Buxoro islom madaniyating poytaxti



Download 47,5 Kb.
Sana17.06.2021
Hajmi47,5 Kb.
#68753
Bog'liq
Imom Buxoriy


Buxoro islom madaniyating poytaxti
“Yer yuzida Buxoroning taʼrifini eshitmagan, uni bilmagan, uni umrida biror marta oʼz koʼzi bilan koʼrishni orzu qilmagan maʼrifatli odam yoʼqdir”- degan edi Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov . Buxoro azaldan islom olamida ulugʼlanib kelingan. Buxoroning eʼtirofi bugungi kunda ham davom etmoqda. Islom Hamkorlik Tashkiloti(IHT)ning taʼlim, fan va madaniyat boʼyicha tuzilmasi (ISESCO) tomonidan 2019-yil 16-sentabr kuni Marokashning Rabot shahrida madaniyat vazirlarining IX-konferensiyasida Qohira(Misr), Bamako(Mali) shaharlari qatori Buxoro ham 2020-yilda “Islom madaniyatining poytaxti” deb eʼlon qilindi. Buxoro – jahonning eng qadimiy va tarixiy-me’moriy obidalarga boy go‘zal shaharlaridan biri hisoblanadi. 1997 yil shaharning 2500 yillik yubileyi xalqaro miqyosda nishonlandi.Buxoro nomi dastlab IX asrda tarixchi Narshaxiy tomonidan zikr etilgan. Ko‘plab tarixchilar, tilshunoslarning fikriga ko‘ra, Buxoro so‘zi sanskritcha “vixara” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “qal’a” degan ma’noni anglatar ekan. Qadimda shahar Numijkat va Faxira, deb ham atalgan. Buxoro ilk o‘rta asrlardan hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri bo‘lgan, bu yerda tayyorlangan mahsulotlar Osiyo va Yevropa mamlakatlariga chiqarilgan. Arablar Buxoroni “Madinat ut-Tujjor” (“Savdogarlar shahri”) yoki Madinat as-Sufriya (“Mis shahar”) deb atagan.

1996 yil YuNESKO Buxoroni jahon madaniy merosi hisoblanuvchi shaharlar safiga qo‘shganligi va muhofazaga olganligini e’lon qilingan.

Ko‘hna Buxoroni tarixchilar, sayohatchilar “she’riyat va afsonalar shahri” deb atagan. Bu qo‘hna shaharning har bir ko‘chayu xiyoboni, bog‘iyu maydoni, xullasi kalom har bir go‘shasida olis o‘tmishning aks-sadosi, qoldirgan izi bor. Ko‘kka bo‘y cho‘zgan minoralar, obidayu qadamjolar, osoru antiqalar inson aql-zakovatini namoyish qiladi. Buxoro Sharqu G‘arbda “ochiq osmon ostidagi muzey, shavkatli tarixning jilvakor ko‘zgusi” degan faxrli nomni ham olgan ekan.

Qadimiy Buxoroning Arkida nafaqat hukmdor amirlar, balki buyuk olimlar, shoiru faylasuflar ham yashab, ijod qilib, avlodlarga bebaho meros qoldirgan. Buxoro madaniyati eng yuksalgan o‘rta asrlarda Arkda Rudakiy, Firdavsiy, Abu Ali Ibn Sino, Forobiy, Umar Xayyom kabi buyuk zotlar yashagan. Masalan, Abu Ali ibn Sino bu haqda bunday yozadi: “...Bu yer kutubxonasidan shunday kitoblarni topdim, ularni oldin ham, keyin ham hech qayerda ko‘rmadim. Ularni o‘qib chiqdim va menga olam sirlari ayon bo‘ldi...”.

Arxeologik qazishmalar natijasiga asosan olimlar bu qadimiy shahar eramizgacha bo‘lgan davrda hududning iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol o‘ynagan, degan xulosaga kelgan. Tarixiy faktlarga ko‘ra, geografik nuqtai nazardan, Buxoro Xitoydan Rimgacha olib boruvchi Buyuk ipak yo‘lining eng muhim chorrahalaridan birida joylashgan.

Solnomalarda qayd etilishicha, VIII asrda bu yerda arab istilosi natijasida islom dini joriy etilgan. Davr o‘tishi bilan Buxoro asta-sekin eng muhim diniy markazga aylanib, “Buxoroi Sharif” deb atala boshlangan.

Har bir davlat, har bir yurt, o‘lka, shahar hamda tuman hayotida shunday voqea va hodisalar yuz beradiki, ular tarix sahifalarida bir umrga muhrlanib qoladi. Bu kabi sanalar solnomalar sahifalarida zarhal harflar bilan bitiladi. Bunga yaqin o‘tmishimizdagi O‘zbekiston Respublikasining istiqloli e’lon qilingan sana - 31 avgust (1991 yil), Mustaqillik - 1 sentyabr (1991 yil) kunlari, davlatimizning BMTga tenghuquqlik a’zo bo‘lishi - 2 mart (1992 yil) hamda 2007 yil Toshkent shahriga “Islom madaniyati poytaxti” degan yuksak nomning berilishi va shunga o‘xshash boshqa birqancha tarixiy sanalar yaqqol misol bo‘ladi oladi. Yana ham batafsilroq aytadigan bo‘lsak, bu kabi muhim va olamshumul sanalar butun yurtimiz, jonajon O‘zbekistonimiz xalqi uchun ulkan tarixiy va madaniy - ma’rifiy voqea bo‘lganiga barchamiz shohidmiz.

Yurtimiz azaldan insoniyat tamadduni, jumladan islom madaniyati rivojida alohida o‘rin tutadi. Buyuk ajdodlarimizning ilm-fan va madaniyatning ko‘plab sohalari taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasini dunyo tan olgan, barcha xalqaro tashkilotlar e’tirof etgan.

O‘zbekiston istiqlolga erishgach, ajdodlar qoldirgan boy madaniy merosni tiklash va yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Respublikamizda buyuk alloma va aziz avliyolarimiz muqaddas qadamjolarini ta’mirlash va obodonlashtirish, ularning boy ilmiy-madaniy merosini o‘rganish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy singari benazir allomalarning muborak nomlari qayta tiklanib, ularning merosini o‘rganishga e’tibor kuchaydi. Masjidi Kalon, Shohi Zinda, Ko‘kgumbaz kabi ko‘plab masjid va madrasalar qayta ta’mirlandi. Bu o‘zgarishlar xalqaro jamoatchilik tomonidan e’tirof etilmoqda va yuqori baholanmoqda.

2005 yildan yo‘lga qo‘yilgan ushbu an’ana musulmon dunyosidagi muayyan shaharlarni islom madaniyati poytaxtlari deb e’lon qilishi musulmon mamlakatlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish, islom madaniyatiga oid ilmiy – ma’rifiy, tarixiy – me’moriy merosni o‘rganish, tiklash va targ‘ib qilish, dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni kuchaytirish, turli mamlakatlarning bu boradagi sa’y – harakatini qo‘llab – quvvatlash hamda rag‘batlantirishni maqsadini ko‘zlaydi.

2007 yil Toshkent shahriga islom madaniyati poytaxti degan yuksak nomning berilishi nafaqat Toshkent shahri va butun O‘zbekistonga, balki xalqimizga berilgan yuksak bahodir.

Ushbu an’ananing joriy qilinganidan uch yil o‘tib azim Toshkent shahriga islom madaniyati poytaxti maqomi berilishi, Toshkent shahrining nafaqat Osiyoda, balki butun dunyoda o‘ziga yarasha obro‘si borligidan dalolatdir. 2015 yil Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) shaharlarga Islom madaniyati poytaxti maqomini berish bo‘yicha ikkinchi bosqich rejalarini e’lon qildi. Unga muvofiq 2015-2025 yillardan tashkilotga a’zo davlatlarning qaysi shaharlari yuqoridagi e’tirofga sazovor bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Bu olamshumul voqea respublikamizda va xorijda katta qiziqish uyg‘otdi, xalqimizga, ilmu fan vakillari hamda ziyolilarimizga alohida g‘urur bag‘ishladi. Qabul qilingan tartibga muvofiq, Islom hamkorlik tashkiloti har yili musulmon mamlakatlaridagi 3 ta shaharni “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qiladi. Ularning biri arab mamlakatlaridan, boshqasi Osiyo va uchinchisi Afrikadagi musulmon mamlakatlardagi shaharlardir. Quvonarlisi ushbu rejaga asosan 2020 O‘zbekistonning qadamiy Buxoro shahri ham shu kabi yuksak e’tirofga loyiq ko‘rilib, “Islom olami madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi nazarda tutilgan.

Islom hamkorlik tashkiloti madaniyat vazirlari IX Islom konferensiyasida 2020 yilda Buxoro (O‘zbekiston), Qohira (Misr) va Bamako (Mali) shaharlari” Islom olami madaniyati poytaxti” sifatida tasdiqlandi.

Ushbu an’ana yo‘lga qo‘yilgan 2005 yildan beri o‘tgan davrda jonajon O‘zbekistonimizning ikki shahri – Toshkent va Buxoro bu yuksak nomga munosib topildi. Bu ish bir tarafdan tariximizga berilgan munosib va yuksak baho bo‘lsa, ikkinchi tarafdan har bir vatandoshimiz, millatimiz, xalqimiz uchun ham g‘urur, hamda sharaf desak, xato qilmagan bo‘lamiz.

Sana munosabati bilan e’lon qilingan xabarlardan birida, “Aslida Buxoroi sharif bir necha asrlar davomida Islom madaniyati poytaxti bo‘lib kelgan. Uning “Qubbatul Islom”, ya’ni “Islom gumbazi” deb nomlangani ham bejiz emas. Tashkilot tomonidan ushbu shaharning Islom madaniyati poytaxti deb e’tirof etilishi asrlar davomida ushbu shahar va undan chiqqan olimlarning islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini yana bir ko`rinishidir Aytib o‘tish joizki, islom olamidagi to‘rt sharif sanalgan shaharlardan biri Buxoroi sharifdir. Sharqda qadimdan “Samarqand sayqali ro‘i zamin ast, Buxoro quvvati dini islom ast”, deb bekorga aytilmagan. Buxoroi sharifni e’zozlab dunyoning juda ko‘p shoirlari, olimlari, mutafakkir va mutassavif donishmandlari, sayyohu elchilar, tarixchilar hamda geograflar qimmatli asarlar yaratgan.

Buxoroning dovrug‘ini islom olami bo‘ylab, qolaversa, butun dunyoga keng taratgan yetti buzrugvor pir 1103 va 1389 yillar oralig‘ida, XII-XIV asrlarda birin-ketin, navbatma-navbat boshqarganlar va bag‘oyat xayrli faoliyat ko‘rsatganlar.

Alohida ta’kidlab, aytish kerakki, bugungi kunda ham tarixiy va diniy yodgorliklar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev diqqat e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Davlatimiz rahbari Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshlagan edi. Tashrif paytida, Buxoro viloyatida muqaddas qadamjolar ko‘pligi, ularni “ziyorat qilish ham qarz, ham ulkan saodat ekani” ta’kidlandi. Quvonarlisi shundaki respublikamizda 10ta o`rta maxsus islom ta`lim muassasalarining 2tasi ya`ni Mir Arab o`rta maxsus islom ta`lim muassasasi va Jo`ybori Kalon ayol qizlar o`rta maxsus islom ta`lim muassasasi buxoroda joylashganligi va Mir Arab oily madrasasi ham shular jumlasidan.



Buxoro shahar Jo`ybori Kalon ayol-qizlar

o`rta maxsus islom ta`lim muassasasi

2-kurs talabasi Musayeva Ziynat
Download 47,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish