4.2. Shahrisabz - Qashqadaryo viloyatidagi shahar
Shahrisabz O‘zbekistondagi qadimgi shaharlardan biri. Arxeologik
ma’lumotlarga ko‘ra, shaharga miloddan avvalgi 1 - ming - yillikning
o‘rtalarida asos solingan. Shahrisabz 1926 -yilda tumanining ma’muriy
markazi deb belgilangan. Kitob Shahrisabz vohasida joylashgan.
53
Shahrisabz janubidan Tanxozdaryo, shimolidan Oqsuv daryosi oqib
o‘tadi. O‘rtacha balandligi 658 m. Shahrisabz milodiy boshlarida va ilk
o‘rta asrlarda turli nomlar bilan atalgan. XIII asrdan Shahrisabz nomi
ham urf bo‘lgan.
Mo‘g‘ullar istilosi davrida shahar tarixi yozma manbalarda
deyarli yoritilmagan. 1351 -yilda zarb etilgan kumush tangalarda
“Shahrisabz” nomi uchraydi. Sharafuddin Ali Yazdiy shahar
to‘g‘risida: “Shahrisabz, uni turkiylar Kesh deb ataydilar” deb yozgan.
Shahrisabz yaqinidagi Xoja Ilg‘or qishlog‘i hozirgi Yakkabog‘ tumani
hududida Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan. Shahrisabz o‘sha
davrda “Qubbat-ul-ilm va-l-adab” nomi bilan yuritilgan. Xusrav
Dehlaviy, Bedil, Mirzo G‘olib kabi allomalarning ota-bobolari
Shahrisabzda tug‘ilgan.
Amir Temur va Temuriylar davrida Shahrisabz ulkan saltanatning
yirik shahriga, barlos beklarining yozgi qarorgohiga aylantirilgan.
Oqsaroy va Dor us-siyodat majmuasi qurilgan. Shahar atrofi qal’a
devori bilan o‘rab olingan. Ispaniya elchisi Klavixo o‘z kundaligida
Shahrisabzda ko‘plab mahobatli binolar va masjidlar borligini va
qurilayotganligini ta’kidlaydi. Keyinroq ham ko‘plab me’moriy obidalar
(Dar ut-tilovat majmuasi, Ko‘k gumbaz masjidi va boshqalar) qurildi.
Hofizi Abru shaharda ko‘hna devor (bandi qadim) bo‘lganligi, biroq
u XV asr boshlarida buzilib ketganligini ham yozadi. O‘sha paytda
Shahrisabzning 4 darvozasi: Ark (shimoliy), Kunchiqar (sharqiy),
Kushxona (g‘arbiy), Termiz (janubiy) darvozalari bo‘lgan.
1556 -yilda Shahrisabzni Abdullaxon II egallagan. Keyinchalik
Shahrisabz - Buxoro xonligining Qarshi viloyati tarkibida bo‘lib
kelgan. XVI asr o‘rtalarida ham Shahrisabz mustahkam mudofaa
devorlari bilan o‘ralgan edi.
Mahmud ibn Vali (XVII asr) o‘zining “Bahr al-asror”(“Sirlar
dengizi”- “Geografiya”) asarida Shahrisabzni quyidagicha ta’riflagan:
“Kesh - Movarounnahr shaharlaridan biri, yam-yashil bog‘lari va
ko‘zga quvonch baxsh etuvchi gulzorlari tufayli u hozir Shahrisabz
nomi bilan shuhrat topgan. U jahondagi eng chiroyli shaharlardan
biri hisoblanadi; iqlimi juda yaxshi va diltortar...”
Ashtarxoniylar davrida Shahrisabz siyosiy mavqeini ancha
yo‘qotgan.
Shahrisabzda
hokimiyat
uchun
kurashda
avval
mang‘itlar, so‘ngra qo‘ng‘irotlar urug‘i g‘olib chiqib markaziy
hokimiyat - Buxoro xonligini tan olmaslikka urinishgan. XVIII asr 1 -
54
choragida Dashti Qipchoq qozoqlari Zarafshon va Qashqadaryo
vohalariga talonchilik hujumlari uyushtirganda Shahrisabzda bir necha
muddat shahar hayoti izdan chiqqan. 1750 - 1752 ylardan Shahrisabz
Buxoro amirligi tasarrufiga o‘tdi. XVIII asr o‘rtalarida shahar
qaytadan qad rostlagan.
Shahrisabz hokimi Bobobek, Kitob begi Jo‘rabek, amir
Muzaffarning katta o‘g‘li Abdulmalik (Katta to‘ra) boshchiligida katta
qo‘shin bilan 1868 - yilda ruslar bosib olgan Samarqand shahrini
qaytarib olish uchun otlanishgan, ammo chekinishga majbur
bo‘lganlar.
1870
-
yilda
avgustda
Turkiston
gubernatori
K.P.Kaufmanning
buyrug‘i
bilan
general
Abramov
qo‘mondonligidagi maxsus qo‘shin Shahrisabz va Kitobni bosib
olgan. Biroq rus qo‘shini qo‘mondonligi Shahrisabz va Kitobni
Buxoro
amiri
tayinlagan
beklarga
topshirib,
Samarqandga
qaytishgan. Shahrisabz 1920 - yildagacha Buxoro xonligi tarkibida
bo‘lgan. asosiy qismi savdo-sotiq va hunarmandchilik bilan
shug‘ullangan. XVIII - XIX asrlarda Shahrisabzda 6 darvoza, 7
karvonsaroy va 6 ta madrasa, bir nechta bozor, shahar tashqarisida
Namozgoh masjidi bor edi.
1930
-
1940
-yillarda
Shahrisabz
shahridagi
tarixiy
yodgorliklarning ahvoli achinarli holda bo‘lgan. Shahrisabz
aholisining ko‘pchiligi 1941-1945 -yillarda urushga safarbar etilgan.
Mustaqillik - yillarida Shahrisabz qiyofasi tubdan o‘zgardi.
Shahar markazi qayta qurildi. Shahridagi eng katta maydon - Amir
Temur maydoni. Shahar markazidan eng katta Ipak yo‘li ko‘chasi
o‘tadi. 1996 -yil 18 oktabrda Amir Temurning ulug‘vor haykali
(haykaltaroshlar: Ilhom va Kamol Jabborovlar, me’mor Botir
Usmonov tomonidan ishlangan) o‘rnatilgan . Shahrisabz ahlining
Temuriylar davri ulkan madaniy va ma’naviy merosi, noyob tarixiy
yodgorliklarini asrab-avaylash, yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning
munosib vorislari qilib tarbiyalash va ularni ozod mamlakatimiz
buyuk istiqbolini yaratishga qodir kishilar qilib voyaga etqazish
ishiga qo‘shgan alohida xizmatlari e’tiborga olinib hamda
sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 -yilligi munosabati
Shahrisabz “Amir Temur ordeni” bilan mukofotlandi (1996 - yilda
oktabr). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
2002 - yilda 29 martda Shahrisabzning 2700 yillik yubileyini
nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ushbu yubiley butun
55
mamlakatimizda va Shahrisabzda keng nishonlandi. Bu tantanalarda
YUNESKO vakillari ham qatnashdi. 2002 - yilda dekabr Shahrisabz
Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |