Buxoro davlat universiteti



Download 1,58 Mb.
bet1/5
Sana21.02.2017
Hajmi1,58 Mb.
#3029
  1   2   3   4   5


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

Fizika –matematika fakulteti

“Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi

Mahmudov Azizbek Nasriddin o’g’li
KO’P TILLI FOYDALNUVCHI GRAFIK INTERFEYSINI TASHKIL QILISH.

5480100-“Amaliy matematika va informatika” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun



BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Ish ko‘rildi va himoya qilishga Ilmiy rahbar ________ H.A.Kamolov



ruxsat berildi” “_______” _________________2014 y.

Kafedra mudiri. Taqrizchi _____________ M.M.Nurolloyev

___________ dots T.B.Boltaev “_______” ______________ 2014 y.

«______» __________________2014y.

Himoya qilishga ruxsat berildi”



Fakultet dekani __________t.d.f.prof.Sh.M.Mirzaev

_______” ______________ 2014 y.



Buxoro-2014

Mundarija

Kirish

I Bob. Dasturlash tarixi va uning istiqboli haqida

1.1. Dasturlash tillari va ularning kelib chiqishi

1.2. Оb’еktgа mo‘ljаllаngаn dаsturlаsh

1.3. Fayl tizimlari



II bob. Dasturni yaratishda qo‘llanilgan dasturiy vositalar va tizim interfeysi

2.1. C# dasturlash tili

2.2. Tizim arxitekturasi va interfeysi

2.3. Dasturiy, texnik ta’minot va foydalanish yo‘riqnomasi



Xotima................................................................................................................

Adabiyotlar........................................................................................................

Kirish.


O’zbekiston Respublikasi mustaqillik odimlarini dadil qo’yayotgan hozirgi davrda axborotlashgan jamiyat qurish masalasi mamlakatimiz uchun naqadar katta ahamiyat kasb etayotgani hech kimga sir emas. Internet hayotimizning bir bo’lagiga aylandi.Biz uning xizmatlaridan har kuni foydalanishga odatlandik.

Biz mustaqil O’zbekiston yoshlari har tomonlama yetuk barkamol avlod bo’lib yetishimiz uchun keng imkoniyatlar yaratib Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov yosh avlod tarbiyasiga juda kata e’tibor berib kelmoqdalar. Jumladan, asosiy vazifamiz vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish nomli Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning 2009-yilning asosiy yakunlari 2010-yilda O’zbekistonning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishini eng muhim ustuvor yo’nalishlarda bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida:

“Biz farzandlarimiz nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intelektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi uchun zarur bo’lgan barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz.

O’z oldimizga qo’yilgan yuksak vazifa va marralarga erishishda zamonaviy bilim va tarbiya sohibi bo’lgan, yangicha fikrlaydigan yoshlarimiz bizning asosiy tayanchimiz va suyanchimiz”[1].

Respublikamizda o’qitish texnologiyalarini zamonaviylashtirishni jadallashtirish rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlarga qaraganda yanada dolzarb ahamiyatga ega. Chunki hozirgi kunda milliy ta`lim tizimining salohiyati iqtisodiy rivojlanishning yanada yuqori pog’onasiga ko’tarilishga amaliy imkoniyat ta`minlovchi asosiy ijtimoiy resurs sifatida gavdalanadi.

Hisoblash texnikasi juda jadal rivojlanib xalq xo’jaligining barcha tarmoqlariga kirib bormoqda, jumladan ishlab chiqarish, boshqarish, moliya tizimlarida hamda harbiy texnikada keng ko’llanmoqda. Shu bilan bir qatorda kompyuterda axborotlarini qayta ishlash, saqlash va uzatish muammosi hozirgi paytning aktual muammolaridan biri hisoblanadi.

Dasturlash usullari dasturni o’qilishini qulayligi bilan o’zaro bog’liq. Usullar dеganda tajribali dastur tuzuvchilar to’g’ri natijali, foydalanishda qulay, qulay bo’lgan dasturlarni tuzishda foydalanadigan usul va mеtodlar nazarda tutiladi.

Dastur shunday tuzilishi kеrakki, uni birinchi qatorda mashina yoki EHM emas balki inson o’qib tushunsin. Chunki dastur insonlarga dasturlarni tuzishda, shakllantirishda va ularni qo’llashda kеrak bo’ladi.

Dastur - bu kеyinchalik ishlatishga va takomillashtirshga mo’ljallangan xujjat, algoritmlarni kodlashtirish uchun o’quv matеriali va hokazolardir.

Dеmak dasturlash tillari bizga o’qishda qulay bo’lgan dasturni yaratishni taominlab bеrishi kеrak. Dastur iloji boricha algoritimni tuzilishini va mantiqni bizga tushunarliroq qilib еtkazib bеrishi kеrak.

Albatta biz juda ko’p joylarda va jarayonlarda standartlarga asosan ish olib boramiz. Lеkin dasturlash usullarida bunga qarshi bir nеcha fikrlar aytilgan. Ulardan birini kеltirib o’tamiz: dasturlash usuli - bu shaxsiy fikr va didga bog’liqdir. Shuning uchun unga xеch qanday chеgaralanishlar qo’yilmasligi kеrak.

Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi. Hozirgi kunda dasturiy ta’minotni tashkil etishda ko’p tilli FGI e’tobor qaratiliyapti. Bunda albatta ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga to’g’ri keliyapti. Ushbu usulda klient server texnologiyasi ishtirok etayapti. Bunda tashqari ushbu vaziyatni klient tomonidan amalga oshirish imkoniyati ham mavjud bo’lib, bunda FGIdagi ma’lumotlarni biror faylga yozib undan foydalanish imkoniyati beruvchi yo’nalish ham mavjud:

-hozirgi kundagi windows muhitidagi dasturlarni yaratish texnologiyalarini o’rganish, muhandis-dasturchi uchun barcha kerakli materiallarni to’plash;

-foydalanuvchi grafik interfeysini yaratish ishlab chiqish;

-foydalanuvchi grafik interfeysi uchun fayl tizmini ishlab chiqish;

-FGI ni yaratish ini formatidagi fayllarr bilan ishlay oladigan dasturiy ta’minotni algoritmni qurish;

-dasturiy ta’miotni yaratish va sinov jarayonidan o’tkazish;



Bitiruv malakaviy ishining tadqiqot obyekti. “Universitet” misolida universitet fakultetlarni, yo’nalishlari, guruhlari va talabalarni ro’yxatga olish, ma’lumotlar omboriga kiritilgan ma’lumotlarni tahrirlash va ushbu ma’lumotlarni ma’lumotlar omboridan o’chirib yuboruvchi dasturni yaratish. Ushbu dasturiy vositani yaratishdan maqsad universitet fakultetlarni, yo’nalishlari, guruhlari va talabalarni ro’yxatga olishdan iborat.

Bitiruv malakaviy ishi maqsad va vazifalari. Ushbu ishning asosiy maqsadi dasturiy vositalarda ko’p tilli foydalauvchi grafik interfeysini tashkil qiluvchi “Universitet” dasturini yaratishdan iborat. Ushbu dastur universitet fakultetlarni, yo’nalishlari, guruhlari va talabalarni ro’yxatga olishdan iborat. Ushbu ishni amalga oshirish uchun Windows muhitidagi dasturlani yaratishning yangi texnologiyalardan foydalanish maqsad qilib qo`yildi. Shu maqsadda foydalanuvchi grafik interfeysida ko’p tillilikni tashkil qilish orqali, dasturlarda ko’p tillilikni yaratish texnologiyalarning yangi bosqichlarini tadbiq qilish, sifat darajasini oshirish, xavfsizlik tomonlarini kuchaytirishdan iborat.Ushbu aktuallik diplom ishining naqadar zarurligini ko’rsatib beradi. Diplom ishidan olingan natijalar asosida barcha dasturiy vositalilarda ko’p tilli foydalanuvchi grafik interfeysini qulay imkoniyatlarni yaratish imkonini beradi.

Bitiruv malakaviy ishining tadqiqot usuli va uslubiyoti. Ushbu malakaviy bitiruv ishining usuli “ini” formatidagi fayllarr bilan ishlovchi “Universitet” dasturini yaratishdan iborat bo’lib, bunday dasturiy vositalarga ko’p tilli foydalanuvchi grafik interfeysini hosil qilishdan iborat. Ushbu texnologiya quyidagicha amalga oshiriladi:har bir bir til uchun alohida fayllar shaklantirilib bunda fayllardagi kalit so’zlar bir xil, lekin tildan kelib chqib bu so’zlarning qiymati har xil bo’ladi. Foydalanuvchi grafik intergeysida tanlangan til orqali interfeys shaklantiriladi.

Olingan asosiy natijalar: “ini” formatidagi fayllar bilan ishlovchi “Universitet” dasturni yaratishdan iborat.

Bitiruv malakaviy ishidan olingan natijalarning yangiligi va amaliy ahamiyati: Yangi texnologiyalarni “ini” formatidagi fayllar bilan ishlovchi dasturiy vosita yaratishdan iborat bo’lib bunda bir o’zgaruvchiga turli fayllarda turli qiymatlar berib ko’p tilli texnologiyasini hosil qilishdan iborat.

Tadbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi qo`llash sohasi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi davomida sahifa yagona dastur orqali ko’p tilli foydalanuvchi grafik interfeysini tashkil qilish.

Bitiruv malakaviy ishinig tuzilishi: Malakaviy bitiruv ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.

Malakaviy bitiruv ishining kirish qismida: birinchi EHM lar uchun dasturlani dasturchilar mashina kodi tilida yozganlar. Bu juda qiyin va uzoq vaqt talab etadigan jarayon edi. Dastur tuzishni boshlash va ishlatib ko’rish orasida ancha vaqt o’tar edi. Bunday muammolarni еchish faqatgina dasturlash jarayonini rivojlantirish, optimizatsiya qilish orqaligina bajarilishi mumkin edi. Dasturchilar mеhnatini iqtisod qiluvchi bunday “jixoz” o’rnini qism dasturlari egalladi. Ushbu vositalardan dasturlash muhitining yangi yo’nalishi bo’lib hisoblangan obyektga yo’nalgan dasturlash vositalari haqida so’z yuritilgan.

I-bobda Dasturlash tarixi va uning istiqboli haqida bo`lib, dasturlash tillari va ularning kelib chiqishi, obyektgа mo‘ljаllаngаn dаsturlаsh, fayl tizimlari va ularning afzaliklar, kamchiliklar haqida ma`lumotlar keltirilgan.

II-bobda Dasturiy vositdani ishlatishda qo’lanilgan C# dastrulash tili,tizim interfeysi va foydalanuvchi yo’riqnomasining, dastur FGI haqidagi ma`lumotlar mujassamlashtirilgan.

Kirish qismi 2 betdan iborat, tushuntirish qismi 54 betdan iborat. Bitiruv malakaviy ishida 7 ta adabiyotdan foydalanildi.


Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish