shaklanishi, uning fan sifatida vujudga kelishini o'z ichiga oladi (taxminan XX
(ammo ularning geografik meroslari yaxshi o'rganilmagan). Shu bilan birga ko'pgina
21
iqtisodiy geografik ma'lumotlar Xitoy va Arab sayyohlarining kitoblarida ham
yoritilgan. Ular yurtimizda savdo, hunarmandchilik va ayniqsa, bozorlar va
shaharlarga katta e'tibor berishgan. Demak, aynan ana shu shahar va bozorlar tafsiloti
orqali o'lkamizning o'sha davrdagi iqtisodiy tarixiy geografiyasini bilib olishimiz
mumkin.
Hududiy mehnat taqsimoti keng ko'lamda XIX asrda, yirik sanoat ishlab
chiqarishi hamda halqaro savdo-sotiq va transport tizimi asosida rivojlanib bordi. Bu
esa iqtisodiy makonning ichki turlanishiga va ayni vaqtda iqtisodiy geografik
bilimlarga bo'lgan ehtiyojlarga olib keldi.
Shu bilan birga buyuk geografik kashfiyotlardan so'ng Yer sharida ochilmagan
joy qolmadi. Endi geotizim o'zining «berk» xususiyatini oldi. Bu esa shakllanib
bo'lgan jahonnnig geoiqtisodiy va geosiyosiy makonini mamlakat va mintaqalar
doirasida chuqur o'rganishni dolzarb qilib qo'ydi, ekstensiv, oddiy-kuzatish va
tanishishdan intensiv ilmiy tadqiqotlarga, hududiy tahlil, tashxis va bashorat qilishga
o'tildi.
1749 yilda nemis olimi N. Anxenval statistika to'g'risidagi kitobini nashr
ettiradi va ushbu fanga asos soladi. Uning statistikasi mamlakat hayotiga oid barcha
miqdoriy ko'rsatkichlarga (davlat chegarasi, maydoni, aholisi, armiyasi, qazilma
boyliklari va h.k.) bag'ishlanganligi sababli u davlatshunoslik (state — shtat, ya'ni
davlat), kameral statistika mazmuniga ega edi. Germaniya statistikasida fakt va
raqamlar juda ko'p bolib, u eng avvalo mamlakat hayotini miqdor jihatidan tasvirlab
berardi, xolos («описательная статистика»). Shu sababdan uning tahliliy, ilmiy
ahamiyatiga ko'ra axboriy tomonlari ko'proq bo'lgan.
Shu davrda ingliz iqtisodchisi U. Pettining ham statistika to'g'risidagi asari
chop etiladi. Uning bu kitobida mamlakat siyosiy-iqtisodiy hayoti va savdo-sotiq
bilan bog'liq ma'lumotlarga, ularning tahliliga hamda ayrim qonuniyatlarga e'tibor
berilgan. Demak, U. Petti statistikasining, aniqrog'i matematik statistikasining fanga
yaqinligi ancha yuqori (uni ba'zilar «siyosiy arifmetika» deb yuritishgan).
Bizning taxminlarimizga ko'ra, nemis statistikasi keyinchalik iqtisodiy
geografiyaga, ingliz statistikasi esa avvalgi siyosiy iqtisod — hozirgi iqtisodiy
nazariya fanlariga asos bo'lib xizmat qilgan. Aynan nemis statistikasi ta'sirida
Rossiyada ham statistika va iqtisodiy geografiya fanlari shakllangan.
Geografiya va shu jumladan iqtisodiy geografiyaning vujudga kelishida
geografik
determinizm
yo'nalishi
hamda
nemis
olimi
Do'stlaringiz bilan baham: