Kasallik tarixi: bemor 10 yildan beri gipertoniya kasalligi bilan davolanadi. Dori vositalari va damlamalar qabul qiladi. Boshdan ke- chirgan kasalliklari: qizamiq, O‘RK.
Obyektiv tekshirganda: bo‘yi 156 sm, vazni 80 kg, umumiy ahvoli o‘rta og‘ir, harorati 36,6°C. Yuz terisi oqargan, lablari yengil ko‘kar- gan, puls minutiga 100 marta, qon bosimi 160/100 mm. sim. ust. Nafas olish maromi minutiga 28 marta. Kuniga 1 marta axlat, 4 marta siydik ajratadi. Harakatlanishida yordamga muhtoj emas, uyqusi yomon, ish- tahasi yo‘q. Sezuvchanligi buzilmagan, zararli odatlari yo‘q. Ko‘krak sohasida kuchli og‘riq uni xavotirga solayapti, og‘riq chap qo‘l, kurak sohasiga uzatiladi.
Palpatsiyada qorin yumshoq, jigar kattalashmagan. Auskultatsiyada yurak tonlari bo‘g‘iq, sistolik shovqin aortada eshitiladi. Pasternaskiy belgisi manfiy.
Tekshirish natijalari: EKG – S–T interval izoelektrik chiziqdan
pastda, Ttishcha manfiy (og‘riq vaqtida).
Bartel shkalasi bo‘yicha baholanganda: o‘zi ovqatlanadi, yuvinadi, kiyimlarini almashtiradi. Hojatga chiqishda, o‘rnidan turishda yordamga muhtoj emas. Zinadan ko‘tarilishda yordamga muhtoj emas. Boshqalarning yordamisiz 500 m masofaga yura oladi.
Oilada 7 kishi: turmush o‘rtog‘i 70 yosh, o‘g‘li 35 yosh, kelini 32 yosh, 3 ta nabirasi bor. O‘g‘li va kelini ishlaydi, turmush o‘rtog‘i qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadi, shuning uchun uydagi ishlarni bemorning o‘zi bajaradi. Nabiralarining parvarishi bilan shug‘ullanadi. Oshxonada yaxshi ovqatlar tayyorlashni yaxshi ko‘radi. Muloqotga yaxshi kirishadi. Uy ishlari bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi.
Muolajalar: riboksin 2%–10,0 v/i, pirasetam 20%–5,0 v\i, natriy
xlor 0,9%–200,0, panangin – 10,0, askorbinat kislota 5%–5,0, strofantin
0,01%–1,0, papaverin 2%–2,0 m\o, dibazol 1%–3,0 m\o, nitroglitserin
tab. til ostiga (og‘riq vaqtida), atenalol 50 mg x 2 mahal.
Shifokor tashxisi: Turg‘un stenokardiya.
№ 4
Bemor M. 65 yoshda, ayol kishi.
Bemor shifoxonaga ko‘ngil aynishi, to‘satdan umumiy lanjlik shikoyatlari bilan keldi.
Anamnez: bemor 10 yil oldin virusli gepatit B kasalligi bilan og‘rigan. Oxirgi 2 yilda ishtahasining pasayganligi, umumiy lanjlik aniqlangan. Burundan ham qon ketish hollari kuzatilgan. Yarim yildan beri qorni shishayotganini sezgan. Jismoniy harakatlar paytida hansirash , hafas siqishi kuzatilgan. Tez charchab qolgan. Keyingi 3 yilda har yili 1 marta shifoxonada yotib davolangan.
Avvalgi UTT – jigar sirrozi. Asosan quyidagi dorilarni qabul qilgan: sinepar, essensial, Liv-52, veroshpiron, furosemid, minokain, plazma quyilgan.
Obyektiv tekshirish natijalari: teri rangi oqargan, sarg‘ish tovlanish bilan, terida – «jigar yulduzchasi» simptomi aniqlandi. Puls minutiga 112 marotaba, kuchsiz to‘lish bilan. Arterial bosim 100/70 mm. sim. ust.ga teng. Qorin devori kattalashgan, kindik oldidagi venalarning «meduza boshi» shaklida kattalashishi, qorin bo‘shlig‘idagi erkin suyuqlik hisobiga og‘riqsiz, jigar qovurg‘a ravog‘idan 4 sm pastda. Til qizg‘ish, so‘rg‘ichlari tekis. Bo‘yi 165 sm, vazni 75 kg.
Eri 66 yoshda, mahalla raisi. 6 ta farzandi bor, 2 qiz, 4 o‘g‘il. Ular hammasi oilali. Bemor kichik o‘g‘li, kelini va 3 ta nabirasi bilan yashaydi. Qovurilgan ovqatlarni xush ko‘radi. Parhezga rioya qilma- gan. O‘zining kasalidan xavotirlanayapti. Muloqotga yaxshi kirishadi. Uy ishlari bilan shig‘ullanishni yaxshi ko‘radi.
Bartel shkalasi bo‘yicha baholanganda: o‘zi ovqatlanadi, yuvinadi, kiyimlarini almashtiradi. Hojatga chiqishda, o‘rnidan turishda yordamga muhtoj emas. Zinadan ko‘tarilishda yordamga muhtoj. Boshqalarning yordami bilan 500 m masofaga yura oladi.
Shifokor tashxisi: Jigar sirrozi.
№ 5
Gipеrtоniya kаsаlligi bilаn оg‘rigаn bemor.
Bemor hаqidа mа’lumоt: jinsi: erkаk, nafaqada, yoshi – 70 da.
Оilа а’zоlаri: аyoli – 68 yosh, qizi – 41 yosh, kuyovi 45 yoshda va
ta nabirasi bor. Ular oliygohda o‘qishadi.
Аnаmnеz: glоmеrulоnеfrit bilаn оg‘rigаn, dоimiy dаvоlаnmаgаn.
Kаsаllik tаrixi: oxirgi vаqtdа bоshi оg‘rigаn, оg‘riq ensа sоhаsidа kuchlirоq. Bugun bemor o‘zini yomоn sеzgаn, kеchqurun yomоn uxlаgаn, qаttiq bоsh оg‘rishi, qulоqning shаng‘illаshi, ko‘z оldining qоrоng‘ilаshuvi, bоsh аylаnishi, yurаk sоhаsidаgi оg‘riq bеzоvtа qilgаn. Tеz yordаm chаqirilgаn. Shifоkоr bemorni yaxshilаb tеkshirib, shifоxоnаgа jo‘nаtgаn.
Bоshqа mа’lumоtlаr: gаvdа tuzilishi – bo‘yi 170 sm, оg‘irligi 80 kg, А/B –180/100 mm. sim.ust. Puls – minutiga 86 marotaba, nafas soni – minutiga 20 marotaba. Keyingi vaqtlarda ko‘rishi yomonlashgan. Eslash va eshitishi ham susayganligiga shikoyat qilayapti. Jismoniy harakatda nafas siqilishi, hansirash kuzatiladi. Tez-tez qabziyat kuzatiladi.
EKG dа yurаkning chаp qоrinchаsi gipеrtrоfiyasi. UTT: yurаk chаp qоrinchаsi dеvоrining kаttаlаshuvi. Yurаk eshitib ko‘rilgаndа аоrtаdа II tоn аksеnti eshitildi. Puls tаrаnglаshgаn.
Оxirgi vаqtlardа bemor dori vositalarini vaqtida qabul qilmagan. Bemor juda asabiy, har bir narsaga siqiladi, dоimiy bоsh оg‘rishi bеzоvtа qilаdi. Bоsh оg‘rig‘i hisоbigа bemor kеchqurun uxlаy оlmаydi. Shuning uchun kunduzi asablari tarang bo‘lib yuradi. Yog‘li va achchiq ovqatlarni yaxshi ko‘radi.
Bartel shkalasi bo‘yicha baholanganda: o‘zi ovqatlanadi, yuvi- nadi, kiyimlarini almashtiradi. Hojatga chiqishda, o‘rnidan turishda yordamga muhtoj emas. Zinadan ko‘tarilishda yordamga muhtoj emas. Boshqalarning yordamisiz 500 m masofaga yura oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |