Buxoro filiali «yer tuzish va yer kadastri» kafedrasi yer monitoringi



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/45
Sana01.02.2022
Hajmi1,23 Mb.
#421102
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45
Bog'liq
yer monitoringi

 
 
 
Yer monitoringini o‘tkazishning asosiy tamoyillari.
Yer monitoringining maqsadi va vazifasi uni yuritishning quyidagi 
tamoyillariga amal qiladi: 
1.
Har xil ma’lumotlarni taqqoslash va o‘zaro birikishlik tamoyili. U 
yagona klassifikatorlar, formatlar, normativli-texnikaviy bazaning ma’lumotlari, 
koordinata va balandlikning yagona davlat tizimi qo‘llanishiga asoslanadi; 
2.
Yer fondi va holati yer monitoringining ma’lumotlariga haqiqatan 
ham muvofiq kelishi tamoyili; 
3.
Ma’lumotlarning to‘laligi tamoyili; 
4.
Yer 
monitoringini 
yuritishning 
uzluksizligi 
tamoyili. 
Yer 
munosabatlarini qayta tuzish jarayonida, mamlakat yer fondining miqdor va sifat 
ko‘rsatkichlarining o‘zgarishida uning ayrim toifalari o‘zgarishi yer resurslariga 
antropogenli ta’sirning kuchayishi yer fondini taqsimlash va tarkibida turli xil 
o‘zgarishlar ro‘y beradi. Shuning uchun axborotlarni vaqti-vaqti bilan eki 
muntazam yangilab turish yo‘li bilan yer monitoringini yuritishning uzluksizligini 
ta’minlash. 
qolgan tamoyillardan yana quyidagilarni ta’kidlash kerakki, ko‘rgazmali 
tamoyili (xarita, atlasla, sxemalardan foydalanish); foydalanish huquqi tamoyili 
(davlat yoki tijorat sirini tashkil etadigan ma’lumotlardan tashqari); tejamkorlik va 
samaradorlik tamoyili (yer monitoringi ma’lumotlarini saqlash va tizimlashtirishni 
ta’minlaydigan usullar, texnologiyalar, uslublarni qo‘llash); markazlashtirilgan 
rahbarlik tamoyili (O‘zbekiston Respublikasi miqyosida yagona uslub bo‘yicha 
yagona markazlashgan monitoringini o‘tkazish).Yer monitoringini yuritish uchun 
turli xil tasvirlar, qidirishlar, taftish qilish (topografo-geodezik, tuproqning
geobotanikli, agrokimyoviy, meliorativli, shaxta qurilishi va boshqalar); maxsus 
kuzatishlar (tog‘lardan ko‘chib yig‘ilgan qor uyumi, sel toshqini, gliyasiologli, 
radiologichli va boshqalar); kosmik tasvir va kuzatish, balandda uchadigan 


samolyotlar bilan tasvirga tushirish, kuzatish va kichiq aviatsiya vositasi yordami 
bilan yer ustidan tasvirga olish va kuzatish; shuningdek fondli dalillardan 
foydalaniladi.Yer fondini masofali zond bilan tekshirish 2ta asosiy asbob-
uskunalar guruxlaridan foydalanish bilan amalga oshiriladi: 
1. Video va rasm axborot (ayerofotoapparatura, ko‘p zonali skanyer 
uskunalari, radiolakatorlar, televidenie kanallar va boshqalar); 2. Trassali guruhlar 
asboblari (spektrometr, SVCH va IK – radiometlar va boshqalar).Yer 
monitoringining shakllangan bazasi va bankidan foydalanishlari mumkin:1. Davlat 
va mahalliy boshqarish organlari;2. O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari davlat 
qo‘mitasi va uning joylardagi bo‘limlari; 
3. Yerdan foydalanuvchi korxonalar, tashkilotlar va boshqa muassasalar; 
4. Ayrim fuqarolar; 
5. Yerdan va tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etish, atrof muhitni 
muhofaza qilish sohasidagi tashkilotlar va chet el hamda xalqaro tashkilotlar; 
O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi qoraqalpog‘iston Respublikasi 
viloyatlar davlat va munitsipial boshqaruv organlariga zaruriyatga qarab 
tezlashtirilgan ma’lumotlar, bashoratlar, mavzuli xaritalar tuzib chiqadilar va 
taqdim etadilar hamda har yili birinchi yanvargacha “Yer resurslari davlat 
qo‘mitasi” ga mintaqaning yer fondi holati to‘g‘risida yillik hisobot tayyorlanadi. 
O‘z navbatida Yer resurslari davlat qo‘mitasi yer monitoringi axborotlarini 
umumlashtirib zaruriyatga qarab tezkor ma’lumotlar, ilmiy bashoratlar mavzuli 
xaritalar va atlaslarni tuzib, manfaatdor vazirliklar hamda idoralarga taqdim 
etadilar. O‘zbekiston Respublikasiga keyingi hisobot yili uchun xar yili 1 aprelda 
kechiqtirmasdan O‘zbekiston Respublikasining yer fondining holati to‘g‘risida 
hisobot yuboradi. 
 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish