Qo’shilgan qiymat – bu korxona yalpi mahsuloti bozor narxidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangandan qolgan qismidir.
YaIM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor narxidagi summasi bo’lganligi uchun tovarning o’zi yoki uning nafliligi ko’paymagan holda narxlar oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Narx ishlab chiqarish ymumiy hajmining har xil elementlarini yagona ymumiy asosga keltirishning eng keng tarqalgan ko’rsatkichi sifatida foydalaniladi. Shuning uchun yalpi ichki mahsulotga baho berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |