IV. Testlarni ishlab chiqing.
1. Quyidagi javoblarning qaysi birida jarangli til oldi undoshlaridan tashkil topgan so‘z berilgan ?
A) dunyo, nazar, bunyod B) qiyg‘os, dalda, dalalar
C) mehnat, ziyo, shovqin D) dard, zarda, jondan
2. Portlovchi tovushlar eng ko‘p qo‘llangan javobni belgilang ?
A) Bu yerdan Samarqandgacha ming kilometrdan ziyod yurishimiz kerak.
B) Samarqand siz o‘ylagandan ham go‘zal shahar ekan,dugonajon.
C) Na gapga ko‘nayin,na til bilayin,
Ko‘zdan uyqu qochdi,dildan halovat.
D) Uch kunda sog‘insam,nima qilayin ?
Chala qolar bo’ldi sayr-u sayohat.
3. Vatanparvar so‘zi tarkibida qanday tovushlar mavjud emas?
A) portlovchi tovush B) jarangli tovush
C) til orqa tovushi D) lab-tish tovushi
4. Qaysi so‘z tarkibida qatnashgan qator undoshlar portlovchi undoshlar hisoblanadi ?
A) Baxt hech qachon o‘zi kelib eshik qoqmaydi.
B) Bu hammasi mashqning samarasi.
C) Daraxt kuz boshlanishi bilan o‘z barglarini to‘ka boshladi.
D) Bu ishlarimizning oqibatini u naqd qilib qo‘ydi.
5. Qaysi qatorda tovushlari joylashish o‘rniga ko‘ra bir guruhga kiruvchi so‘z berilgan?
A) bilim B) yurak C) diltortar D) g‘aniylik
6. Tarkibida hosil bo‘lish usuliga ko‘ra bir guruhga mansub tovushlardan tuzilgan so‘z qatnashgan gapni belgilang ?
A) Million yilda bizni yaratdi hayot.
B) Portlatgichlarni anavi yerga o‘rnatamiz.
C) Avvalo,biz bu yerdan uzoqlarga ketamiz.
D) Sening yumushing unchalik ham qiyin emas.
7. Tarkibida sonor tovush mavjud bo‘lmagan so‘z qatnashgan gap berilgan javobni aniqlang.
A) Buncha bino qo‘yma zarrin choponlarga.
B) Hali hammasi tugamadi. Bu boshlanishi.
C) Mening zarracha qilgan gunohim boshimga balo bo‘ldi.
D) Mening ko‘pdir gunohim, Ammo sen bor ilohim.
8. Qaysi qatorda sirg‘aluvchi lab undoshlar va quyi keng unlidan iborat so‘z berilgan
A) so‘rov B) vafo C) shamol D) shifo
9. Qaysi qatorda yuqori tor unlilar va jaranglilardan tuzilgan so‘z berilgan?
A) gulrux B) uyimda C) usuli D) gulli
10. Ko‘zlardan ko‘zlarga nurli bir manzil,
Dillardan dillarga solingan titroq.
Muhabbat,men tuproq,yetmog‘im dushvor,
Axir sen osmonsan, jannatsan yiroq.
Ushbu she’rda faqat jarangli undoshlardan iborat so‘zlar necha marta qo‘llangan?
A) 5 B) 6 C) 7 D) 4
11. Faqat jarangli juftiga ega bo‘lgan undosh va til oldi unlilaridan iborat so‘zni toping.
A) pochta B) sahifa C) pochcha D) kechasi
12. Ming mashaqqatlar bilan shu joygacha yetib kelganimizning o‘zi baxt-ku.
Ushbu gapda chuqur til orqa tovushlari necha marta ishtirok etgan?
A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
13. Qaysi qatorda hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan so‘zlar berilgan ?
A) maktub B) hosil C) dilkash D) tulpor
14. Quyidagi gapda nechta yuqori tor unli ishtirok etgan.
Mustahkam bilim takrorlash mevasidir.
A) 4 B) 5 C) 6 D) 3
15. Qaysi qatorda yuqori tor unlilar va lab undoshlaridan tashkil topgan so‘z berilgan ?
A) bilim B) kulgi C) buvi D) vafo
16. d va t tovushlarining birlashtiruvchi belgisi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan ?
A) jaranglilik B) ovozdorlik C) sirg‘aluvchilik D) til oldilik
17. Hamma ibodatning ham pinhoni yaxshi emasmi, birodar ?
Ushbu gap bo‘yicha to‘g‘ri hukmni belgilang?
A) ikki marta qo‘sh undoshlar ishtirok etgan.
B) bir marta qo‘sh unlilar ishtirok etgan.
C) 4 marta jarangsiz til tovushlari ishtirok etgan.
D) 9 marta jarangsiz tovushlar ishtirokida bo‘g‘in hosil qilingan.
18. Hamma bu dunyoning muammolaridan noligani noligan.
Ushbu gapda sonor, til undoshlari nechta o‘rinda ishtirok etgan ?
A) 11 B) 12 C) 13 D) 14
19. Qaysi qatorda ikki harf bir tovushni ifodalagan so‘zlar mavjud ?
A) maorif, bodring, achchiq B) qattiq, kilogram, tong
C) yurak, yashna, yashir D) Toshkent, bong, chorraha
20. Harflar miqdori tovushlar miqdoriga nisbatan ko‘p bo‘lgan so‘zni aniqlang ?
A) indinga B) iltimos C) shanba D) diltortar
21. Quyidagi qaysi so`zlarda yonma-yon kelgan ikki xil undosh bo`lishiga qaramasdan qator undosh hisoblanmaydi?
A) go‘sht, o‘simlik B) nimcha, paxta C) o‘simlik, barg D) barg, do‘st
22. Berilgan so‘zlarning qaysi birida a harfi o aytilsa ham a yoziladi ?
A) tonna, bobo B) savob, zamon C) noyabr, zamon D) savob, noyabr
23. Har doim bunday qiynalib ishlamasdim.Shunday kunlar kelarkanki, yaxshi sharoitning qadriga yetolmaganing uchun afsuslanarkansan.
Berilgan gapda necha o‘rinda fonetik hodisaga uchragan so‘z qatnashgan ?
A) 7 o‘rinda B) 5 o‘rinda C) 6 o‘rinda D) 4 o‘rinda
24. Qaysi javobda jarangli jufti bor til oldi sirg‘aluvchi undosh berilgan ?
A) s B) f C) k D) q
25. Qaysi qatorda til oldi, jarangli, sirg‘aluvchi tovush bilan boshlanuvchi so‘zlar berilgan ?
A) Jon, tiraj, vaj B) Jurnal, zarar, jabra
C) Jahon, yayra, g‘alaba D) Juma, gilam, lobar
26. Qator undoshli so‘zlar berilgan qatorni belgilang.
A) Metall, gramm B) mard, bodring
C) Go‘sht, barvaqt D) Barg, millat
27.Qaysi javobda faqat jarangli undoshlardan tarkib topgan omonim so‘z berilgan ?
A) chop B) qor C) yur D) yor
28.Sirg‘aluvchi, jarangli, lab undoshi qatnashgan so‘zni aniqlang.
A) Fudbo‘l B) Modda C) Bobur D) Vatan
29. n va k undoshlarining birlashtiruvchi belgisini aniqlang.
A) jaranglilik B) til oldilik C) sonorlik D) portlovchilik
30. Ng tovushiga xos bo‘lmagan belgi qaysi bandda berilgan ?
A) Sonor B) Burun tovushi C) Sirg‘aluvchi D) Til orqa
Do'stlaringiz bilan baham: |