ra’nodoshlar oilasining gul formulasi: ca5 co5 a∞ g∞ . Ca5 co5 a∞ g5 Tobulg’I ( spiraea ) , itburun ( rosa canina) , fors chetan (sorbus persica) ,maymunjon ( rubus ). Ca5 co5 a∞ g5 Olma (malus) , nok ( pyrus ), behi (Cydōnia) , do’lana (crataegus). Ca(5) co(5) a(∞) g1 Olxo’ri (prunus) , bodom (amygdalus) , o’rik (apricots) , shaftoli (persica) , olcha ( cerasus ). Chetan (Sorbus L.)-raʼnodoshlarga mansub buta va daraxtlar turkumi Oʻrta Osiyoda Turkiston, Zarafshon, Hisor, Darvoz, Ugom, Chatqol, PomirOlay, Fargʻona togʻlarida 3 turi: qizil Chetan. (S.tiarischanica), turkiston Chetani (jagisi) (S. turkestanica) va fors Chetan (buta) (S. persica) uchraydi. Qizil Chetan. Ko’pincha, archa, oq qayin, shilvi kabilar bilan birga dengiz sathidan 1800–3000 m balandaikda aralash oʻrmonlar hosil qilib usadi. Buii 3–5 m. Ildizi 7–8 m chuqurlikkacha tarqaladi. Gullari yirik. Iyun oyida gullab, avgust , sentabrda meva beradi. Mevasi qizil, taxir achchiq yoki shirin, birinchi sovuqdan keyin qoʻngʻir tusga kiradi. Mevasida c. vitamini, 4—13,7% qand moddasi, urugʻida 22% moy, poʻstlogʻida 14% tannid bor. Yogʻochidan mebel ishlab chiqarishda foydalaniladi. Barglaridan jigarrang boʻyoq olinadi. Qizil Chetanni urugʻidan, ildizpoyasidan kupaytirish mumkin. Ch. 60—100 yil yashaydi. Chetanning hamma turlari kimmatli o’rmon, mevali, manzarali va asal beruvchi oʻsimlik hisoblanadi. Behi (Cydonia oblonga Mill.) — raʼnodoshlar oilasiga mansub mevali daraxt yoki buta. B.ning Ozarbayjon, Dogʻiston, Turkmaniston, Eronda yovvoyi turlari uchraydi, turk tilida ayva nomi bilan yuritilgan. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida "avya" shaklida tilga olingan. B. Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Qrim, Ukrainaning jan. hamda Astraxon viloyatida keng tarqalgan. Oʻzbekistondagi B.zorlarning 80% Fargʻona vodiysida. Balandligi 5–6 m, shoxshabbalari piramida shaklida, baʼzan tarvaqaylab oʻsadi. Bargi oddiy, yashil, cheti butun. Gullari yakka holda, oq yoki och pushti, aprelda gullaydi. Koʻchati oʻtqazilgach, 3—4 yili hosilga kiradi, 30—40 yil yashaydi. Katta yoshdagi daraxtlari oʻrtacha 60— 70 kghosil beradi. Mevasi sentabr—okt. oylarida uzib olinadi; vazni, naviga qarab 150—500 g . B. mevalari limon rangda yoki toʻq sariq, tuk bilan qoplangan; yetilganda tuki toʻkilib ketadi, xushboʻy. Yangi uzilgan mevasi kam isteʼmol qilinadi. B. entomofil (hasharotlar bilan changlanadigan) oʻsimlik. B. tarkibida 74,7—83,5% suv, 8,5— 15,2% qand, 0,2—1,5% kislota bor, shuningdek oshlovchi moddalar va tosh hujayralar boʻladi. Mevasi dagʻal boʻlib, uzoq saqlangandan keyin tosh hujayralar yumshab qoladi. B.dan murabbo, kompot, marmelad, sukat, qiyom, jem tayyorlanadi, ovqatga (koʻpincha palovga bosiladi) ishlatiladi. B., asosan, payvandlab koʻpaytiriladi, koʻchati 6×6 yoki 5×5 m sxemada oʻtqaziladi. B.ning koʻpchilik navlari nokka payvandtag boʻla oladi; unga ulangan nok pakana boʻladi. B. issiklik va namlikka talabchan. Sugʻoriladigan unumdor tuproqlarda, shuningdek shoʻri kam yerlarda yaxshi oʻsadi. Oʻsuv davrida tuproq sharoitiga qarab 3—8-marta sugʻoriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |