Buxoro muhandislik- texnologiya instituti



Download 1 Mb.
bet3/138
Sana01.01.2022
Hajmi1 Mb.
#291547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
Iqtisodiyot fanidan ma'ruzalar matni

Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to‘xtovsiz o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi2.

Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati bo‘yicha takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir:

1) ishlab chiqarish jarayoni;

2) taqsimlash jarayoni;



3) ayirboshlash jarayoni;

4) istemol qilish jarayoni.

Ishlab chiqarish – kishilik jamiyatining mavjud bo‘lishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan xayotiy ne’matlarni yaratish jarayoni. Barcha tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida yaratilishi sababli, u takror ishlab chiqarishning eng asosiy va boshlang‘ich fazasi hisoblanadi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo‘lmaydi.

Taqsimot ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning turli qism va subektlari o‘rtasida taqsimlash jarayoni. Bu bosqichda, eng avvalo, ishlab chiqarish vositalari, kapital, ishchi kuchi va boshqa resurslar turli tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o‘rtasida taqsimlanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo‘lgan tovar va xizmatlar, ularning pul holidagi ko‘rinishi bo‘lgan daromadlar ham taqsimlanadi.

Ayirboshlash jamiyat azolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab chiqarish natijalari bo‘yicha malum bir o‘lcham (masalan, qiymat miqdori) asosida o‘zaro almashish jarayoni. Mehnat taqsimoti natijasida ayrim guruh kishilar tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish va etkazib berishga ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o‘z tovarini sotib, o‘ziga kerakli bo‘lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi. Jumladan, bizning misolimizdagi nonvoy ham o‘z mahsuloti – nonni sotib, tushgan puliga qassobdan – go‘sht, dehqondan – sabzavotlar, do‘kondordan – kiyim-kechak va boshqa zarur tovarlarni sotib oladi.

Natijada turli xil yo‘nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa – ayirboshlash, pul orqali oldi-sotdi jarayoni sodir bo‘ladi.



Iste’mol ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni. Iste’mol takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi bo‘lib, bu jarayon orqali jamiyat a’zolarining turli-tuman ehtiyojlari qondiriladi. Iste’mol ikki turda bo‘ladi: ishlab chiqarish (unumli) iste’moli va shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanish unumli iste’mol deyiladi. Nonvoy ishlatgan un, ko‘mir yoki tabiiy gaz, o‘simlik moyi – bularning barchasi unumli iste’mol hisoblanadi. CHunki, bularning barchasi mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Iste’mol buyumlarining ehtiyojlarni qondirish maqsadida o‘z ahamiyati bo‘yicha pirovard ravishda ishlatilishi shaxsiy iste’mol deyiladi. Nonvoy tayyorlagan nonning odamlar tomonidan sotib olinib, iste’mol qilinishi shaxsiy iste’molni anglatadi. Mahsulot va xizmatlar shaxsiy iste’molidan so‘ng, ular o‘rniga yana yangisini ishlab chiqarish zarurati paydo bo‘ladi.

Iqtisodiyotning bosh masalasi ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.Bu masalani to‘g‘ri tushunish uchun, eng avvalo, ehtiyojning mohiyatini, uning turlarini bilish zarur.

Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo‘lgan zarurati ehtiyoj deb ataladi.



Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun turli ne’matlar hamda xizmatlarga zaruratdan iborat bo‘ladi. SHu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish