2. SODDA POLISEMANTIK SO’ZLAR
So'zlar tuzilishiga ko'ra: sodda, qo'shma va juft bo'ladi. Birgina o'zakdan tashkil topgan so'zlar sodda so'zlar deyiladi. kitob, yozmoq, katta, unumli, majburan. Sodda so'zlar tub va yasama bo'ladi. Tarkibida so'z yasovchi qo'shimchalar bo'lmagan so'zlar tub so'z deyiladi. Sodda so'zlarda o'zak bitta bo'ladi. Lekin ba’zi qo'shma so’zlar o'z xususiyatini yo'qotib sodda so'z o'rinini oladi. Masalan: kechqurun qadimda kech va qurun degan mustaqil sozlardan iborat edi. Ijtimoiy taraqqiyot natijasida qurun so'zining asosiy ma'nosi yoqoldi va u faqat sodda so’z tarkibida qoldi. Yomg'ir so'zi yog’ va amir so'zidan yasalgan bo'lib qo'shma so'z sanalar edi, lekin hozir uning tarkida tovush o'zgarishi yuz bergani uchun soda so'zga aylanib qolgan. Zararkunanda, dardisar, astoydil santimo’r, odamshinavanda, aeroport kabi so'zlar ham o'zlashgan bo'lib ular aslida ikkita so'zdan iborat bo'lsa - da, o'zbek tiliga o'tgach, soda so'zga aylangan.
So’zning ma’no tarkibi va u bilan bog’liq hodisalarni o’rganuvchi leksikologiya bo’limi semasiologiya deyiladi. So’zlarning ayrimlari faqat bir leksik ma’nodan,ayrimlari ikki va undan ortiq leksik ma’nodan tarkib topadi. Shu xususiyatiga ko’raular ikkiga bo’linadi. [ 24,88]
Sodda polisemantik so’zlarning leksik ma’nolari faqat o’zi oid bo’lgan turkum vazifasini bajaradi. Ular o’zbek tilidagi fe’l, olmosh turkumiga oid barcha polisemantik so’zlarni o’z ichiga oladi. Ya’ni fe’l va olmosh turkumiga oid so’zlarning leksik ma’nolari boshqa turkum vazifasini bajarmaydi. Bu fikrni fe’l turkumiga oid polisemantik so’zlarda talqin qilinsa, tushunish uncha qiyin emas. Chunki fe’l turkumiga oid so’zlar umuman turkiy tillarda o’ziga xos shaklga ega bo’lib, ular sof holatda boshqa turkum shakllarini qabul qilmaydi, shuningdek boshqa turkum vazifasini bajarmaydi. Shuni ta’kidlash joizki, fe’l hech qanday xoslangan shaklga kirmagan, sof fe’l holatida biror leksik ma’nosi asosida boshqa turkum vazifasini o’tamaydi. Agar u fe’lning xoslangan shakllaridan biri: yo sifatdosh, yo ravishdosh, yo harakat nomi shakliga kirsa, boshqa turkum vazifasiga o’tishi muqarrar. Har holda bu fe’lning xoslangan shakliga xosdir. Olmosh turkumiga oid so’zlarning leksik ma’nolari boshqa turkum vazifasida kelmasligini boshqacha izohlash kerak. Chunki olmosh turkumiga oid so’zning o’zi boshqa so’z turkumining o’rnida almashib kelgan bo’ladi. Uning tarkibidagi leksik ma’nolar turlicha turkumga oid vazifani bajarib kelayotgan bo’lishi mumkin. Ammo ular o’zining mavhumligicha va tushunchalarni to’g’ridan-to’g’ri ifoda etmay, unga ishora qilayotganligi yoki uni ko’rsatayotganligi xususiyati bilan olmosh turkumiga xos bo’lib qolaveradi.Ko’rinib turibdiki, fe’l va olmosh turkunidagi barcha polisemantik so’zlar sodda polisemantik so’zlardir. Grammatik ma’no anglatishning yana bir vositasi so‘z tartibidir.So‘zlaming gapda ma’lum tartibda joylashtirilishi ham grammatik m a’no ifodalashga xizmat qiladi. Bu vosita ayniqsa, sintaksis uchun ahamiyatlidir. So‘z tartibi xitoy-tibet oilasiga kiruvchi tillar va tarkibi shu tillarga o‘xshash bo‘lgan boshqa tillarda juda katta ahamiyatga ega. Hozirgi zamon ingliz va fransuz tili uchun ham bu vosita muhim hisoblanadi. Bu tillarda so‘z tartibi so‘zlaming gapdagi vazifasi,ulaming qaysi so‘z turkumiga taalluqli ekanini ko‘rsatadi:
1. The ball hit the boy. Koptok bolaga tegdi.
2. The boy hit the ball. Bola koptokni tepdi.
3. A clown called a clown a clown.
Masxaraboz masxarabozni masxaraboz deb atadi.1 va 2-gaplarda so‘z tartibi o ‘zgarishi bilan gap bo‘laklari ham o‘zgardi. 1-gapda ega The ball, chunki u kesimdan oldin, ya’ni birinchi o‘rinda turibdi; 2-gapda esa bu so‘z to‘ldiruvchi, chunki u kesimdan keyingi o‘rinda o‘timli fe’ldan keyingi uchinchi o‘rinni egallab turibdi, bu o‘rin - to‘ldiruvchining o‘midir. Shu munosabat bilan uchinchi gap, ayniqsa diqqatga sazovor: bu gapda uchta clown so‘zi bor, ular bir-biridan grammatik shakli jihatidan hech qanday farq qilmaydi, lekin shunga qaramay, ular uch xil vazifani bajarayotir: birinchisi -ega, ikkinchisi - vositasiz to ‘ldiruvchi, uchinchisi – vositali to‘ldiruvchi. Bu so‘zning bunday sintaktik vazifalarini biz ulaming shakllari orqali emas (chunki ulaming shaklida farq yo‘q), balki gapda tutgan o'rniga qarab aniqlaymiz. So‘z tartibining bunday xususiyati gapda so‘z tartibi qat’iy bo‘lgan tillarga xosdir.Ba’zi so‘z tartibi qat’iy bo‘lmagan tillarda bu vosita orqali so‘zning qaysi kelishikda ekanligini aniqlash ham mumkin.
Qo‘shma yo‘l bilan yasalgan negizlarning yasama negizlarga o‘tish yoki qo‘shma negiz bilan yasama negizning tub negizga o‘tish hodisalari soddalashuv deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, ko‘p morfli so‘zning bir morfli so‘zga o‘tib qolish hodisasi tilshunoslikda soddalashuv deb nom olgan. Odatda, bu hodisa so‘zning ichki shaklini yo‘qotishi, ya’ni morflar orasidagi chegaraning buzilishi natijasida ro‘y beradi. Soddalashuv ikki sababga ko‘ra sodir bo‘lishi mumkin:
1) u yoki bu morf ma’nosini kuchsizlanishi va asta-sekin yo ‘q bo ‘lib ketishi;
2) bir so ‘zdagi o ‘zakni o‘ziga qardosh bo‘lgan boshqa o ‘zaklar bilan aloqasining uzilishi natijasida.
So‘zning morfologik tarkibining soddalashuvi, ayniqsa bir tildan ikkinchi tilga so‘z o‘zlashtirilganda ko‘p ro‘y beradi: yasama va qo‘shma so‘zlar sodda so‘z sifatida o‘zlashtiruvchi tilga kirib keladi. Masalan, ingliz tilidan o‘zlashtirilgan futbol so‘zi o‘zbek tilida tub so‘z hisoblansa, ingliz tilida qo‘shma so‘zdir: foot - oyoq va ball – to‘p. Nemis tilidan kirib kelgan kurort so‘zi ham bu tilda qo‘shmadir, ya’ni kur - dam, ort - joy. O‘zbek tiliga fors tilidan kirib kelgan astoydil so‘zi garchi o‘zbek tilida tub so‘z hisoblansa ham, fors tilida uch so‘zdan tashkil topgan - az tagi dil.
Do'stlaringiz bilan baham: |