BUXORO DAVLAT UNIVERSTITETI SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI YO’NALISHI 12-1TS-20-GURUH TALABASI NASIROVA GULBAHOR
Fan: Chizmachilik Sinf: 9
Mavzu: Frontal dimetriyada qirqim tasvirlash.
Darsning maqsadi va vazifalari:
Ta’limiy: O’quvchilarga frontal dimetriyada qirqim tasvirlash, hamda
hujjatlarining turlari nomlarini o’rgatish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va tartib intizomga
doimo rioya etishga,yangi bilimlar egallashga yo’naltirish.
Rivojlantiruvchi: Frontal dimetriya haqida tushuncha hosil qilish,frontal
dimetriyada chizma chizib unga qirqim bera olish.
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyalari:
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: amaliy mashg’ulot, suhbat
Dars jihozlari: mavzuga oid ko’rgazmali qurollar.
Kutilayotgan natija:
Yangi bilimlar egallaydi.Frontal dimetriyada qirqim bajarish haqida ma’lumot oladi va chizma chizishda, ma’lumotlardan amalda foydalana oladi.
Ishning nomi
|
Bajaradigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaxt
|
1-bosqich:
Tashkiliy qism
|
Salomlashish,davomatni aniqlash,
sinfni darsga tayyorlash
|
S-J
|
2 min
|
2-bosqich: O’tilgan mavzuni takrorlash
|
Takrorlash,mustahkamlash,yangi mavzu bilan bog’lash
|
S-J
|
5 min
|
3-bosqich: Yangi
mavzu bayoni
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
Suhbat
|
15min
|
4-bosqich: Mavzuni mustahkamlash
|
Takrorlash,mustahkamlash
|
S-J
|
5 min
|
5-bosqich: Baholash
|
Rag’batlantiruvchi (5 ballik reyting)
|
S-J
|
10min
|
6-bosqich: Uyga vazifa
|
Uyga vazifani tushuntirish
|
Suhbat
|
3 min
|
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinfni darsga tayyorlash
2. O’tilgan mavzuni takrorlash:
1. Aksonometriyada qirqim nima uchun qo‘llaniladi?
2. Aksonometriyada kesim yuzalari qaysi tartibda shtrixlanadi?
3. Yangi mavzuni bayoni:
FRONTAL DIMETRIYADA QIRQIMNI TASVIRLASH
11-§ da detalning izometriyasida qirqimni bajarish bosqichma-bosqich
ko‘rsatilgan edi. Bu paragrafda a da berilgan detalning z o‘qini y o‘qiga almashtirib chizilganda aylana V ga o‘zining haqiqiy ko‘rinishida tasvirlanishi ko‘rsatilgan. Shunday qilinganda detalni frontal dimetriyada chizish ancha qulaylik tug‘diradi. Bu yerda y o‘qiga tushgan detalning balandligi ikki marta qisqartirib chiziladi.Aksonometriyada ham detalning o‘lchamlari qo‘yiladi.Chizmada
o‘lchamlar, aylana, radius, kvadrat belgilari ham ko‘rsatiladi. O‘lcham chiziqlari
aksonometrik o‘qlarga parallel chiziladi.Chizma, a da berilgan detalning ko‘rinishlari asosida uning frontal dimetriyasini chizish va unda qirqimini bajarish, b, c larda ko‘rsatildi
4. Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Buyum deb nimaga aytiladi?Buyumlar nimalarga bo’linadi?
2. Detal,yig’ish birligi,kompleks nima?
5. O’quvchilarni rag’batlantirish: Rag’batlantirish(5 ballik reyting)
6. Uyga vazifa berish:Detallardan birini ko‘chirib chizing, frontal yoki izometrik aksonometriyada yasangva qirqimini bajaring. O‘lchamlarini qo‘ying.
Do'stlaringiz bilan baham: |