Baliq teftelisi. Baliq kotlet massasidan porsiyasiga 3—4 donadan uzib shar shakli beriladi, unga belanib, qobiq hosil qilib qovuriladi, chuqur tovaga terib, ustidan qaynab turgan sardak quyiladi, so'ng 10—15 minut davomida dimlab iste'molga tayyor qilinadi. Bu taomni kotlet massasidagi non o'rniga donador guruch bo'tqasi sohb ham tayyorlash mumkin. Tarqatishda isitilgan Ukopchaga garnir sifatida pishirilgan kartoshka, guruch yoki kartoshka pyuresi solinib, yoniga tefteli qo'yiladi va ustiga tefteli tayyorlangan sardakdan quyiladi. Garnir ustiga eritilgan sariyog' purkab, ko'kat sepib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |