5.Tilshunos olimlarning nutqning leksik xusudiyatlarini o'rgatish uchun qo'shgan hissasi va olib borgan tatqiqotlari.
Maktabgacha ta’lim muassasasi turlari ota-onalar tomonidan tanlanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tartibi, ularni bir muassasadan ikkinchisiga ko‘chirish, muassasadan chiqarish davlat muassasalarida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha ta’lim muassasalarida esa, muassasaning Ustavi bilan belgilanadi. Aqliy va jismoniy rivojlanishida kamchiliklari mavjud bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari yoki guruhlar tashkil etish ham maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi nizomda ko‘rsatib o‘tilgan. Har bir sohada bo‘lganidek, maktabgacha ta’lim tizimida ham maktabgacha ta’lim muassasalariga tegishli ma’lumotga, kasb tayyorgarligiga hamda yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egadirlar. Ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolati davlat organlari tomonidan pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kasb sifatini raqobatbardoshlik darajada saqlab turish ta’minlanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari pedagogik kadrlarning o‘quv pedagogik vazifasi maktabgacha ta’lim muassasasi turiga davlat talablaridan kelib chiqqan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi. Ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarni, mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan yangi dasturlar, metodik qo‘llanmalar, didaktik materiallarni joriy etish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi. Pedagogik kadrlarning o‘zaro munosabatlari hamkorlik, demokratiya, hurmat, shaxsning o‘z qadr-qimmatini bilishni e’tirof etish pedagogikasi asosida quriladi. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining birinchi – maktabgacha ta’lim rivojining zamonaviy bosqichi qator o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi: maktabgacha ta’lim ochiq turdagi ta’lim muassasasi sifatida shakllandi; maktabgacha ta’lim muassasalarining eng muhim funksiyasi bolalarning hayotiy faoliyatini muhofaza qilish va salomatligini mustahkamlash; tarbiyalanuvchilarni maktab ta’limiga muvafaqqiyatli tayyorlash va boshqalar. Shuningdek, bugungi kunda Respublikamizda xilma-xil (yasli, bolalar bog‘chasi, bolalar bog‘chasi– 26 boshlang‘ich maktab, davlatga qarashli va xususiy) turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritmoqda. 1997-yilda YUNESKO qaroriga ko‘ra maktabgacha ta’limning nazariy asoslarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyati bilan asoslangan «maktabgacha ta’lim» atamasi qabul qilindi. Ana shunday asosdan kelib chiqqan holda 2011-yilda Respublikamizda maktabgacha ta’lim rivojining asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, tamoyillarini o‘z ichiga olgan «Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi» ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi» uch bosqichda amalga oshiriladi: I bosqich – qonunchilik faoliyatiga doir – 2012–2014-yillar. II bosqich – tashkiliy-amaliy – 2015–2017-yillar. III bosqich – yakuniy – 2018–2020-yillar. «Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi» maktabgacha ta’lim masalasi alohida yoritib o‘tilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda respublikamizda maktabgacha ta’limni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari o‘z aksini topgan. Mazkur konsepsiya beshta bo‘limni o‘z ichiga olgan bo‘lib, kirish (preambula), asosiy qism (konsepsiyaning asosiy mazmuni), maktabgacha ta’lim tizimining tuzilishi, maktabgacha ta’lim muassasalarining dasturiy-metodik ta’minoti, maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish masalalari yoritib berilgan. «Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi»ning bosh g‘oyasini shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish tashkil etgan. Ana shu asosdan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’limda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishga doir zamonaviy yondashuvlar sifatida ijtimoiypedagogik, gnoseologik (bilishga doir), psixologik, akmeologik kabilarga alohida e’tibor qaratish, ulardan yaxlit tarzda foydalanish bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |