1. Mening parvarish qilayotgan sayroqi qushlarimni ko‘rgan bolalar, unga havas qilishdi.
Ushbu gapda qanday fonetik hodisalar yuz bergan ?
A) Tovush almashishi va ortishi
B) Tovush o’zgarishi va tushishi
C) Tovush almashishi, tovush ortishi va tushishi
D) Tovush ortishi
2. Malika opaning ikkala o‘g‘li shahrimizning markazida o‘sib, ulg‘ayib yana opaning bag‘riga qaytisharkan, yuraklari hayajonga to‘lgandi .
Gapda nechta o‘rinda fonetik hodisa ro‘y bergan ?
A) 5 B) 6 C) 7 D) 8
3. Men yuragimni bosa olmas edim, yuragim o‘ynab ketayotgandi. Suhbatdoshim esa mening bu ahvolimga parvo ham qilmasdi, mudroq kayfiyat bilan o‘tirardi.
Ushbu gapda fonetik hodisa nechta o‘rinda sodir bo‘lgan so‘zlar ?
A) 7 B) 8 C) 9 D) 9
4. Singlimning ancha ulg‘ayib qolgan o‘g‘li yig‘lab o‘rnidan turdi-da, yana boshini yostiqqa tashlab uxlab qoldi.
Ushbu gapda nechta o‘rinda fonetik hodisa ro‘y bergan ?
A) 4 B) 5 C) 7 D) 6
5. Yashil bo‘yoq bilan bo‘yalgan, ust tomoni qayrilgan, o‘ymakor panjarali darvozaga yetolmay, yigitning yuragi o‘ynardi.
Ushbu gapda qanday fonetik hodisalar yuz bergan ?
A) tovush tushishi va ortishi B) tovush almashishi va tushishi
C) tovush tushishi va ortishi D) tovush tushishi, ortishi, almashishi
6. Negadir undagi quvnoq davraga bo‘lgan e’tibor susaydi.
Ushbu gapda necha o‘rinda fonetik hodisa ro‘y bergan ?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
7. Tug‘ilib o‘sgan shahringdan ayrilib yashashinga ko‘zim yetmasdi, buni hammadan ham men yaxshi bilardim.
Gap haqidagi to‘g‘ri hukmni aniqlang.
A) 6 o‘rinda fonetik hodisa yuz bergan
B) 2 o‘rinda so‘z yasovchi qo‘shimcha ta’sirida fonetik hodisa yuz bergan.
C) gapda ikki o‘rinda eliziya hodisasi yuz bergan.
D) sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha ta’sirida fonetik hodisa yuz bermagan.
8. Ba’zi paytlarda yoshligimning unutilmas damlarini esga olaman. Bolalikdagi o‘ynoqi damlarni eslab quynayman. Meni o‘tloqlarda dumalatgan, chang ko‘chalarda o‘ynatgan damlarni unutolmay qiynalaman.
Gapda nechta o‘rinda fonetik hodisa yuz bergan ?
A) 5 B) 6 C) 7 D) 4
9. Unga uchragani yuragi dov bermadi, yig‘lab uyga qaytdi.
Ushbu gapda qanday fonetik hodisalar yuz bergan ?
A) tovush tushishi va ortishi B) tovush almashishi va tushishi
C) tovush tushishi va ortishi D) tovush tushishi, ortishi, almashishi
10. Qaysi javobda fonetik hodisaga uchragan so‘z mavjud emas ?
A) Kasalini yashirsang, isitmasi oshkora.
B) Egnimga tor keldi, bu ko‘ylak.
C) Qalovini topang, qor ham yonadi.
D) Qozi bo‘lsang haddingni bil !
11.Qaysi gapda ikki xil fonetik hodisa ro‘y bergan ?
A) Sen ham men kabi rohatda yashasang bo‘lmaydimi, chunki mening hayotimda hech bir mashaqqat yo‘q.
B) Bu she’r menga bag‘ishlangani uchun emas,balki unda ulug‘ shoirning qalbi buloq suvlari kabi mavj urib turgani uchun sevaman.
C) Cho‘lquvarlarni na issiq, na suvsizlik yenga oladi, balki ular o‘z jasoratlari bilan tabiatni zabt etadilar.
D) Buyuk bobomiz faqat turkiy emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy va boshqa tillardagi so‘zlardan mahorat bilan foydalangan.
11. Bu falokatga yo‘liqqan odamning jon achchig‘idagi qichqirig‘i edi, amma Bill qayrilib ham qaramadi.
Gapda nechta o‘rinda fonetik hodisa ro‘y bergan ?
A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
12.