozor iqtisodiyoti sharoitida makroiqtisodiy beqarorlikning ko’rinishlaridan biri bo’lib, hozirgi davrda barcha mamlakatlar uchun umumiy bo’lgan holat hisoblanadi.

«Inflyatsiya» atamasi (lotincha inflation – shishmoq, kengaymoq) ilk bora Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida qo’llanilib, muomalada qog’oz pullarning haddan ortiq ko’payib ketishini ifodalagan edi. Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi.

Inflyatsiya tushunchasi juda serqirra bo’lib, iqtisodiy adabiyotlarda uning ko’plab izohlari mavjud. Jumladan:

Inflyatsiya – bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o’sishidir9.

Inflyatsiya – bu muomala sohasining pul belgilari bilan milliy xo’jalik haqiqiy ehtiyojlaridan ortiqcha miqdorda to’lib ketishi10.

Inflyatsiya – bu iqtisodiy tizimda narx o’sishining barqaror tendentsiyasi orqali ifodalanuvchi makroiqtisodiy hodisa11.

Inflyatsiya – bu:



  • muomalada mavjud bo’lgan naqd qog’oz pullar yoki naqd bo’lmagan qog’oz pul hajmining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan tashqari ko’payib ketishi;

  • pullarning xarid qobiliyatining pasayishi;

  • uzoq davr mobaynida narxlarning umumiy o’sishi12.

Bu ta’riflardan ko’rinib turibdiki, inflyatsiya tushunchasini yoritishda bir tomonlama yondashishga yo’l qo’yilib, uning mazmunini to’la va yetarli darajada ochib bera olinmagan. Inflyatsiyani to’g’ri tushunish uchun pulning qadrsizlanishini va uning sabablarini bilish muhim ahamiyatga egadir.

Pulning qadrsizlanishi faqatgina qog’oz pullargagina xos bo’lgan hodisa emas, u hamma pullarga, jumladan metall (oltin) pullarga ham xosdir. Oltin pul quyidagi ikki holatda qadrsizlanadi:

1) oltin qazib olish texnologiyasi takomillashib, yangi texnikalarni qo’llagan holda mehnat unumdorligining oshishi va, binobarin, oltin qiymatining pasayishi natijasida. Agar boshqa tovarlar qiymati o’zgarmagan holda oltin qiymati ikki barobar pasaygan, deb faraz qilsak, u holda tovarlar odatdagi hajmlarining muomalasi uchun ikki barobar ko’proq oltin pul kerak bo’ladi. Demak, bu holatda tovarlar narxi oshib, oltin pulning qadrsizlanishi ro’y beradi;

2) ba’zi iqtisodchilar metall pullarning qadrsizlanishini qadimdan ma’lum bo’lgan metall pullarni soxtalashtirish jarayoni bilan ham bog’laydilar. Qadimgi Gretsiya, Rim imperiyasida eramizga qadar va keyinchalik boshqa davlatlarda ham oltin va kumush tangalar tarkibini nisbatan arzon metallar aralashtirish yoki ularning og’irligini o’zgartirish orqali soxtalashtirish holatlari uchrab turgan. Bu esa metall pullarning o’z qadrini yo’qotishini keltirib chiqargan.

Boshqa holatlarda oltin yoki kumush pullar muomalada bo’lgan chog’da ularning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jarayoni ro’y bermaydi. Iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar hajmidan ortiqcha bo’lgan pul massasi – oltin va kumush tangalar xazinaga aylanadi. Aksincha, iqtisodiyotda tovarlar ko’payib, muomala vositasini bajarish uchun pul yetishmagan taqdirda ularni osonlik bilan jamg’arma tarkibidan chiqarib, muomalaga kiritilgan. Bu esa boshqa sharoitlar o’zgarmagan holda oltin va kumush pullar inflyatsiyaga uchramasligini anglatadi.

Real qiymatga ega bo’lmagan qog’oz pullarning muomalaga kirib kelishi esa inflyatsiyaning kelib chiqishi uchun asosiy manba hisoblanadi. Chunki qog’oz pullarni jamg’arma sifatida muomaladan chiqarish kam samarali va ishonchsiz vosita bo’lib, ular pullarning ortiqchaligi sharoitida ham muomalada qoladilar. Natijada muomalada ortiqcha qog’oz pullarning ko’payishi mavjud yalpi talabni yanada kuchaytirib, narxlarning o’sishini tezlashtiradi.

Inflyatsiya bozor xo’jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish nomutanosibliklari tug’diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. Biroq, shuni ham nazarda tutish kerakki, alohida tovar bozorlaridagi talab va taklif nisbatining har qanday buzilishi ham inflyatsiyani keltirib chiqaravermaydi. Shuningdek, iqtisodiyotdagi davriy o’zgarishlar, masalan, talabning mavsum bilan bog’liq holda oshishi yoki tabiiy ofatlar natijasida tovarlarga talabning kuchayishi keltirib chiqargan narxlarning o’sishi inflyatsiyani anglatmaydi. Bu narxlar ma’lum muddat o’tgach, bozordagi talab va taklif nisbati muvozanatga kelgach, yana pasayishi mumkin.

Yuqoridagilardan xulosa qilib inflyatsiyaga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog’liq holda qog’oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi.

Bu yerda qog’oz pul miqdorining nisbatan ortib ketib, uning qadrsizlanishiga pulning ortiqcha emissiya qilinishi, pul emissiyasi o’zgarmasdan, uning aylanish tezligining oshishi, muomaladagi pul miqdori o’zgarmasa ham tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish hajmining kamayib ketishi, tovarlar va xizmatlar ijtimoiy qiymatining va, binobarin, narxining pasayishi va nihoyat, pul qiymatining pasayishi kabi omillar ta’sir qiladi. Mana shu omillar yana bir bor inflyatsiya – tovarlar narxining o’sishidir, degan ta’rifning to’liq va yetarli emasligini ko’rsatadi. Qog’oz pullar inflyatsiyaga uchraganda uch xil narsaga nisbatan qadrsizlanadi:


    1. oltinga nisbatan – bu oltinning qog’oz pullarda bozor narxining oshishida o’z ifodasini topadi;

    2. tovarlarga nisbatan – bu tovarlar narxining oshishida o’z ifodasini topadi;

    3. bardoshli chet el valyutalariga nisbatan – bu chet el valyutalariga nisbatan milliy pul kursining tushib ketishida o’z ifodasini topadi.

Real iqtisodiy hayotda barcha kishilar tomonidan har kuni tovar va xizmatlar sotib olinayotganligi uchun qog’oz pullarning tovar va xizmatlarga nisbatan inflyatsiyasiga alohida e’tibor qaratiladi va adabiyotlarda inflyatsiya darajasi narxlarning o’zgarishiga qarab o’lchanadi.

Prezidentimiz o`z ma`ruzalarida bugungi kunda bozorni pul resurslari bilan zo`r berib to`ldirish davom etayotgani fond va xom ashyo bozorlarida sun`iy ravishda oshirib borilgan spekulyativ narxlarning yanada ko`tarilib ketishiga, ta`bir joiz bo`lsa, moliyaviy ko`piklarning battar avj olishiga, inflyatsiyaning jilovlab bo`lmas darajada o`sish xavfining kuchayishiga olib kelayotganligini ko`rsatib o`tdilar.

Inflyatsiya darajasi 2014 yilda yil yakunlari bo`yicha 6,1 foizni tashkil etdi. Bu prognoz ko`rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada pastdir.

Shuningdek, inflyatsiyaning quyidagi sabablarini ham ko’rsatish mumkin:



  • monopolistik faoliyatlarning paydo bo’lishi va amal qilishi;

  • noto’g’ri soliq siyosati yuritish;

  • jahon bozorlaridagi narxlarning o’sishi;

  • harbiy sohadagi xarajatlarning o’sishi va hokazo.

Mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi iqtisodiyotda foydani va mahsulot hajmini qisqartiradi. Natijada tovarlar taklifi ham qisqaradi. Bu o’z navbatida narx darajasini oshiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari nominal ish haqi, xomashyo va energiya narxlarining o’sishi hisobiga ortib boradi.

Inflyatsiyaning o’rmalab boruvchi, jadal va giperinflyatsiya kabi turlari ham mavjud. O’rmalab boruvchi inflyatsiya holatida narxlar yiliga 10 foizgacha, jadal inflyatsiyada 20 dan 200 foizgacha, giperinflyatsiyada 200 foizdan yuqori darajada o’sishi kuzatiladi.

Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyatsiya farqlanadi. Kutilayotgan inflyatsiya va uning oqibatlarini oldindan bashorat qilish mumkin, kutilmagan inflyatsiyani oldindan aytib bo’lmaydi. Birinchi holda inflyatsiyaning kutilayotgan salbiy oqibatlariga tayyorlanib, uni sezilarli darajada yumshatish mumkin. Ikkinchi holda narxlarning kutilmagan o’sishi natijasida mamlakat iqtisodiy axvolining sezilarli yomonlashuvi ro’y berishi mumkin.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish