Buxoro davlat universiteti tuproqshunoslik va geografiya



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/76
Sana30.12.2021
Hajmi0,82 Mb.
#195725
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76
Bog'liq
iqtisodiy geografiya asoslari

Mustaqillik  davrida  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiya  yangi  siyosiy  va 

iqtisodiy  sharoitda  rivojlanib  kelmoqda.  Eng  avvalo  ta'kidlash  lozimki,  mazkur 

fanning  asosiy  g'oya  va  tushunchalari  hududiy  mehnat  taqsimoti,  iqtisodiy 

rayonlashtirish,  hududiy  ishlab  chiqarish  majmualari  va  boshqalar  ilmiy  ahamiyatini 

hozir  ham  saqlab  qolgan,  ularga  faqat  «kommunistik»  dunyoqarash,  o'ta 

markazlashgan  totalitar  tizimni  planlashtirish  prinsiplaridan  holi  holda  yondashuv 

kerak, xolos. 

Iqtisodiy 

geografiya 

fanining 

mustaqillik 

davridagi 

rivojlanishi 

mamlakatimizning  siyosiy  mustaqillikka  erishuvi  va  uning  iqtisodiyotini  bozor 

munosabatlariga  o'tishi  bilan  belgilanadi.  Shuningdek,  bu  fanning  yangi  vazifalari 

ham  vujudga  keldi.  Ular  jumlasiga  O'zbekistonning  yoqilg'i-energetika,  don,  yo'l 

(transport)  mustaqilligiga  erishishi,  qishloq  joylarning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishi, 

ishlab  chiqarish  kuchlarini  joylashtirishni  davlat  tomonidan  tartibga  solib  borish, 

mintaqaviy  iqtisodiyot  va  mintaqaviy  siyosat,  iqtisodiy  geografiyaning  ekologik 



 

25 


muammolari va boshqa dolzarb masalalarni o'rganish kiradi. 

Respublika  olimlari  iqtisodiy  geografiyada  siyosiy,  ijtimoiy,  tarixiy,  ekologik 

yo'nalishlarni  yanada  rivojlantirishga  jiddiy  ahamiyat  bermoqdalar.  Bularning 

natijasida  noan'anaviy  mavzular,  chunonchi,  aholiga  xizmat  ko'rsatish,  fan  va  ilmiy 

tadqiqotlar,  tibbiyot  geografiyasi  bo'yicha nomzodlik  dissertatsiyalari  muvaffaqiyatli 

yoqlandi,  siyosiy,  jinoyatchilik,  rekreatsiya  va  halqaro  turizm  geografiyasi  bo'yicha 

ham ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. 

Ko'rinib turibdiki, O'zbekistonda ham iqtisodiy geografiya «frontal» rivojlanib, 

boshqa,  jahonning  ilg'or  mamlakatlarida  bo'lganidek,  asta-sekin  keng  ma'nodagi 

ijtimoiy  geografiyaga  aylandi.  Shu  bilan  birga  uning  tarkibiy  qismi  hisoblangan 

iqtisodiy  geografiya  mustaqil  mamlakatimizning  bozor  munosabatlariga  o'tishi  bilan 

bog'liq  hududiy  muammolarni  tadqiq  qilishda  o'zining  munosib  hissasini  qo'shib 

bormoqda. 

Iqtisodiy  geografik  tadqiqotlar  O'zbekiston  Milliy  universiteti,  Toshkent 

iqtisodiyot universiteti, O'zFA  Geografiya bo'limi, Samarqand, Namangan, Farg'ona, 

Nukus, Termiz universitetlarida, Toshkent moliya institutida olib borilmoqda. Ushbu 

fanning  rivojlanishida  O'zbekiston  Respublikasi  Geografiya  jamiyatining  xizmati 

ham  beqiyosdir.  Ayni  vaqtda  mamlakatimizning  yetuk  olimlari,  ilmiy  maktab  va 

markazlari  xorijiy  davlatlar  (Xitoy  Xalq  Respublikasi,  Rossiya  Federatsiyasi, 

Ukraina, Qozog'iston, Qirg'iziston respublikalari) bilan ham uzviy aloqada tadqiqotlar 

olib bormoqdalar. 

Shu bilan birga iqtisodiy geografiya fani oldida turgan vazifalar ham talaygina. 

Ular eng avvalo mazkur fanning yangi sharoitda nazariy masalalarini o'rganish, uning 

obro' va nufuzini ko'tarish, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining hududiy 

tomonlarini  chuqur  tadqiq  qilish  va  bu  borada  ilmiy-amaliy  tavsiyalarni  ishlab 

chiqish,  umumta'lim  va  oliy  o'quv  yurtlariga,  kollej  va  akademik  litseylarga 

o'qituvchilarni  hamda  ularga  zamonaviy  o'quv  qo'llanma  va  darsliklarni 

tayyorlashdan iborat. 

Hozirgi o'zgaruvchan hayotda iqtisodiy geografiyaning ahamiyati yanada oshib 

bormoqda.  U  harakatdagi  dunyoni,  halqaro,  milliy  va  mintaqaviy  iqtisodiyotni  turli 

miqyosda  o'rganadi,  yuksak  geografik  madaniyat  va  geografik  fikrlashni 

shakllanishiga katta xizmat qiladi. 




Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish