Buxoro Davlat Universtiteti refera t



Download 317,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana20.02.2022
Hajmi317,61 Kb.
#460415
1   2   3   4
Bog'liq
Referat

 
 
 
 
 
 


2.Mutaxassislikka kirish fani va uning vazifalari 
 
O„zbekiston qadimdan yuqori darajada taraqqiy etib kelgan dehqonchilik va 
shahar madaniyatining beshigi bo„lib, u bir necha ming yillik tarixga ega. O„lka 
aholisi mazkur hudud uchun an‟anaviy bo„lgan paxtachilik, ipakchilik, 
bog„dorchilik, 
uzumchilik, 
polizchilik 
bilan 
shug„ullanib 
kelgan. 
Hunarmandchilikning qator xillari rivojlangan. Tarixiy davr ichida o„zbek 
avlodlari sug„orish ishlarini keng yo„lga qo„ygan edilar. 
Jahonda Al-Xorazmiy, Imom al Buxoriy, Ahmad al Farg„oniy, Abu Rayhon 
Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Naqshbandiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Behbudiy, 
Fitrat, CHo„lpon kabi nomlari dunyoga tanilgan qomusiy olimlar, shoirlar, 
ma‟rifatchilar, lashkarboshilarni etkazib bergan o„zbek xalqi o„z mamlakatining 
mustaqil bo„lishini orzu qilib kelgan edi. Mushtoqlik bilan kutilgan ana shu kun 
keldi. 
1991 yil O„zbekiston tarixida yangi sahifa ochdi, shu yilning 1 sentyabrida 
mamlakatimiz mustaqilligi e‟lon qilindi. 1992 yil 2 mart kuni Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti (BMT), O„zbekiston Respublikasining o„z tarkibiga kirishi to„g„risida 
qaror qabul qildi. 
SHunday qilib, O„zbekiston jahon tarixida nufuzli bo„lgan tashkilotning teng 
huquqli a‟zosi bo„ldi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin ta‟lim to„g„risida qonun 
qabul qilindi. Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi tasdiqlandi. Bu hujjat ta‟lim 
tizimining barcha bo„g„inlarida chuqur islohotlar asosida davlatimiz siyosatini 
ustuvor yo„nalishini belgilab berdi. Ta‟lim jarayonining mazmuni sifat jihatidan 
yangi bosqichga ko„tarildi. Bu bosqichning dastlabki yo„nalishi “Mutaxassislikka 
kirish” o„quv kursini o„rganishdan boshlanadi. 
Bu kursni o„rganish jarayonida talaba faqat oliy ta‟lim haqida umumiy 
tushunchaga ega bo„lish bilan chegaralanmasdan, uning o„rta ta‟limdan farqini 
yaxshi tushunib olishi kerak, oliy maktabni tuzilishi o„quv jarayonining tashkiliy 
masalalari, tartib intizom, yo„nalishlari haqida etarli darajada xabardor bo„lishi 
kerak. Bu biz o„rganayotgan kursning umumiy vazifasi va yo„nalishidir. 
Kursning umumiy vazifasi oliygoh shart-sharoitiga tezroq moslashish buning 
uchun har bir talaba maqsad sari intilib, aqliy mehnat madaniyatini 
taqsimlashtirishi, o„z vaqtini tejab undan mazmunli foydalanishga harakat qilishi 
kerak. 


«Mutaxassislikka kirish» kursida talabaning bo„lajak ixtisosi, ya‟ni iqtisodchi 
kasbi haqida to„laroq ma‟lumot berish, talabalarning mustaqil ishlash metodikasi 
bilan tanishtirish, ilmiy tadqiqot ishlari haqida ma‟lumot berish, bibliografiya 
mexanizmini tushuntirish ko„zda tutiladi. SHu bilan birga talabalarning huquq va 
burchlari tushuntiriladi. 
Fan xususiyatlari bo„yicha ustivor vazifalar: 
- mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan yutuqlar mazmun-mohiyatini 
tushuntirish orqali talabalarda milliy g„urur va vatanparvarlik tuyg„usini yanada 
mustahkamlash; 
- mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mavjud muammolar 
to„g„risida tasavvur hosil qilish va ularni hal etish yo„llari borasida talabalarni 
mustaqil fikrlashga o„rgatish; 
- ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta‟minlashning ko„p omilli hamda murakkab 
jarayon ekanligini, uning ziddiyatli jihatlarini anglash, ro„y berayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy hodisalarni teran tahlil qilish va baholash ko„nikmalarini shakllantirish;
- mamlakatimizda ro„y berayotgan o„zgarishlar, yangilanishlar va chuqur 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga nisbatan talabalarda o„zlarining har tomonlama 
asoslangan, ob‟ektiv, real nuqtai-nazarlari hamda qarashlarining to„g„ri asosda 
ishlab chiqilishiga yo„naltirish; 
- mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalari, uning turli tarmoq 
va sohalarini yanada taraqqiy ettirish imkoniyatlari, hududlarning ishga 
solinmagan ichki salohiyatlari to„g„risida hosil qilingan bilimlarni amaliyotda 
qo„llash borasida dastlabki o„quv-amaliy ko„nikmalarni hosil qilish; 
- respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda 
ular natijasida ro„y berayotgan tub o„zgarishlarning barchasi inson manfaatlarini 
ro„yobga chiqarish maqsadiga yo„naltirilganligini anglash, yoshlarning 
jamiyatimizdagi o„rni va rolini chuqur xis qilishni ta‟minlash asosida o„quvchi va 
talabalarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish. 

Download 317,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish