Buxoro iqtisodiyot va bank kolleji


U qanday qilib bularga erishdi?



Download 0,81 Mb.
bet40/56
Sana24.09.2021
Hajmi0,81 Mb.
#183503
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot fanidan uslubiy ishlanma. Shodjonova F.S.

U qanday qilib bularga erishdi?

Janob Chin qaysi ish bilan shug`ullanmasin, uni oddiy lekin sifatli qilib bajarishga harakat qilardi. U o`z ishini hammadan yaxshi bajarishga intilardi. Shuning uchun xam yaxshi natijalarga erishardi. U o`zining bunday xarakter soxibi ekanligini yoshligidanoq namoyish qildi.

15 yoshidanoq, ya`ni Xitoyda yashagan paytlarida u o`z qishlog`idagi dorishunosga shogird tushdi. U dorixonada saqlanadigan hamma dorilarning nomini yoddan bilardi. Shuning uchun ham dorishunos unga shifokor bo`lbshni maslaxat berdi. Lekin Chin unamadi va o`qishni davom ettirdi. 17 yoshli Janob Chin Tailandga qaytib, yog`och buyumlar do`konida oshpaz bo`lib ishlay boshladi. Keyin u do`konda yig`ishtirish, yuklash, tashish vazifalarini bajara boshladi. Do`konda ishlab yurgan paytlari Xitoyga oilasiga xat yozib turardi. Uning chiroyli xusnixatini ko`rib, do`kon xo`jayni uni idora xodimligiga tayinladi. Aynan shu xususiyat uning kelajakda bank xodimi bo`lib yetishishiga zamin bo`ldi.

U kamtarin inson bo`lib, ko`zbo`yamachilikni yoqtirmasdi. Uning oldida uzoq muddatli kelajak mavjud edi. Uning uzoqni ko`ra bilish xususiyati harakatlarida namoyon bo`lardi. O`zaro yordam xazinasidan olingan mablag`lar hisobiga Pattapakanaga xususiy do`kon ochib oldi.Janob Chin kelajakka intiluvchan shaxs edi. Uning kichkinagina tijorati Tailandning 1-universal do`koniga aylandi. Do`kon 4 qavatdan iborat bo`lib, turli xil tovarlar savdosi tashkil qilingan edi.

Bandkok bankining tashkil qilinishi janob Chin tadbirkorlik ruhining haykali bo`ldi. 2-Jahon urushi yakuni arafasida, yosh Chin o`z do`stlariga bank tashkil qilishini ma`lum qildi. Bandkok banki yirik gigantga aylandi. Juda katta ishlar qilindi. Bu ishlar Janob Chinning ishbilarmonligi, uddaburonligi orqali qo`lga kiritildi.

2-Jahon urushi tugashi bilanoq Janob Chin Tailandda birinchi moliya konpaniyasini tashkil qildi. “Osiyo Trast Ltd” asosan chet el valyutasi bilan ishlardi va tez orada Tailand qirolligiga o`z mavqe`ini egalladi. Janob Chin juda ko`p ishladi, erta saharda turib olib chet el valyutalarining kotirofkalarini aniqlar edi. Chet el valyutasi bilan ishlovchi eng yaxshi diller obro`ini qo`lga kiritdi.

Janob Chin rahbarligida 1970 yilga kelib bank mahalliy banklar o`rtasida yetakchi bankka aylandi. Qisqa vaqt ichida bank Gonkong Shanxay kabi banklarning bozordagi mavqe`ini egalladi. 6 yildan keyin bank mamlakatda o`zining 45 ta bo`limiga ega bo`lib, bank depozitlari 10 mendan 100 men braxtgaqcha edi.

Janob Chin juda vatanparvar edi. Bangkok bankining rivojlanishini Tailand iqtisodi rivojiga qo`shgan hissasi sifati qabul qilardi. Bank tashkil qilayotganda, Tailand biznesida asosan chet el banklari faoliyat ko`rsatayorganini inobatga oldi.

Uning banki mahalliy tadbirkorlarning tashqi iqtisodiy faoliyati bo`yicha xizmat ko`rsatadigan 1-mahalliy bank edi. Bank xodimlari mahalliy savdogarlar uchun hujjatlarni hozirlab berar edilar. Tez orada ularning tezkor sifatli xizmat ko`rsatishlari mahalliy tadbirkorlar orasida tarqalib ketdi va bank Tailand faoliyatida liderlikni qo`lga kiritdi.

Janob Chin kitob o`qishni yoqtirardi. Har kuni ertalab kundalik hisobotlar o`rganilar edi. U yangiliklarga qiziqar, intilar edi. 1971-1979-yillarda o`z bankida yangi texnologiyalar va chektran bank sistemalarini joriy qildi.

Janob Chin samarali administratr edi. Bir necha soatlik muloqotdan keyin u osonlik bilan 2-masalani hal qilishga o`tib ketar edi.

Janob Chinning yo`lida biror muammo paydo bo`lsa, ularni u asosiy faoliyatda aylantirardi. 1958-yilda Tailandda bo`lib o`tgan to`ntarish natijasida u Gankongga ko`chib ketdi. Uni iqtisodiy jinoyatchilikda ayblashdi. U chet elda yashab bankni boshqarishni davom ettirmoqchi bo`ldi, ammo amalga oshira olmadi. Shunda u guruch bilan savdoni yo`lga qo`yib, hozirgi kunda ham bu faoliyati gullab yashnamoqda. Shu bilan birgalikda Bangkok bankining 2 ta chet el bo`limi mavjud edi. Gankogdagi quvg`inga to`lgan payti yana 4 ta bo`lim ochdi- 3 ta Vetnamda va 1 ta Taypeyda.

Janob Chin muvaffaqiyatining yana bir asosi uning uzoq yillar davomida tezda muloqotga kirib bilishi va uni qo`llab –quvvatlashida edi. Uning biznesmenlar va davlat arboblari bilan munosabatlari maqsadiga erishishiga yordam bergan.

Janob Chin va uning xodimlari juda ko`p ishlashardi. U uchun o`sish katta ahamiyatga ega edi. Qator oylar davomida mijozlarga sifatli xizmat ko`rsatish uchun u va uning xodimlari dam olish kunlarisiz, ertadan kechgacha mehnat qilishardi.

O`z mehnati bilan cho`qqiga chiqqan ko`p insonlardan farqli, Janob Chinning deyarli dushmanlari bo`lmagan u o`z maqsadlarida boshqalardan foydalanmasdi. Agar u dushmanining borligini payqasa, undan ustun kelish kerakligini o`ylardi, ammo yo`qotib yurishni o`ylamasdi.

Janob Cinning hayotga, biznesga va odamlarga bo`lgan munosabati ana shulardan iborat edi.



Shaxsiy xususiyatlari

Ishbilarmonlik xususiyatlari








Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish