Buxoro muhandislik- texnologiya instituti


Oddiy takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlarining o’zgarmagan holda takrorlanishiga aytiladi



Download 1 Mb.
bet68/138
Sana01.01.2022
Hajmi1 Mb.
#291547
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   138
Bog'liq
Iqtisodiyot fanidan ma'ruzalar matni

Oddiy takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlarining o’zgarmagan holda takrorlanishiga aytiladi. Odatda bunday ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish ko’proq o’z ichki ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan natural xo’jalik va oddiy tovar xo’jaligi davri uchun xos bo’lgan.

Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish miqyoslarining muntazam ravishda oshib borgan holdagi takrorlanishiga aytiladi. Bu turdagi takror ishlab chiqarish hozirgi davrdagi barcha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga xosdir.

Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy mahsulot yaratiladi. Milliy mahsulot – mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmidir. U barcha moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish hamda xizmatlarni o’z ichiga olib, hozirgi bizning mamlakatimiz qo’llayotgan milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot (YAIM) deb yuritiladi. Milliy mahsulot ko’rsatkichi oldingi davrlarda, masalan oldingi sobiq Sovet ittifoqi iqtisodiyotida jami ijtimoiy mahsulot (JIM) deb, boshqa ko’pgina mamlakatlarda esa yalpi milliy mahsulot (YAMM) deb yuritilar edi. Yalpi milliy mahsulot – bu o’z mamlakati yoki xorijda joylashgan milliy korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymatidir.



Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini aniqroq ifodalash va taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YAIM) ko’rsatkichi qulayroqdir. Shuning uchun hozirgi davrda ko’pgina mamlakatlarda bu ko’rsatkichdan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot – ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymatidir.

Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko’rsatkich bo’lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida yaratilgan tovar va xizmatlar jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi. U barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo’shilgan qiymatlar yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi.

Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to’g’ri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaIM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko’p marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo’shilgan qiymatlar yig’indisi olinadi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish