Aqliy ishchanlik qobiliyatini aniqlash. - Aqliy ishchanlik qobiliyatini aniqlash.
- Odamning ish qobiliyati xaqida mehnat faoliyatining ko‘rsatkichlari bo‘yicha fikr yuritish mumkin (vaqt birligi ichida bajariladigan mehnat operatsiyalarining miqdori va sifatiga qarab). Biroq, ishlab chiqarishda bu ko‘rsatkichlarga ishchiga bog‘liq bo‘lmagan ishlab chiqarish kamchiliklari ta’sir ko‘rsatishi mumkin: materiallar, asboblar, energiya etishmasligi yoki xom ashyoning sifatsizligi va hokazo. SHuning uchun ish qobiliyati tekshirilganda, ko‘pincha, odamning potensial imkoniyatlarini xarakterlovchi va u yoki bu formadagi kasb faoliyati bajarilganda, organizmda ro‘yobga chiquvchi funksional holat ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Bu ishda aqliy mehnat turlaridan bo‘lgan korrektorlik (bosilgan tekstdan xatoni tuzatish) faoliyat modellashtiriladi.
Bu omillarning barchasi bir vaqitda ta’sir qiladi. SHuning uchun ham A.I.Q.ni aniqlash usuli psixofiziologik usul deb nomlanadi. Xozirgi vaqtda A.I.Q.ni aniqlash uchun korreksiyalovchi jadvaldan (Anfimov jadvali) keng foydalaniladi.Bu jadval bilan ishlash aniqlik,tezlik va diqqatni bir joyga jamlashni talab qiladi. Tajriba davomida ishni sifat va miqdor jixatlari baxolanadi.Quyidagi formulalar yordamida tajriba natijalari aniqlanadi.
A) Aniqlik koefitsienti formulasi:
Bu formulada
A- aniqlik koefitsienti,
M- o‘chirilgan xarflar soni,
N –ko‘rilgan xarflar soni.
B) Aqliy ishchanlik qobiliyati koefitsienti aniqlash formulasi: - B) Aqliy ishchanlik qobiliyati koefitsienti aniqlash formulasi:
- R=ACHS
- Bu formulada: R – A.I.Q. koefitsienti, S – ko‘rilgan umumiy xarflar soni.
Ish anjomlari: korrektura jadvali va sekundomerlar.
Tajribani o‘tkazish tartibi. Anfimov jadvali tarqatilganidan so‘ng o‘qituvchi ishni boshlash xaqida buyruq beradi va talabalar 4 daqiqa davomida aytilgan xarfni belgilashlari kerak. Bu tajriba jadvaldagi barcha xarflar bilan takrorlanadi. Ish davomida tezlik, diqqat va aniqlik talab qilinadi. So‘ng jadvallarni o‘zaro almashtirib, belgilangan harflarni alohida sanab, quyidagi jadval to‘ldiriladi.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. - Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar.
- Ishning tezligi to‘g‘risida 4 daqiqa ichida ko‘rib chiqilgan belgilarning umumiy miqdoriga qarab mulohaza qilinadi. Aniqlik to‘g‘risida esa 4daqiqa ichida qilingan xatolarning umumiy miqdoriga qarab mulohaza qilinadi. Har xil tekshiriluvchilarning ish qobiliyatlarini solishtirib ko‘ring, tekshirilgan funksional ko‘rsatkichlardan qaysi biri yuqoriroq informatsiyali bo‘lsa, ish qobiliyatini baholash uchun hisobga oling.
E’tiboringiz uchun rahmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |