Buxoro davlat universiteti utayeva feruza xolmamatovna


Xorazm vohasi shaharlari vazifasi



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/102
Sana25.05.2023
Hajmi2,15 Mb.
#943371
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   102
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

 
7.2.Xorazm vohasi shaharlari vazifasi
VII-XII asrlarda shaharlar yangilarini qurish evaziga emas, balki 
eskilarini 
tiklash 
hisobiga 
rivojlanadi. 
XI-XIIasrlarda 
voha 
sarhadlarida qal’alar jadal qurilganligi, yangi shaharlar bunyod 
qilinganligini arxeologik jihatdan qayd qilingan. Biroq yangi shaharlar 
maydoni katta bo‘lmagan. Oltin O‘rda xonligi davrida yangi qal’alar, 
karvonsaroylar va shahar atrofidagi turar joylar jadallik bilan qurilgan. 
Afrig‘iylar davriga oid obidalarni qazib tekshirish Xorazm 
davlatining VI-VIII asrlar va ilk islom davridagi o‘lkaning iqtisodiy 
bo‘shlig‘ini aniqlashga imkon bergan. Dastavval yirik shahar-qal’alar 
atrofida musulmon davrigacha yuzlab qasr-hovlilarning paydo bo‘lishi 
bu 
yerda 
feodal 
mulkchiligi 
va 
davlatchiligi 
shakllana 
boshlaganligidan dalolat beradi. 
Afrig‘iylar hukmronligining so‘nggi yillarida shaharlarning 
tushkunlikka uchrashi haqidagi arab yozuvchilarning hikoyalari 
mavjud. Al Tabariy 712-yilda Xorazmda uchta katta shahar Kat, 
Xazorasp va Urganch borligini xabar qiladi. 


114 
Buyuk sharqshunos olim V.V.Bartol’d VIII asrdagi Xorazmni 
nazarda tutib shunday deb yozgan: “Arablar bu yerda atrofdagi viloyat 
aholisidan kiyim-kechagi bilan ajralib turuvchi hamda boshqalarga 
tushunarli bo‘lmagan va yozma hujjatlarda ham ishlatiladigan alohida 
tilda gaplashuvchi o‘ziga xos aholiga duch keldilar” Bunday o‘ziga 
xoslik Xorazm davlati tizimida ham o‘z ifodasini topgan. Va rasmiy 
hujjatlar ham badiiy ijod namunalari mahalliy tilda yozilgan. Beruniy 
ham o‘zining ilmiy faoliyatida ona tilidan foydalana olmaganligidan 
afsuslanganligini aytgan. 
Beruniyning yozishicha, Qutaybaning Xorazmga ikki marta 
yurishi va Xorazm arab xalifaligiga qaram bo‘lib qoldi. Arab 
lashkarlari kelishidan oldin Burgutqal’a xarobalari atrofida juda ko‘p 
qal’a va qasrlar huvullab qolgani, shimolda Qirqqizqal’a va janubda 
Teshikqal’a qasrigacha yuz-ikki yuz mert oralig‘da qurilgan 
hashamatli shinakli devorlar bilan mudofalashtirilgan qasrlar va 
mayda dehqonlarning hovlilaridan iborat dehqon oilalai istiqomat 
qilganlar. 
Tadqiqotchilarning fikricha, arab-fors mualliflarining IX-XI 
asrlarda O‘rta Osiyoda shaharlar tevaragida yuzlab qasrlar to‘g‘risida 
yozishlari, mazkur hududda, balki bu yerda boy feodal zodogonlari 
bilan birga “savdo kapitali”ga ega yirik savdogarlar ham yuzaga 
kelganligidan darak beradi. Ammo Xorazmda yirik yer egalari 
istiqomat qilgan katta qal’achalardan tashqari, hali qaram bo‘lmagan 
jamoatchilik tuzumida yashab kelayotgan mulkdorlar borligi haqida 
ma’lumotlar bor. Xorazm vohasida 150-200 metr masofada 
joylashgan 100 dan ortiq qasr(ko‘shk) borligi aniqlangan. Arab 
sayyohlaridan bizgacha yetib kelgan yozuvlarida Xorazmda kichkina 
Mazdahkon shahar atrofida “o‘n ikki ming qasr” mavjudligi aytilgan.
Bunday ma’lumotlar, shubhasiz X-XII asrlarda Xorazmda arab 
istilosidan keyin shahar madaniyati rivojlangan. Savdo-sotiq 
rivojlangan davlatchilikning rivojlanishiga omillar ko‘p bo‘lgan. 
Shuni ta’kidlash kerakki, bu davrda xorazmliklar emigratsiyasi 
ko‘chayib qo‘shni mamlakatlarda Xorazm kolloniyalari paydo bo‘la 
boshlaydi. Masalan, tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Xurosanda 
bironta katta shahar yo‘qqki, unda ko‘plab Xorazm aholisi 
yashamasin. 
Xorazmda Buyuk ipak yo‘li savdosi rivojlangan. Xususan, 
ko‘lrang olmaxon, oq sichqon, dasht tulkisi, suvsar, qunduz echki, oq 


115 
terak pustlog‘i, mis, o‘rmon yong‘og‘i, qo‘y va sigirlar, kunjut, 
gilamlar, ko‘rpalar bo‘lg‘ordan keladi. 
XII asrning oxiri XIII asrning boshida Xorazm ko‘chayib eng 
qudratli davlatga aylandi. Govurqal’a, Devqal’a, Qal’aliqir 2 kabi 
qadimiy shaharlar qaytadan jonlanidi. Qizqal’a va Yigitqal’ada hayot 
XIII asr boshigacha rivojlanib, mo‘g‘ullar istilosidan keyin hayot 
tuxtagan. Temirchilik, kulolchilik, shisha va qurilish kasblari taraqqiy 
etgan. 
Qasrlar atrofida son-sanoqsiz mayda yer egalari va dehqonlarning 
qurg‘onlari joylashgan. Amudaryoning qadimgi o‘zani atrofida gullab 
yashnayotgan dehqon dalalari ko‘p bo‘lib aholining va shahar 
qudratining oshishiga sabab bo‘lgan. 
Xorazmga 1219 -yili kelgan arab sayyohi Yoqut shunday deb 
yozadi: “Men hech vaqt bunday (Xorazmday) ko‘p aholi yashagan 
viloyatni ko‘rmaganman. Uzluksiz zich joylashgan, bir-biriga yaqin 
qishloqlar, dashtlarda juda ko‘p qasrlar va hovlilar, atroflarda o‘zlash-
tirilmagan yerlar deyarli ko‘rinmaydi. Bu yerda daraxtlar juda ko‘p, 
ayniqsa tut daraxtlari va bo‘y teraklar. Ulardan aholi qurilishda va 
ipak qurti boqishda foydalanadi. Qishloqlarni va shaharni 
kezganda,bozorlarni ko‘rganda butun viloyatda aholi joylanishi bir xil 
ko‘rinadi. Xorazmdek farovon aholisi zich viloyat hech qayerda 
bo‘lmasa kerak. Bozori bo‘lmagan qishloq juda kam. Bunday holat 
osoyishtalik va xotirjamlik hukm surganidan darak beradi”. Bunday 
to‘q-farovon turmush, shubhasiz mamlakatda ilm-fanni, madaniyat va 
san’atni rivojlanishida omil bolib xizmat qiladi. 
X-XI asrlarda Xorazmning ko‘p shaharlari Urganch, Kat kabi 
shaharlari O‘rta Osiyodagi tipik shahalar qiyofasiga kirdi. 
Beruniyning ona shahri Kat mamlakatning eng yirik savdo va 
iqtisodiy markazi bo‘lib tanildi. Kat shahri Buxorodan katta bo‘lgan 
o‘sha davrning juda ko‘p olimlar va donishmandlari shu yerda 
yashagan. Kat hatto Iroqning eng yirik madaniy markazlaridan ham 
ustun turgan. 
Amudaryodagi suv toshqinlari shaharning rivojlanishiga, gullab-
yashnashi 
uchun 
tusqinlik 
qilib 
kelgan. 
Aholining 
daryo 
qirg‘oqlaridan nariroqqa chekinishga majbur etgan. X asrning birinchi 
yarmida Amudaryoning to‘lqinlari qadimgi Kat qal’asini va 
shaharning unga yondoshgan qismlarini yuvib ketish havfi to‘g‘iladi 
va shahar darvozasini suv yuvib ketadi. Beruniyning ko‘rsatishicha, 


116 
Amudaryo shahar qal’asini tagidan suv yuvib, uning bo‘laklarini yil 
sayin olib ketavergan.Va oqibat 994-yilga kelib qal’adan asar ham 
qolmagan. Xorazmliklarning Katdagi hayoti uzilmagan ular eski 
shaharni tashlab, sharqiy tomonda yangi uy - joylar qura boshlagan.
Abu Rayhon Beruniy Xorazm Amudaryoning mahsuli degan. 
Barcha tarixiy davrlarda xorazmliklarning hayoti Amudaryoning 
yovuz fe’li bilan kurashda o‘tgan. Xorazmliklarning ham yirik bir 
qismi daryoning “ketidan borib”, yangi o‘zani atrofida o‘rnashganlar. 
Beruniy aytgan bu so‘zlar XX-asrda S.P.Tolstov va Ya.G‘ulomovlar 
boshchiligida olib borilgan arxeologik qazishmalar bilan tasdiqlandi.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish