URUG’ QABILA DINLARI - totemistik, animistik tasawurlarga asoslangan, o’z urug’idan chiqqan sehrgar, shaman yoki qabila boshliqlariga sig’inuvchi dinlar. Ular millat dinlari, va jahon dinlari ichiga singib ketgan bo’lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba'zi qabilalarda saqlanib qolgan.
MILLAT DINLARI - ma'lum millatga hos bo’lib, boshqa millat vakillari o’ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga YAhudiylik, hinduiylik, konfusiychilik, sintoizm kiradi.
JAHON DINLARI - dunyoda eng ko’p tarqalgan kishilarning millati va irqidan qat’iy nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo’lgan dinlar. Unga buddaviylik, hristianlik va islom dini kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |