Baliq chiqitlariga ishlov berish va ishlatish
Baliqlarga pazandachilik ishlovi berishda yarim tayyor mahsulotdan tashqari ma'lum miqdorda chiqitlar ham olinadi . Chiqit deb mexanik, pazandachilik ishlovi jarayonida hosil boiadigan ozuqalik yoki texnik qoldiqlarga aytiladi.
Ozuqalik qoldiqlar ishlovdan o'tkazilib taom tayyorlashda ishlatilishi mumkin boigan mahsulotdir. Ularga baliq boshi, suyaklari, terisi, suzg'ich qanotlari, uvuldirig'i (ikrasi), ich yog'i, tangachalari, vizigasi, kemirchak suyagi, yog'i kiradi. Bahqning umumiy chiqitqisi uning katta-kichikligiga, turiga, ishlov berish usuliga uzviy bog'liq bo'ladi.
Osyotr baliqlarining boshi qaynoq suvga biroz botirilib yuzaki pishiriladi, mayda qalqonchalari tozalanib, uzunasiga ikkiga bo'lib chopiladi va yuviladi va baliq sho'rvalarini tayyorlashda ishlatiladi. Bu sho'rvalar suzihb suyuq oshlar, sardaklar tayyorlashda ishlatiladi. Baliq boshining pishgan go'shti ajratihb suyuq taomlarga, qiymalarga, salatlarga qo'shilishi mumkin.
Teri va suyaklari sho'rva tangachalari jele tayyorlashda ishlatiladi. Okun baliqlari chiqitqisidan tayyorlangan jelening yopishqoqlik darajasi yuqoriroq bo'lib, euig yaxshi jele hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |