Buxoro davlat unversiteti


Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlari



Download 37,86 Kb.
bet7/9
Sana01.06.2022
Hajmi37,86 Kb.
#625052
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Gidroekologiya mustaqil -uzim

Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlari
Bugun atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, inson salomatligini ta`minlash butun jahonda eng dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Toza ichimlik suvi ta`minoti esa hozirgi paytda dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan ekologik muammolardan biridir. Olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra, bir litr oqova suv yetti litr tabiiy suvni ifloslantirar ekan. Ma’lumotlarga ko’ra, 2025- yilga borib dunyoda har 10 kishidan 6 nafari yoki 5,5 milliard aholi toza ichimlik suvi muammosidan aziyat chekadi. Bu muammo mintaqamiz uchun ham dolzarbdir. Hozir dunyoda Orol dengizining qurishi tufayli kelib chiqqan ekologik falokat haqida eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Orolbo’yi xalqlariga yetkazilgan ma’naviy zararni umuman to’ldirib bo’lmaydi. “Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar fojialardan biri,- deb yozadi I.A. Karimov — dengiz havzasida yashaydigan qariyib 3.5 mln. kishi uning ta’sirida qoldi ”.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh assambleyasining 1993-yil 28-sentyabr- dagi 48-sessiyasida jahon hamjamiyati e’tiborini Orol dengizi muammolariga qaratgani, Bosh assambleyaning 1995-yil 24-oktyabrdagi 50-sessiyasida Orol fojiasidan aziyat chekayotgan davlatlarning vakillari jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, dengizni va Orolbo‘yini asrash bo‘yicha yordam ko‘rsatishga chaqirganlari bejiz emas. Yaqin-yaqin vaqtlargacha Orol dengizi Markaziy Osiyo iqtisodiyotini rivojlantirish, oziq-ovqat ishlab chiqarish, aholi bandligini ta’minlash va barqaror ijtimoiy infratuzilmani shakllantirishda muhim o‘rin tutar edi. Orolbo‘yi suv havzalarida yiliga 35 ming tonnagacha baliq ovlanar, Amudaryo va Sirdaryo deltalaridagi unumdor yerlar, yuqori samarali yaylov va suv havzalari millionlab odamlarning chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va qishloq xo‘jaligi sohalarida ish bilan bandligini ta’minlar edi.
Biroq mintaqadagi yirik daryolarda o‘ylamasdan ulkan gidrotexnik inshootlar qurilgani, transchegaraviy daryolar hisoblangan Amudaryo va Sirdaryoning tabiiy oqimi noto‘g‘ri boshqarilishi eng yangi tarixda Yer yuzidagi g‘oyat og‘ir ekologik halokatlardan birini yuzaga keltirdi. Bir paytlar dunyodagi eng noyob, go‘zal va yirik yopiq suv havzalaridan biri bo‘lgan Orol dengizi bir avlod ko‘z o‘ngida batamom yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida turibdi. Bu esa mintaqada misli ko‘rilmagan ofatga aylanib, Orolbo‘yida yashayotgan aholi hayotiga, bu yerdagi ekotizim va bioxilma-xillikka o‘nglab bo‘lmaydigan darajada zarar yetkazmoqda. Qurigan dengiz o’rnida hosil bo’lgan Orolqum sahrosi maydoni 5,5 gektarga yetib, undan har yili qariyib 100 million tonna qum-chang va zaharli tuzlar atmosferaga tarqalmoqda. Ana shu zararli moddalar tarkibing yarmini uglerod oksidi, 15 % ni uglerod chiqindilari, 14 % oltingugurt qo’sh oksidi, 9 % azot oksidi, 8 % ni qattiq moddalar taashkil etadi va 4 % ga yaqin o’ziga xos zaharli moddalarga to’gri keladi. Olimlarning aniqshicha, ana shunday zararli moddalar Pomir, Tyan-Shan muzliklari, hattoki Arktikaga ham borib yetayapti.
Amudaryo va Sirdaryoning Orolga umumiy quyilish hajmi keyingi ellik yil ichida qariyb 5 barobar, Orol dengizining suvi 14 barobardan ko‘proq kamaydi, uning sho‘rlanish darajasi esa deyarli 25-marta ortdi. Bu Orol dengizida ilgari bo‘lgan baliq va boshqa dengiz mavjudotlarining deyarli butkul yo‘qolishiga olib keldi.
Ammo Orolbo‘yida ro‘y berayotgan fojia ko‘lamini, bu yerda yashayotgan millionlab odamlarning dardi va orzu-armonlarini quruq raqamlar bilan ifoda etib bo‘lmaydi. O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmanistonning Orol fojiasining kuchli ta’siri ostida qolgan mintaqalari aholisi har kuni suv resurslari yetishmasligi, ichimlik suvi sifatining pasayishi va tuproq tarkibining buzilishi, iqlim o‘zgarishi, aholi, birinchi navbatda, bolalarning turli kasalliklarga chalinishi ko‘payib borayotgani bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolarni boshdan kechirmoqda.
Bu jahon hamjamiyati Orol dengizi fojiasiga global ekologik ofat sifatida qarayotgani va millionlab odamlar yashayotgan ushbu mintaqaning ekologik va ijtimoiy xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etish masalasiga zudlik bilan e’tibor qaratish g‘oyat dolzarb ekanini e’tirof etayotganidan dalolat beradi.
Ta’kidlash joizki, istiqlol yillarida O’zbekiston Orol fojiasi asoratlarini kamaytirishga ulkan kuch-g’ayrat safarbar etmoqda. 1993 yilda Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston ta’sisligida tashkil etilgan Orolni Qutqarish Xalqaro Jamg’armasi (OQXJ) ning ta’sischilarining biri sifatida mamlakatimiz uning faoliyati mustahkamlanishiga alohida e’tibor qaratyabti. Jumladan, 1997-1999 yillarda Jamg’armaga raislik qilgan respublikamiz tomonidan OQHJ huquqiy ba’zasini rivojlantirish, Orol dengizi havzasida barqaror taraqqiyotini ta’minlash maqsadida xalqaro tashkilotlar va moliya muassasalari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha qator chora — tadbirlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz 2013-yildan boshlab Jamg’armaga raislik qilib kelayapti.
Qabul qilinayotgan chora tadbirlarga qaramasdan, Orol dengizining qurishi va uning halokatli oqibatlari hamon dolzarbdir. Iqlim o’zgarishi, suv-yer degradadatsiyasi davomiyligi, cho’llanish tuproq sho’rlanishi va botqoqlanishi mintaqadagi sotsial-iqtisodiy, gumanitar va ekologik holatga salbiy ta’sir ko’rsatayotir. Binobarin, OQHJga raislik qilayotgan O’zbekiston tomonidan 2013-2016 yillarga mo’ljallangan Orolning qurish oqibatlarini bartaraf etish va Orolbo’yidagi halokatning oldini olishga oid chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Zero, unda ekologik barqarorlikka erishish, onalikni muhofaza qilishni yaxshilash, kasalliklarga qarshi kurashish va inson hayoti uchun xavfsiz sharoitlar yaratish nazarda tutilgan. Hudidda suv resurslarini oqilona boshqarish, suvni tejash va sug’orishda ilg’or texnologiyalatni qo’llash, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, ijtimoiy sohalar — ta’lim, sog’liqni saqlash infratuzilmasi, transport komunikatsiyalarini ravnaq toptirish, profilaktik va tibbiy xizmat sifatini oshirish, aholing bandligini mustahkamlash hamda daromadlarini ko’paytirish, harakatlanadigan qumlar va zararli tuzlarnig havoga ko’tarilishing oldini olish, eroziyaga qarshi kurashish, bio xilma-xillikni saqlash, OQHJning BMT va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligini kuchaytirish kabi yo’nalishlar dasturning ustivor jihatlaridir.
Shu kunga qadar ayni yonalishdagi tadbirlar uchun 2 mlrd AQSH dollarida teng mablag’ sarflandi. 2014-oktabr oyida Urganch shahrida bo’lib o’tgan “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo’yicha hamkorlikni rivojlantirish” masalasiga bag’ishlangan xalqaro konfirensiyada esa BMT, Yevropa Ittifoqi, yetakchi xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari hamkorligida Orol dengizi havzasidagi mamlakatlarga yordam ko’rsatish bo’yicha 8 mlrd AQSH dollaridan ortiq mablag’ jalb etiladigan o’nlab loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Ayni vaqtda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan dasturga asosan, 2013-2016-yillarga mo'ljallangan dasturning muhim vazifalaridan biri biologik resurslardan oqilona va kompleks foydalanish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tarmoqlarini rivojlantirish va kengaytirish hisoblanadi. Shu bois Orol dengizining qurigan tubida (80 ming gektar maydonda) o'rmon-meliorativ tadbirlarini amalga oshirish orqali Orolbo'yini ekologik sog'lomlashtirish, mavjud muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni kengaytirish va yangilarini rivojlantirish ishlari izchil olib borilmoqda.


Download 37,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish