Buxoro davlat universiteti tarix va yuridik fakulteti


Yevropa va Rus olimlarining Amir Temur shaxsini o‘rganishi



Download 63,68 Kb.
bet6/6
Sana25.05.2023
Hajmi63,68 Kb.
#943404
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abbosjon (3) (1)

Yevropa va Rus olimlarining Amir Temur shaxsini o‘rganishi
Evropalik olimlar Amir Temur va uning faoliyati haqida bundan to‘rt yuz yil ilgari gapira boshlagan edi. 1553 yilda Florentsiya (Italiya)da italyan olimi Perondino qalamiga mansub “Skiflik buyuk Tamerlan” kitobi bosilib chiqdi. Bu Evropada Amir Temur haqidagi ilk ilmiy tadqiqot hisoblanadi.
XVI asrda yashagan mashhur ingliz shoiri va dramaturgi Kristofer Marloning “Buyuk Temur” nomli tragediyasida yosh Temurbek o‘zining tengsiz aqli, salohiyati va shijoati bilan jahon tarixidagi qudratli podsholardan biriga aylangani namoyish etilgan. Tragediya xup asrgacha sahnadan tushmay, Angliyada teatr mavsumini boshlab bergan.
XVI asrda yashagan mashhur ingliz shoiri va dramaturgi Kristofer Marloning “Buyuk Temur” nomli tragediyasida yosh Temurbek o‘zining tengsiz aqli, salohiyati va shijoati bilan jahon tarixidagi qudratli podsholardan biriga aylangani namoyish etilgan. Tragediya xup asrgacha sahnadan tushmay, Angliyada teatr mavsumini boshlab bergan.
Bir necha evropalik bastakorlar operalarda Amir Temur obrazini yaratganlar. Xup asr boshida italyan bastakori Gaspirni “Tamerlan” operasini yaratdi. Mazkur opera Vena teatrida sahna yuzini ko‘rdi. Bastakor Leo uni Neapol teatrida sahnalashtirdi. Antonio Vivaldi, Skolari, Gendel va boshqa bastakorlar ham bu mavzuda musiqa asarlari yaratganlar.
Bir necha evropalik bastakorlar operalarda Amir Temur obrazini yaratganlar. Xup asr boshida italyan bastakori Gaspirni “Tamerlan” operasini yaratdi. Mazkur opera Vena teatrida sahna yuzini ko‘rdi. Bastakor Leo uni Neapol teatrida sahnalashtirdi. Antonio Vivaldi, Skolari, Gendel va boshqa bastakorlar ham bu mavzuda musiqa asarlari yaratganlar.
Yevropa temurshunoslari yaratgan asrlar qatorida professor Lyusen Keren kitob va makolalari aloxida urin tutadi. L. Keren Amir Temur va uning Evropa bilan aloqalariga bag‘ishlangan bir kator asar va makolalar muallifidir. Uning eng asosiy kitoblaridan biri “Amir Temur saltanati”ilk bor 1978-yilda bosilib chiqqan. Shundan so‘ng u Frantsiya va Shvetsaryada bir necha bor nashr etildi. Bu kitobda Amir Temurning tarjimai xoli va saltanati tarixi solnomalari tulik qamrab olingan. Bundan tashqari muallif Amir Temur davlatining taqdiri hususan temuriylar sulolasi yani Shoxrux Mirzo, Mirzo Ulugbek, Zaxirnddin Muhammad Bobur xayoti va faoliyati xakida boy tarixiy ma’lumotlar hamda boy tarixiy malumotlar hamda temuriylar shajarasi bergan. L. Kerenning yirik asarlaridan yana biri “Samarqandga, Temur davriga sayoxat” va “Amir temur saltanati” kitoblari mukammalligi bilan aloxida ajralib turadi.
Birinchi kitob ilk bor 1978-yilda Shvetsariyada chop etilgan bulib, yigirmadan ortik xarita va suratlar bilan bezatilgan. L.Kerenning buyuk bir oilaga bag‘ishlangan va Amir Temurn yorkin xarakteri xolisona, ayni chog‘da xassoslik bilan ochib bergan “Amir Temur saltanati” kitobi 1999 yilda Toshkentda o‘zbek tilida chop etildi
Kitobda qayd etilganidek, 1370 yildan 1405 yilgacha bulgan davrda Soxibqiron Eron, Irok va Turkistonni zabt etgan, Suriya, Xindiston va Rossiyani bo‘ysundirgan, Turkiyani mag‘lubiyatga uchratgan, Damashk, Bag‘dod va Dexlida zafar quchgan, zamonasining eng moxir jangchilari bulmish Mug‘ullar, mamluklar va yanicharlarni maxv qilgan. “...Amir Temur uttiz besh yilga yaqin vaqt ichida Osiyoni tiz cho‘ktirgan va tarixan qisqa muddat umr ko‘rgan buyuk saltanat barpo etgan, uning poytaxti Samarkandni tengsiz memoriy obidalar bilan bezatgan”, - deb yozadi L.Keren.
Yana bir mashhur ingliz tarixchisi, qudratli Rim saltanatining tanazzulga uchrab, barbod bo‘lishiga bag‘ishlangan salmoqli asar muallifi Edvard Gibbon (1737-1794) Garbiy Evropa va Sharqning o‘rta asr tarixini tasvirlaganida Amir Temur shaxsiga ham e’tibor berdi. “...Amir Temur dunyoni zabt etib, unga hukmron bulish maqsadini ko‘zlagan edi... Avlodlar xotirasida hurmat qozonish uning olijanob qalbining ikkinchi istagi edi... Uning vasiyatlari (chamasi, “Temur tuzuklari” nazarda tutilayotgan bulsa kerak) Evropaga notanishligicha qoldi”. Gibbon “Temurning oddiy Bekdan Osiyo hukmdorigacha ko‘tarilishi”ga lol qolgan edi.
Geydelberg tarixchilar maktabining yorqin namoyandasi bo‘lmish Fridrix Shlosserning (1776-1861) salmoqli “yalpi tarix”ida ham Amir Temur nomi uchraydi. Shlosserning xalqchillik va ma’naviy ma’rifatparvarlik ruhidagi asari dunyodagi ko‘pgina ilg‘or ijtimoiy arboblarning e’tiborini o‘ziga tortdi.
XIX asrning birinchi yarmida Peterburgda xizmat qilgan frantsuz Sharqshunosi M.Sharmua Amir Temurning 1391 yildagi To‘xtamishga qarshi yurishini batafsil yorituvchi katta asar tayyorlab, nashr qildi. Sharmua o‘sha paytda Frantsiyada hali ma’lum bulmagan Nizomiddin Shomiyning Kitobidan tashqari, shu masalaga oid bir qancha manbalarga tayandi. Sharmua bu asarlarni frantsuz tiliga tarjima qildi. Sharmuaning kitobi 1391 yilgi yurish tarixini o‘rganish uchun hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Ko‘pgina rus tarixchi olimlari, shu jumladan Moskva universitetining umumiy tarix kafedrasi professori T.M.Granovskiy (1813-1855) ham Amir Temur shaxsiga qiizikdilar. Granovskiy “jahon tarixining buyuk arboblari”dan biri bo‘lgan Amir Temur “horib-charchash nimaligini bilmaydigan faoliyat sohibi” ekanini tugri ta'kidlab o‘tdi, biroq ayni vaqtda Amir Temurning “muayyan va aniq idrok etilgan siyosiy maqsadi bo‘lmagan edi”, degan notugri fikrga bordi, bu fikr Sohibqiron tarjimai holining haqiqiy voqealariga mos kelmas edi .
Taniqli rus tarixchisi S.M.Solovev (1820-1879) ham Amir Temur shaxsiga e’tibor bilan qaradi. Uning ta’kidlashicha, Amir Temurning harbiy qo‘shinlari o‘jar va betayin To‘tamishga qarshi kurashda “Rusiya hududlariga kirib, Elesni ishg‘ol qildi”. Solovev XIV asr o‘rtalarida tarix sahnasida paydo bo‘lgan Amir Temur “1371 yilda Kaspiy dengizidan manjuriyagacha bo‘lgan yerlarni qo‘lga olganligi”dan iborat unutilmas voqeani ta’kidlab o‘tadi. Uning tan olishicha, Amir Temur tomonidan tormor etilgan Oltin O‘rda uzoq vaqtgacha Moskva knyazligiga xavf sola olmadi...
M. I. Ivaninning o‘z zamonasi uchun juda mufassal, lekin endilikda eskirib qolgan asarini ham tilga olish joiz. U Amir Temur sarkardalik san’ati asoslarini manbalar va qo‘llanmalar asosida mufassal bayon etishni maqsad qilib olgan edi .
Akademik V.V.Bartold ilmiy merosida Amir Temur va o‘sha zamon haqidagi ma’lumotlar juda ko‘p. Bu ma’lumotlar uyg‘unlikda kattagina bilim xazinasini tashkil etadi. Amir Temur haqidagi adabiyotda uning shaxsiga xos qiziquvchanlik, olimlarga, adabiyot va san'at arboblariga homiylik, shatranj uyiniga Qiziqish, tashqi va ichki siyosat masalalaridan xabardorlik kabi fazilatlar tez-tez ta’kidlab o‘tiladi. Sohibqironning bu muhim jihatlari V.V. Bartold tomonidan lo‘nda, aniq va ifodali tarzda aks ettirilgan. “Temur, - deb yozgan edi V.V. Bartold, - o‘z ona (turkiy) tilidan tashqari fors tilida ham so‘zlashar, olimlar bilan suhbatlashishni, ayniqsa tarixiy asarlarni o‘qitib tinglashni yaxshi ko‘rar edi; o‘zining tarix sohasidagi bilimlari bilan musulmon tarixchilarining eng buyugi bo‘lmish Ibn Xaldunni hayratga soldi; Amir Temur o‘z jangchilarining ruhini kutarish uchun tarixdagi shavqatli va afsonaviy qahramonlar haqidagi rivoyatlardan foydalanardi... Temur harbiy kuchlar tashkil etilishining barcha ikir-chikirlarini shaxsan surishtirib turar, dushmanlarning kuchi va ular o‘lkasining ahvoli haqida batafsil ma’lumot olar edi. Amir Temurning shaxsan ishtirokida bunyod etilgan imoratlar noyob badiiy did bilan bino qilingani sezilib turibdi....”


Xulosa
Buyuk bobomiz Amir Temur tarixini o‘rganish yosh avlodni jasur mard va eng muhimi Vatanga muhabbat ruhining yanada kuchayishiga yordam beradi. Amir Temur hozirgi kunda biz yoshlar uchun mardlik jasurlik odillik timsoli hissoblanadi. Yurtimizda Amir Temur ordeninig tasis etilishi ham bejiz emas. Sohibqiron har jihatdan biz yoshlar uchun o‘rnak vazifasini bajaradi. Bu ulug‘zot hukumronliogi davrida yurtda tinchlik hokum surgan shu tufayli mamlakatda ilim fan sa’nat savdo va madaniyat ham yuksak darajada rivojlangan. Temuriylar davrida tarixnavislik ham yuksak darajada rivoj topgan. Tarixchi olimlar Ibm Arabshoh, Nizomiddin Shomiy, Sharaf Ali Yazdiy singari buyuk tarixchilar aynan shu davrda yashab Amir Temur va temuriylar haqida ko‘plab malumotlarni yozib qoldirganlar. Amir Temur davriga oid manbalar bilan tanishish chog‘ida XIV-XV asrlardagi yurtimiz haqida yanada ko‘plab malumotlarga ega bo‘ldim. Amir Temur davri manbalari biz uchun nafaq tarixiy jihatdan balki geografiya, etnografiya jihatdan ham mihum manbalar hissolanadi. Sohibqiron tavri manbalari bilan tanishish chog‘ida shunga amin bo‘ldimki bu manbalar bir birlarini takrorlamaydi. Men bu davr manbalarini Temur saroy tarixchilari manbalari, Temur bosib olgan hududlar tarixchilar manbalari va Temur saroyiga tashrif buyurgan tarixchilar manbalariga ajratib o‘rgandim. Bu manbalarda saroy tarixchilarining manbalari Amir Temurni ko‘klarga ko‘tarib uni maqtab yozganlar bu tabiy hol chunki bu tarixchilar Sohibqiron bilan birga yurib uning yonida uning kamchiliklarini ochiq oydin ayta olmas edilar. Bunday tarixchilardan biri Nizomiddin Shomiy hissoblanadi. Uning asari biz uchun juda qimmatli lekin o‘ziga yarasha kamchiliklar ham mavjud. Lekin Nizomiddin Shomiy singari Amir Temur tarixiga bag‘ishlab Zafarnoma yozgan tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy o‘z asarida bu kamchiliklarni tuzatib Amir Temur tarixiga bog‘liq qimmatli malumotlar bilan to‘ldiradi. Malumki Amir Temur juda katta hududlarni bosib olgan va bu hududlardagi olimlarni Smarqandga olib kelgan. Ularning hammasi ham Amir Temurni birdek hurmat qilib yaxshi ko‘rgan desak adashamiz. Ular o‘z asarlarida Amir Temurni bosqinchi sifatida ko‘rib uning asosan salbiy tomonlarini yozib qoldirganlar. Ulardan biri Ibn Arabshoh u o‘zining “Ajoib al-maqdur fi tarixi Taymur” asarida tomurning salbiy jihatlariga ko‘proq to‘xtalgan. Men Temur davriga oid manbalar bilan tanishish chog‘ida shuni bildimki asarning haqiqiy nomi “Ajoib al-maqdur fi navoib Taymur” yani “Temur keltirgan musibatlarda taqdir ajoyibotlari” ekanligini. Bu asarda Amir Temur shaxsiytatiga salbiy munosabat berilgan bo‘sada o‘ziga hos jihatlari ham bor yani bu asarda Amir Temur haqida boshqa asarlarda uchramaydigan malumotlarni uchratish mumkin. Amir Temur tarixiga doir manbalarning yana bir turi bu saayyoh va elchilarning esdaliklari. Bu asarlarda juda ko‘plab hatolar bo‘lishiga qaramasdan ular birlamchi manba sifatida juda muhum hissoblanadi. Undagi asaosiy kamchiliklar shundan iboratki joy nomlari hato berilgan buning sababi ular bu so‘zlarni talafuz qilaolmaganligidadir. Amir Temur davriga oid sirlar hali juda ko‘p hissoblanadi shuning dek Sohibqiron tarixiga oid tarzima qilinmagan boshqa tillardagi asarlar ham bir talay. Ularni tarjima qilib ochilmagan sirlarni ochish yosh avlodjing burchi hissoblanadi

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Karimov I.A. “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.”-T.: O`zbekiston. 1997.- b.140.
2. Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q.” –T.: Sharq. 1998.-b.32
4. Mirziyoyev Sh.M. “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz biulan birga quramiz bilan birga quramiz”-T.: O‘zbekiston. 2017. - b.488
5. Mirziyoyev Sh.M. “Tanqidiy tahliliy, qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik- xar bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.”- T.: O‘zbekiston. 2017. - b.107
6. Aмир Темур вa Улуғбек зaмoндoшлaри xoтирaсидa / Б. Aҳмедoв, У.Увaтoв, Ғ. Кaримoв, A. Зиѐйев, Д. Юсупoвa, O. Жaлилoв, A. Ҳaбибуллaйев, М.Ҳaсaнoв. – Т.: Ўқитувчи, 1996.
7 . Aмир Темур жaҳoн тaриxидa. / Муҳaррирлaр: Ҳ. Нурмуҳaмедoв вa бoшқ. − Пaриж−Т.: Шaрқ, 1996.
8. Aҳмедoв Б.A. Ўзбекистoн xaлқлaри тaриxи мaнбaлaри (Қaдимги зaмoн вa ўртa aсрлaр). – Т.: Ўқитувчи, 1991
9. Aҳмедoв Б.A. Тaриxдaн сaбoқлaр. − Т.: Ўқитувчи, 1993.-b.432.
10.Aminov. B. Qadamingizga hasanot Sohibqiron//Toshkent oqshomi-1996.
11. Amir Temur vasiyati. T.:O’zbekiston-1991. Bo’riboy Ahmedov tahriri ostida.
12. Amir Temur vasiyatlari, nasihatlari, tanbehlari. T.:O’zbekiston-2000. Mas’ul muharrir-K. Normurodov.
13. Amir Temur jahon tarixida. T.:Sharq-2001. Ish rahbari-S.Saidqosimov.
14. Amir Temur o’gitlari. T.:Navro’z-1992.
15. Bo’riyev Omonullo. Sohibqiron Amir Temur. T.:O’zbekiston-2011. 112 b.
16. Fayziyev Turg’un. Temuriylar shajarasi. T.:Yozuvchi-Xazina-1995. 352 b.
Fayziyev. T. Muhammad Tarag’ay avlodlari//Fan va turmush-1996.
17. Fayziyev. T. Ulkan sulola//Mehrgiyoh-1996.
18. Hamidova. M. Amir Temur vafotidan so’ng//Milliy tiklanish-1997.
19. Ibn Arabshoh. Ajoib al-maqdur fi tarixi Taymur. T.:Mehnat-1992. Mas’ul muharrir-A. O’rinboyev. 192 b.
20. Ismoil Aka. Buyuk Temur davlati. T.:Cho’lpon-1996. 160 b.
21. Ibrohimov A. Davlatning salobati. T.:O’zbekiston-2005.
22. Jamilov. S. Sohibqiron o’tgan yo’llar//O’zbek adabiyoti va san’ati-2006. 7-aprel.
23. Keren L. Amir Temur saltanati. T.:Ma’naviyat-1999. 224 b
24. Keren L., Saidov A. Amir Temur va Fransiya. T.:Adolat-1996. 15 b.
25. Matqurbonova Orzigul. Kuch adolatdadir. T.:Ma’rifat-2009.
26. Muiniddin Natanziy. Muntaxab ut-tavorixi Muiniy. T.:O’zbekiston-2011. mas’ul muharrir- A.O’rinboyev. 264 b.
27. Muhammadjonov A. Temur va temuriylar saltanati. T.:Qomuslar bosh tahririyati-1994. 158 b.
28. Mustafoyev M. Jahongirning so’nggi kunlari//Buxoro haqiqati-1995. 24-may.
29. Olimov A. Amir Temurning sirli uzugi//Jahon adabiyoti-2006. N-2.
30. Oltinov M. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov Amir Temur davlatchiligi to’g’risida//Xalq ta’limi-2006. N-3.
31. Ostonova G. Bebaho xazinalar//Sog’lom avlod uchun-2005. N-1.
32. Sodiq Hamdam. Sohibqironning so’nggi safari//O’zbekiston ovozi-1995. 23-fevral.
33. Temur va Ulug’bek davri. T.:Qomuslar bosh tahririyati-1996. 264 b.
34.Vamberi Herman. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi. T.:G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti-1990. 96 b.
35. Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. T.:Sharq nashriyot-matbaa konsernining Bosh tahririyati-1997. 384 b.

1 “Amir Temur jahon tarixida” “SHARQ” nashriyoti Toshkent-1996; L.Keren va A.Saidov “Amir Temur va Fransiya” “Adolat” nashriyoti Toshkent-1996; Xamdam Sodiqov “Amir Temur saltanatida xafsizlik hizmati” “ART FELX” nashriyoti Toshkent-2010; Bo‘riboy Ahmedov “Amir Temur darslari “SHARQ” nashriyoti Toshkent-2001; Ashraf Ahmad “Zafarli yo‘l” “Nur” nashriyoti Toshkent-1992; Bo‘riboy Ahmedov “Amir Temur va Ulug‘bek zamondoshlari hotirasida” “O‘qituvchi” Toshkent-1996; “Amir Temur va Temuriylar davri madaniyat va sa’nat” maqolalar “G‘ofur G‘ulom nomidagi Adabiyot va sa’nat nashiryoti” Toshkent-1996; Muhammad Ali “Amir Temur solnomasi “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti” Toshkent-2008; “Amir Temur faxrimiz g‘ururimiz” “O‘zbekiston” nashriyoti Toshkent-1998:



2 “Ajoib al-maqdur”ning Sanders tomonidan bajarilgan ingilizcha tarjimasiga I.Y.Krachoviski yozgan taqriz bundan mustasno.

3 Ibn Arabshoh. “Amir Temur tarixi”. Toshkent.: “Fan”, 2019-B.16.

4 Ibn Arabshoh. “Amir Temur tarixi”. Toshkent.: “Fan”, 2019-B.27.

5 Ибн Арабшох. “Ажоиб Ал-макдур фи тарихи таймур”. Тошкент.: “Мехнат”, 1992-Б.17

6 Ибн Арабшох. “Ажоиб Ал-макдур фи тарихи таймур”. Тошкент.: “Мехнат”, 1992-Б.67.

7 Ибн Арабшох. “Ажоиб Ал-макдур фи тарихи таймур”. Тошкент.: “Мехнат”, 1992-Б.18.

8 Ibn Arabshoh. “Amir Temur tarixi”. Toshkent.: “Fan”, 2019-B.28.

9 Ibn Arabshoh. “Amir Temur tarixi”. Toshkent.: “Fan”, 2019-B 114-115

10 Ibn Arabshoh. “Amir Temur tarixi”. Toshkent.: “Fan”, 2019-B.242.

11 Xafoja-Iroq yerlarida yashab, Makkaga, hajga o‘tuvchilarning yo‘lini to‘sib, talash bilan mashhur bo‘lgan bir qabila.

12 Ибн Арабшох. “Ажоиб Ал-макдур фи тарихи таймур”. Тошкент.: “Мехнат”, 1992-Б.98.

13 Ibn Arabshoh. “Amir Temur tarixi”. Toshkent.: “Fan”, 2019-B.130.

14 Ибн Арабшох. “Ажоиб Ал-макдур фи тарихи таймур”. Тошкент.: “Мехнат”, 1992-Б. 119.

15 Ibn Arabshoh. “Amir Temur tarixi”. Toshkent.: “Fan”, 2019-B.47.

16 Низомиддин Шомий “Зафарнома”.Т.: “Узбекистон”, 1996-Б.3.

17 “Амир Темур жахон тарихида”. Т.: “Шарқ”, 1996.Б. 120.

18 Низомиддин Шомий “Зафарнома”. Тошкрнт.: “Ўзбекистон” 1996-Б.7.

19 Низомиддин Шомий “Зафарнома”. Тошкрнт.: “Ўзбекистон” 1996-Б.7.

20 Низомиддин Шомий “Зафарнома”. Тошкрнт.: “Ўзбекистон” 1996-Б.8.

21 “Амир Темур жахон тарихида”. Т.: “Шарқ”, 1996.Б. 120.

22 Алишер Навоий. “Мажолис ун-нафоис”. Тошкент.: “Гофур Гулом” 1961-Б.34-35

23 Шарафуддин Али Яздийнинг “Зафарнома”. Тошкент.: 1972-Б. 124.

24 Аблуразоқ Самарқанлий. “Матлан саъдайн ва мажмаи баҳрайн”. Тошкент.: “фан”. 1969-Б. 337.

25 Шарафуддин Али Яздийнинг “Зафарнома” Наширга таёрлаш, сўзбоши, изоҳ ва кўрсаткичлар А.Ўринбоев. Тошкент.: “Фан” 1972-Б. 9-12.

26 Руи Гонсалес де Клавихо. “Самарқандга – Амир Темур саройига саёҳат кундалиги”.Тошкент.: “Ўзбркистон” 2010-Б.6.

27Руи Гонсалес де Клавихо. “Самарқандга – Амир Темур саройига саёҳат кундалиги”.Тошкент.: “Ўзбркистон”. 2010-Б.7.

28 Руи Гонсалес де Клавихо. “Самарқандга – Амир Темур саройига саёҳат кундалиги”.Тошкент.: “Ўзбркистон”. 2010-Б.10.

29 “Амир темур европа елчилари нигоҳида” Т.: “Ғафур Ғулом”. 2007-Б.15.

30 Руи Гонсалес де Клавихо. “Самарқандга – Амир Темур саройига саёҳат кундалиги”.Тошкент.: “Ўзбркистон”. 2010-Б.12.

31 Руи Гонсалес де Клавихо. “Самарқандга – Амир Темур саройига саёҳат кундалиги”.Тошкент.: “Ўзбркистон”. 2010-Б.52-53.




Download 63,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish