Buxoro davlat universiteti utayeva feruza xolmamatovna


 Termiz shahri manbalarda



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/102
Sana25.05.2023
Hajmi2,15 Mb.
#943371
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   102
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

3.4. Termiz shahri manbalarda 
IX asrining ikkinchi yarmi va X asrning birinchi choragida 
yashagan sayyoh va geograf olim Abu Ishoq Ibrohim ibn Muhammad 
al-Forsiy 
al-Istaxriy 
(850-934) 
“Masolik 
ul-mamolik” 
(“Mamlakatlarga olib boradigan yo‘llar haqida”) asarlarida Termiz 
viloyatining chegaralari, iqlimi, ma’muriy bo‘linishi, aholisi va uning 
mashg'uloti, mashhur kishilari, savdo-sotiq masalalari haqida 
ma’lumot bergan. Ularda aytilishicha, Jayhun bo‘yidagi Termiz 
qal’asi va shahriston shahar chekkasida joylashgan hamda mustahkam 
devor bilan o‘rab olingan rabotdan iborat. Hukumdor saroyi qal’ada, 
qamoqxona (zindon) kuhandizda emas, shahristonda, ya’ni bozorning 
o‘rtasida bo‘lib, shu yerda jome masjidi mavjud, nomozgoh (fuqarolar 
nomoz o‘qiydigan joy) esa rabotda, ya’ni devorning ichkarisida qad 
ko‘tarib turibdi.


41 
Bozor ichkarisidagi imoratlar xom g‘ishtdan qurilgan, keng 
ko‘chalarga va maydonga pishiq g‘isht yotqizilgan. Jayhun bo‘yida, 
daryoning kechuv joyida shahar aholisi istiqomat qiladi, Termizning 
ekinzorlari Sag‘oniyon (Chag‘onrud) daryosi suvi bilan sug‘oriladi, 
aholi uchun ichimlik suvi quvurlar yordamida Jayhun daryosidan 
olingan. 
X asr oxirida yashagan Al-Muqaddasiy (Abu Abdulloh 
Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Bakr al-Muqaddasiy) o‘zining 
“Ahsan at-taqosim fi ma’rifat al-aqolim” (“Iqlimlarni o‘rganish uchun 
yaxshi qo‘llanma”) nomli asarida Termiz Jayhun bo‘yidagi eng katta 
shahar ekanligini, hamma joydan bu yerga ko‘plab ziyoratchilar, 
savdogarlar kelishini qayd qilgan.
Shaharning Kuhandiz qal’asi alohida ta’kidlanadi, Kuhandizda 
bitta, shahristonda esa uchta darvoza borligi e’tirof etiladi. Al-
Muqaddasiy, shuningdek, yuqoridagi fikrlarni tasdiqlab, Sag‘oniyon 
shahri Ramiuga, uning viloyati esa Falastinga o‘xshashligini, uning 
pishiq g‘ishtdan terilgan baland ustunli, ravoqsiz masjidi bozorning 
o‘rtasida joylashganligini, shaharning har bir mahalla va uy-
xonadonlariga sopol suv quvurlari o‘tkazilganligi aytilgan. X asrning 
ko‘zga ko‘ringan yirik olimi Istaxriyning shogirdi sayyoh geograf Ibn 
Xavqal (Abulqosim ibn Xavqal an-Nasibiy) uztozining iltimosiga 
ko‘ra “Kitob ul-masolik”ning xatolarini tuzatib, unga xaritalar ilova 
qiladi. Ibn Havqal o‘zining “Kitob surat al-ard” (“Yerning shakli”) 
nomli asarining Movarounnahr qismiga tarixiy voqealarni kiritib, 
kitobning qimmatini oshirishga erishadi. Sag‘oniyon Amudaryoga 
Termiz shahridan pastroqda qo‘shilishini tasvirlagan Ibn Xavqal o‘z 
asarida Istaxriy qo‘llagan “qal’a” atamasini ishlatmaydi, balki faqat 
kuhandiz-eski qo‘rg'on haqida ma’lumot keltiradi. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish