Buxoro ixtisoslashtirilgan San’at maktabi
10- A sinf rahbari Hamdiova Dildoraning yarim yillik
HISOBOTI
10- A sinfida 29 ta o’quvchi bo’lib shundan 15 ta o’quvchi fortepiano ijrochisi, 14 ta o’quvchi Estrada cholg’ulari ijrochisi yo’nalishida tehsil olishadi. Sinfda 18 ta qiz, 11 ta o’g’il bola bor.
Skachkova Arina qizimiz 2-chorak boshida sinfimizga keldi. (Arina Estrada cholg’u ijrochisi yo’nalishi o’quvchisi). Sinfimiz juda ahil, inoq, bir-biriga mehrli yil boshidan hamma o’quvchi darrov bir-biriga o’rganib yangi maktab qonun- qoidalariga moslashishdi.
Har bir o’quvchi har kuni formada, karantin qoidalariga rioya qilgan holda darsga kelishadi. Yo’nalishiga qarab mutaxassis o’qituvchisi bilan juda faol, o’z ustida ishlab yangi bilimlardan tehsil olishmoqda. Sinfda a’lochi faol namunali o’quvchilari ko’p. Sinf jamoasi bilan birgalikda kelishib Nasriddinova Jasmina sinf sardori etib tayinlandi.
Har hafta dushanba kuni maktabda o’tkaziladigan saflanishda sinf o’quvchilari faol qatnashadilar. Haftaning juma kunida maktab qonun qoidasiga asoslanib, soat 8:00 da o’tiladigan Ma’naviyat soatida ham sinf o’quvchilari juda yaxshi qatnashadilar.
Sinf o’quvchilaridan 7 kishi maktab yotoqxonasida, 4 kishi ijarada, qolgan 18 ta o’quvchi o’z uyidan darslarga qatnaydi.
1 0- A sinfi uchun maxsus telegram guruh tashkil qilingan. Ijtimoiy tarmoq orqali har kungi maktab dars jarayoni ota-onalarga xabar yetkaziladi.
Yil boshida ota-onalar bilan
tanishish va maktab qonun –
qoidalarini tushuntirish
maqsadida ota-onalar
yig’ilishi o’tkazildi.
Yig’ilishda barcha savol- javob
va muammolar hal qilindi.
Sinf o’quvchilari juda faol bo’lib maktabdagi barcha tadbir va konkurslarda qatnashib, yuqori natijalarga erishdilar. Ayniqsa Daminova M, Karriyeva D, Nasriddinova J, Islomova M, Karomatova S lar alohida o’rin tutadilar.
Jumladan 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar ” bayramida, 21-oktabr “Til bayrami”, 18- noyabrda “O’zbekiston Respublikasi Bayrog’i” tashkil topgan kun, 8- dekabr “Oz’bekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” qabul qilingan kunga bag’ishlab o’tkazilgan bayram va tadbirlarda faxrli o’rinlarni egallashdi.
Har chorakda o’tkaziladigan imtihonlarda ham har bir o’quvchi yaxshi va a’lo darajada topshiriqlarni topshiryaptilar.
Yaqinda maktabda psixologlar tomonidan “Zo’ravonlikka qarshimiz” shiori ostida aksiya haftaligi o’tkazildi.
Aksiya hafta davomida o’tkazilib, nafaqat psixologik tomonlar balki inshoolar tanlovi, sport musobaqalari, treninglar, qizlar majlisi, rasmlar tanlovi ham bo’lib o’tdi.
Bu haftalikda ham 10- A sinf o’quvchilari oliy va 1-o’rinlarni egallab faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Sinfda qaysi bir o’quvchida o’zgarishlar sezilsa ya’ni o’zlashtirish pasaysa yoki tartibida kamchiliklar sezilsa, darrov maktab rahbariyati bilan hamkorlikda ishlab bartaraf etiladi. Ota-onalarga bildirilib, o’quvchiga ruhiy ko’mak beriladi.
Sinfda har bir o’quvchi doimiy nazorat va kuzatuvda. Bugungi kunda o’quvchilar 2-chorak yakuniga va imtihonlarga puxta tayyorgarlik ko’rib yaxshi baholarga topshirmoqdalar.
MMIBDO’: Yunusova. Sh.B
Sinf rahbar: Hamidova D.Z
Do'stlaringiz bilan baham: |