Referat
Buxoro Davlat Universiteti
Tarix va madaniy meros fakulteti
5-4Tar-20 guruhi talabasi
Ro’ziyev Rahmatilloning
Jahon tarixi fanidan
“Qadimgi misr madaniyati”
mavzusida yozgan referati.
Qadimgi Misr madaniyati
Reja:
1. Qadimgi Misr madaniyatiga kirish.
2. Qadimgi Misr madaniyatida diniy tasavvurlar
3. Aniq va tabiiy fanlarning vujudga kelishi va rivoji. Yozuv.
4. Qadimgi Misrda adabiyot, san’at va gumanitar fanlar. Qadimgi Misr
madaniyatining ahamiyati, hozirgi kelajak-avlodga ta’siri.
Nil daiyosining quyi qismida joylashgan Qadimgi Misr kishilik
madaniyatining eng ko'hna, eng qadimgi markazlaridan biri hi
soblanadi. Misr madaniyati m. 4000-5000 yil muqaddam vujudga
kelgan va bir necha tarixiy davrlarni boshidan kechirib, taraqqiy
etib borgan. Madaniyat ko'pqirrali tushuncha b o 'lib, u bir-biri bi
lan bog'langan ikki tarkibiy qismdan iboratdir. Ularning biri mod
diy madaniyat b o ‘lsa, ikkinchisi m a’naviy madaniy atdir. Moddiy
madaniyat deganda ajdodlarimizning aqli-zakovati, q o'l mehnati
bilan yaratilgan turar jo y lari, m e’moriy binolari, ust-bosh, kiyim-
kechaklari, iste’mol qiladigan taomlari, uy-ro‘zg ‘or anjomlari, xul-
las odamlarning kundalik ehtiyoji uchun lcerak bo'ladigan buyum lar
majmuasi tushuniladi.
Kishilikning m a’naviy madaniyati esa moddiy madaniyat bilan
uzviy, chambarchas bog'liq bo'lib. u ham k o 'p qirralidir. M a’naviy
madaniyat tarkibiga axloq. odob, yurish-turish, kishilar bilan muo-
mala, til, tafakkur. xalq og'zaki ijodiyotining hamma turlari, yozuv,
yozma adabiyot, raqs, qo'shiq, musiqa, rassomchilik, haykaltarosh-
lik, yer bilimi, amaliy saivat buyumlari, ilm-fan, huquq, din, diniy
tushunchalar va boshqa nai'salar kiradi.
Qadimgi misrliklar madaniyatning har ikki tarm og'i bo'yicha
ham kattadan-katta yutuqlarga erishganlar. Qadimgi Misr madani
yatining ildizlari 4-5 mingyillik emas, balki, bir necha o 'n ming
yilliklarga borib taqaladi.
Misrning qulay geografik muhiti hudud aholisining moddiy va
ma'naviy madaniyati hamda texnikaning ju d a barvaqt taraqqiy
etishiga asos b o iib xizmat qilgan. Misrning jaziram a issiq ob-havo-
si, Nil vohasida su n iy sug'orish inshootlariga b o ig a n benihoya zo 'r
ehtiyoj ju d a qadim zamonlardayoq kanallar, to'g'onlar. dambalar va
dastlabki vaqtlarda oddiy pitang bilan ko'tariladigan bosmalar, ke
yinchalik esa eharxpalaklar, shoduf, nova va boshqa sug'orish texni-
kasining murakkab tizimini kashf etishga majbur qilgan.
Qadimgi Misr madaniyatida qator o‘ziga xos xususiyatlar borki,
bu madaniyatni chuqur takrorlanmas tizimini hosil qiladi.
Uning o‘ziga xosligi va betakrorlanmasligi sinfiy jamiyat va davlatni
kelib chiqishi hamda Nil vodiysining yopiq geografik joylashuvi
natijasida boshqa xalqlaming madaniy yutuqlarini o'zlashtirishning
qiyinligi bo‘ldi. Nil vodiysining tabiiy sharoiti butun Misr
madani yatida
chuqur
iz
qoldirdi.
Xo'jalik
hayotida
Nil
daryosining yetak- chi o‘mi, dengizdan uzoqlik, Nilni o‘rab
tuigan jonsiz sahro, o'zining qumli bo‘ronlari, jazirama issig'i,
yirtqich hayvonlari bilan qadimgi Misr dunyo qarashini va diniy
e’tiqodini, qadriyatlarining butun tizimining xususiyatini belgiladi.
Fir'avnning kuchli hokimiyati orqali tashkil qilingan umum jamoa mehnati bilan
misrliklar qulay hayot uchun shart-sharoit yaratdilar. Shu bois tabiatning dahshatli
kuchlari oldidagi qo’rqinch, fir'avnning qudratli hokimiyati, dahshatli xudolar,
ularning ulug`vorligi va qudrati qadimgi misrliklarning dunyo-qarashiga singib
ketgan edi. Oddiy odamlar qudratli xudolar va yanada qudratli fir'avnlar,ularni
amaldorlari oldida o’zini juda zaifligi va kuchsizligini his qilgan.
Misr madaniyatiga chuqur konservatizm va an'anaviylik xos. Misrliklar o’zlarining
madaniy qadriyatlar tizimiga biror bir yangilik kiritishdan qochdilar. Aksincha
ularda o’zlariga ma'lum g`oya, qonun, badiiy uslublarni asrash va taqlid qilish
uzoq asrlar asosiy tamoyil bo’lib qoldi. Albatta bu hol yangi unsur, g`oya va
uslublarni inkor qilmadi, ammo ular asta-sekin paydo bo’ldi. Shu sababli Misr
ustalari doimo rioya qilgan an'anaviylik va konservatizm Misr san'ati uchun xos
bo’lgan konseptuallik va yuqori malakalilik, mohirlik, uyg`unlikni o’zida aks
ettirib nihoyasiga yetkazib ishlangan. Bu sof Misr qonun va obrazlarini
yaratilishiga olib keldi.
Misrda din ilk urug`chilik jamoalarida vujudga kelib, juda uzoq taraqqiyot yo`lini
bosib o’tgan.
Diniy an'analar mustahkam va turg`un bo’lgan fetishizm, totemizm, ayniqsa
hayvonlarga topinish Misrda uzoq davom etgan.
Hayvonlar ilohiy hisoblanib, ular ibodatxonalarda saqlanganlar. Ibodatxonada ular
yaxshi parvarish qilingan. Masalan, ilohiy hayvonlardan biri buqa, xuddi shunday
parvarish qilingan, u kuch-qudrat ramzi hisoblangan. Misrliklar bu buqaga sigir
tanlashda ham ahamiyat berishgan. Agar buqa o’lib qolgudek bo’lsa uni
mumiyolab, marosimlar o’tkazib alohida bir qabrga ko`mishgan. Va uning o’rniga
yangi tug`ilgan xukizcha izlashgan. Bu juda mushkul ish hisoblangan, chunki
ho`kiz qora rangli bo’lib, peshonasida uchburchak shaklidagi oq belgisi bo’lishi
kerak bo’lgan. Bunday hayvonni topish juda mushkul hisoblangan. Misrliklar
daraxtlarga , o’simliklarga va gullarga ham e'tiqod qilishgan.
Misrliklar quyosh, oy, Nil daryosi, halokatli sahro, odamga xavf soluvchi
yirtqich hayvonlar, tabiatning turli kuchlariga sig’inar edilar. Dеhqonchilikdagi
sug’orish tizimi tashkilotchisi, odamlar va tabiiy kuchlar hukmdori hisoblangan,
podsholik qilayotgan fir'avn ham izzat-ikrom ob'еktiga aylanadi. Misr dini uzoq
yo‘lni bosib o‘tib, Yangi podsholik davriga kеlib tugallangan diniy tizimga
aylanadi. Eng ko‘p hurmat qilingan oliy xudolar: sig’inish markazi Gеliopolda
joylashgan kunduzgi osmonda samoviy otda aylanib yuruvchi quyosh xudosi Ra,
sig’inish markazi Mеmfis bo‘lgan bir so‘zi bilan xudolar va butun dunyoni
yaratgan xudo-xoliq Ptax hisoblangan.
Fivaliklar Ra xudosining bir qator vazifalarini qo‘shgan holda Amon xudosini
ilgari suradilar va u Misrning eng asosiy xudolaridan biriga aylanadi. Amon-Ra
dunyoninng yaratuvchisi, podsho hokimiyati, Misr qudrati homiysi hisoblanar edi.
Quyoshga sig`inish Misr dinida eng yuqori o’rinda turgan.Misrning o’zi «Quyosh
mamlakati», uning fir'avnlari esa «Quyoshning o’gli» deb atalgan. Qadimgi
podsholikda Ra-quyosh xudosi hisoblangan, keyinchalik u Amon-Ra bo’lgan.
Yangi podsholik davrida esa,fir'avn Amenxotep IV (Exnaton) diniy isloxot
o’tkazib, yakkaxudolikni joriy etadi. Ya'ni u hammani Atonga («Quyosh shu'lasi»)
sig`inishga da’vat etadi. Quyoshning belgisi (ramzi) turlicha bo’lib, u qanotli sher
qiyofasida, sher ko’pgina qullar bilan, ya'ni bu qullar nur qiyofasida, lochin
qiyofasida tasvirlangan. Unga atab ko’p madhiyalar aytilgan.
Qadimgi Misr xudolari ichida Osiris ham mashhur bo‘lib, u o‘luvchiva tiriluvchi
tabiatning timsoli, narigi dunyo egasi, shohhokimiyati homiysi hisoblanardi.Uning
singlisi va ayoli Isida xudo-ona, er-xotinlik va onalik homiysi sifatida tushunilardi.
Osiris va Isidaning o‘g’li Xor osmon va nurning timsoli edi va fir'avnning
himoyachisi, uning yerdagi tajassumi hisoblanardi.Gor (Xor)-zulmatni yenguvchi
xudo hisoblanib, u lochin qiyofasida tasvirlangan.Gor Osirisning o’gli. «Osiris va
Gor» to`g’risidagi afsona, ayniqsa Misr dinini o’rganishda katta ahamiyatga ega.
Afsonada aytilishicha, Osiris-hosildorlik xudosi, qachonlardir Misrning podshosi
bo’lgan. U odamlarga yerga ishlov berishni, boglar yaratishni urgatadi. O’zining
akasi Set tomonidan o’ldiriladi. Set-zulmat va yovuzlik xudosi hisoblanadi.
Osirisning o’gli Gor Setni maydonga kurashga chaqirib, uni yengadi. Shundan
so’ng, Gor g’olib chiqishi uchun o’zi ko’zini Osirisga berib, uni qayta tiriltiradi.
Qayta tirilgan Osiris esa yerga qaytmaydi, u yer osti saltanatining o’liklar podshosi
bo’lib qoladi. Shunday qilib, uning yerdagi merosxo’ri sifatida Gor tiriklar
saltanatida qoladi.
Tot donolik va hisob xudosi bo‘lib, ayol xudo Soxmеt qudratli kuchning timsoli,
ayol xudo Xatxor osmon, muhabbat va xursandchilik xudosi hisoblanardi. Nil
Xapi nomi bilan hurmat qilingan.
Podsholik qilayotgan fir'avnga sig’inish kuchli edi. Kohinlarning o‘rgatishiga
ko‘ra, fir'avn inson qiyofasiga kirgan xudo dеb hisoblangan.
Qadimgi misrliklar и dunyoga ishonganlar va vqfol etgan odamlar ja s a d
n i mo'miyolaganlar. Qadimgi misrliklurni hayvonlarga e ’tiqod
qilishlari va ular о ‘Iganda mo 'miyolashi to 'g 'risida yunon tarixchisi,
Kichik Osiyodagi Galikarnas shahrida tug'ilgan Gerodot (er. avv. 484-425
yillarda yashagan) U to 'q q iz kitobdan iborat "Tarix” asarida
yozgan.
Gerodot Afinadan quvg'in qilingandan keyin (er. avv. 445-yil atrofida)
Suriya, Falastin, Bobil va Shim oliy Qora dengiz bo'yiga sayohat qilgan.
U sayohat davom ida ко 'rgctnlarini sidqidildan qog 'o zg a tushirdi,
boshqa
sayohatchilar
to'plamlari,
hikoyalari,
xalq rivoyatlaridcin
foydalandi.
II. 65. ... Misr Liviya bilan cliegaradosh bo‘lsa-da, unda hayvonlar
uncha ko‘p emas, lekin u yerda bor bo‘lgan barcha hay- vonlar
xonaki hanidayovvoyi,
muqaddashisoblanadi...
Har birturdagi
jonivorlarni parvarish qilish uchun, misrliklarda alohida xizmatchilar,
erkak va ayollar belgilangan va bu lavozimlar otadan o ‘g ‘ilga o‘tadi.
Shaharning har bir aholisi quyidagi tarzda muqaddas jonivorlar
oldiga o ‘z iltifotini ko‘rsatadi. Ma’lum jonivor bag‘ishlangan xudoga
ibodat qilib bo'lgandan keyin, ular bolalari sochini toMa yoki yarmini,
uchdan bir qismini oladi va keyin sochni kumushga o'lchaydi. Sochlar
kumushning qancha og‘irligiga tortsa, shunchasini xodimaga beradi, u
buning evaziga jonivorlarga yemish uchun baliq kesadi. Bu jonivorlar
uchun ovqatlanish shunday usulda. Agar kimdir jonivorlardan qaysi
birini ataylab oMdirsa, uni o‘lim bilan jazolaydilar; agar ataylab
bo’lmasa - kohinlar belgilagan jarimani to'laydi. Kim agarda ibis
yoki kalxatni o’ldirsa, har ehtimolga qarshi olirilishi lozim.
66.
Agar uyda mushuk o'libqolsa, uvda barcha yashovchilar fa- qat
qoshlarini qiladilar, agar it o‘lsa, hammalari badanidagi tuklari va
boshidagi sochlarini oladilar.
67.
Mushuklar jasadini Bubastisga olib boradilar u yerda mo‘-
miyolab muqaddas joyda dafn qiladilar. Itlarni esa har bir kishi o‘z
shahardan muqaddas sag‘analarga dafn qilinadi...
69. Misrning ayrim viloyatlarida timsohlar muqaddas hisob- lanadi,
boshqa viloyatlarda ular muqaddas hisoblanmaydi,
hatto ularga
dushman kabi munosabatda boMadilar. Fiva aholisi va Meridov ko‘li
viloyati timsohni muqaddas hisoblaydi. U yerda qo‘lga o‘rgatilgan
bittadan timsohni saqlaydilar. Bu timsoh qulog'iga shisha. oltin
bilan baldoq taqadilar, oldingi oyoqlariga halqa o‘tkazadilar. Unga
alohida belgilangan ovqat beradilar, tirik ekan uni g‘amxo‘rlik bilan
parvarish qiladilar, oMimidan keyin mo‘miyolab, muqaddas joyga dafn
qiladilar. Elefantina shahri aholisi aksincha - timsohlarni muqaddas
hisoblamaydi va hatto
ularni tanovul qilishadi... Marhumlarni
mo‘miyolash:
86. Buning uchun alohida ustalar tayinlangan bo‘lib, ular vazifa- si
bo‘yicha mo‘miyolash hunari bilan shug‘ullanadilar. Ularga mar-
humniolib kelganlarida, qarindoshlarga tanlash uchun marhumlarning
yog'ochdan bo‘yalgan tasvirlarini ko‘rsatadilar. Shuningdek, ustalar
(uni mo‘miyolashda qoMlagan) eng yaxshi usulini aytadilar, menga
bu holda binoni kim nomini aytish joiz emas. Keyin ular ikkinchi
va arzonroq, oddiyroq usul va nihoyat uchinchi - eng arzonni taklif
qiladilar. Keyin ular (qarindoshlardan) qanday narxda, (qanday
usul- da) marhumni mo‘miyolashni so‘raydilar. Agar narx to‘g‘ri
kelsa, qarindoshlar uyga qaytadilar, ustalar qoladilar va tezda ishga
sinchkovlik bilan kirishadilar. Boshda ular burun orqali temirilmoq
bilan miyaning ajratib oladilar. Bu usul bilan faqat miyaning bir
qismini, qolgan qisniinil dorilarni purkash yo‘li bilan oladilar.
Keyin o‘tkir efiop toshi bilan kindikni kesib, butun qorin qismini
ichki a'zolardan tozalaydilar. Ustalar qorin qismini tozalab va uni
palma vinosi bilan yuvib, uni yangi ezilgan xushbo‘y moddalar bilan
poklaydilar2. Nihoyat, qorinni toza izilgan mиrrа, kasiya va boshqa
xushbo'y moddalar (ladandan boshqa) bilan to’ldirib... (uni) yangidan
tikadilar. Shundan keyin jasadni 70 kun natriy eritmasiga soladilar.
Biroq 70 kundan ko'p muddat tugashi bilan jasadni yuvib, visson
gazlamasidan lentalarga kesilgan bint bilan (uni) o‘rab kamyed
surkaladi. Shundan keyin qarindoshlar jasadni qaytarib olib, odam
figurasi ko'rinishida yog‘och tobut tayyorlab. marhumni unga
joylashtiradilar. Tobutga marhumni qo‘yib, uni oilaviv sag'anada
saqlaydilar, u yerda tobutni devorga tik holda qo‘yadilar.
Ko`mish marosimlari. Misr madaniyatida o’lim bilan hayot doim bir-biriga
qarama-qarshi turgan. Ajalsiz ruh Misr dinida alohida o’rin egallagan. Mana shu
ajalsizlikka intilish ko’mish marosimlarining shakllanishiga olib kelgan. Diniy
marosimlarda har bir odam alohida xususiyatga ega bo’lgan.Masalan, sax-inson
tanasi, shunt-uning soyasi, rek-uning ismi, ax-uning arvohi hisoblangan. Bu yerda
eng muhim rolni Ra-insonning joni, ya'ni ajalsizlikning negizi o`ynagan. Misr
diniga ko’ra Ra o’z jasadiga birikishi va qayta dunyoga kelishi kerak bo’lgan.
Chunki odam o’lganda, uning faqat tanasi o’ladi, ammo ruhi abadiy yashash uchun
narigi dunyoga, o`liklar saltanatiga mangu yashash uchun ketadi. Shunday qilib
insonning tanasini abadiy saqlash fikri tug`iladi va mumiyolash jarayoni vujudga
keladi. Shuningdek ularning tanasiga hech qanday shikastlar yetmasligi uchun
yoki boshqa shovqinlardan xalos bo’lish uchun piramidalar qurish fikri to’gilgan.
O’lik 70 kun ichida mumiyolanib ko`milgan.U 70 kundan so’ng narigi dunyoga
mangu yashash uchun ruhi jo`natilgan. O’liklar saltanatiga borgan odamlarni
ikkinchi o’lim kutgan. Bu esa asosan «O’liklar kitobi», «Darvozalar kitobi», “Yer
osti g`orlari kitobi» kabi kitoblarda ko’rsatilgan.
Qadimgi misrliklarning dini Nil vodiysining tabiiy shart-sharoitlarini o’ziga xos
xususiyatlarini,qadimgi Misr jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
taraqqiyotining alohida tomonlarini fantastik aksi edi. Misrliklar oy,quyosh, Nil
vodiysi, uni atrofidagi sahroni, yirtqich hayvonlar va tabiatning har xil kuchlarini
ilohiylashtirdilar. Ular sun'iy sug`orish tizimini tashkil qiladigan,insonlar ustidan
amr qiluvchi fir'avnga e'tiqod qildilar.
Misrliklar mingga yaqin har xil xudolarga sig`inganlar. Xudolar mahalliy va
umumisr miqyosida e'tiqod qilingan ilohlarga bo’lingan. Qaysi bir nom
hukmdoriumummisr hukmdori fir'avnlik taxtiga o’tirsa, shu nomning xudosi
umummisr xudosiga aylangan. Misol uchun nom markazi bo’lgan Fiva Misr
poytaxti bo’lganda hech kimga ma'lum bo’lmagan Fiva xudosi Amon xudolar
ichida bosh xudo deb tan olindi.
Misrda oliy xudolar quyosh xudosi Ra, yaratuvchi xudo Ptax, xudo Amon Raning
ko’pgina vazifalarini olish bilan Misrning bosh xudolaridan biriga aylangan.
Amon Ra dunyoni yaratuvchisi, podsho hokimiyati,Misr harbiy qudratining
homiysi bo’lgan.
Osiris o`layotgan va uyg`onayotgan tabiatni aksi, u dunyoning hukmdori podsho
hokimiyati homiysi bo’lgan. Uning rafiqasi Isida ona xudo, onalik va er-xotinlik
muhabbatini homiysi bo’lgan. Ularning o’gli ham osmon va yorug`lik ifodasi,
fir'avn homiysi bo’lgan. Donolik va hisob xudosi Tot,qudrat ramzi ma'buda
Soxmet osmon, quvonch-sevgi xudosi Xatxor bo’lgan. Bilim xudosi Sia, adolat
xudosi Maat abstrakt tushunchani ifodalaganlar.
Misrda ilmiy bilimlarning rivojlanishi. Dehqonehilik, sav- do-
sotiq, hunarmandchilik, chorvachilik va boshqa sohalami rivoj-
lantirish uchun misrliklarga ilmiy-amaliy bilimlar juda ham zarur
boTgan. Shuning uchun ham matematika, geometriya, geografiya,
astronomiya, tarix, tibbiyot, yer bilimi, veterinariya va qishloq
xo'jaligi bilimlari ancha erta rivoj topgan.
Qadimgi va O'rta podsholik davrida misrliklar matematika so-
hasidajiddiy yutuqlarni qo'lga kiritganlar. Ular 1, 10, 100, ,1000 lik
va hokazolardan iborat son-sanoq tizimini kashf etganlar. Bu sonlar
uchun alohida belgilar bo'lgan. Yarim doira o'nni, o iilg a n arqon
yuzni, nilufar guli belgisi esa ming raqamini bildirgan.
Misrliklar geometriya - “yerni o'lchash” sohasida ham katta
yutuqlarga erishgan. Chunki, kanallar qazish, dalalarni paykallarga
ajratish,
binolar
qurish,
sath
va
hajmlarni
oichashda
geometriya fani zarur boig an . Misrliklarda kaft, barmoq. qarich
va tirsak uzu- nlik oichovlari sifatida xizmat qilgan.
Qadimgi Misr astronomlari osmon jismlarini. yulduzlar va
sayyoralar harakatini o'rganib, o 'z davrida katta yutuqlarga erishgan.
Maium ki, Misrda qishloq xo'jaligi ishlari boshlanishidan av- val
Nil daryosi toshgan. Bu voqea ravshan yulduz Sirius ertalabki
shafaqda koiingandan ikki-uch kun o'tib sodir bo'lar edi. Astronomlar
Siriusni ko'rishlari bilan Misr aholisini Nilning toshishi va ekish
mavsumi boshlanishi haqida xabardor qilar edi. Demak, Nil
daryosining
toshish
mavsumini
hisoblash
ehtiyoji
Misr
astronomiyasini yaratdi.
Misr astronomlari dunyoda birinehi b o iib yulduz va sayyora
lar xaritasini tuzgan. Yulduz va sayyoralarning joylashuvini ko'rsa-
tadigan qadimgi xaritalar Misrdagi Senmut maqbarasi. Edfu va
Dender ibodatxonalarining shiftlarida saqlanib qolgan. Astronomik
bilimlar mamlakatning ichki va tashqi savdosida katta ahamiyatga
ega boigan.
Misr astronomlari dunyoda birinehi b o iib o ‘zlarining alohida quyosh
kalendar-taqvimlarini tuzganlar.
Taqvimgako‘rabir-yil 365 kun b o iib , u 12 oyga boiingan. Har bir
oy 30 kundan iborat b o iib , qolgan 5 kuni bayram hisoblangan.
Misrliklar tungi vaqtni yulduzlarga, kunduzgi vaqtni quyoshga qa-
rab belgilaganlar. Vaqtni belgilaydigan qum va suv soatlari ham ilk
bor Misrda kashf etilgan. Demak, Qadimgi misrliklar Nil toshqini
vaqtini bilish, kanal, to 'g ’on qurish. dalalarni ekishga hozirlash-
da astronomiya maiumotlariga tayanganlar. Ular daryo va dengi-
zlarda suzganlarida, safarga chiqqanlarida astronomiya bilimlariga
suyangan. Astronomiya fani qishloq xo‘jaligi ishlarida, savdo-sotiq
aloqalari va harbiy harakatlarda ham katta ahamiyatga ega boigan.
Qadimgi Misr tabobati. Qadimgi Misr issiq mamlakat boiganligi
uchun turli kasalliklar ko'p bo'lgan. Misr tarixidagi ko'pdan-ko'p
janglar,
istilolar va ichki
urushlar natijasida ko‘plab
aholi,
jangchilar jarohatlanganlar.
Ularni
davolash ehtiyoji Misrda
tabobatning juda erta shakllanishiga turtki bo'lgan.
Qadimgi solnomalar Misrda m. av. IV mingyillardayoq dastlab- ki
shifoxonalar bo'lganligi haqida hikoya qiladi. M. av. 3600-yil- da
Memfis shahrida afsonaviy tabib Imxoteb sharafiga maxsus
ibodatxona qurilgan. Bu yerda bemorlarga tibbiy yordam berish
uchun alohida xonalar ajratilgan. Shifoxonada tabobatni yaxshi bi-
ladigan tabib - kohinlar ishlagan va bemorga tashxis qo'yib ularni
davolagan.
Misrning Sais, Geliopolis kabi shaharlarida tabiblar tayyorlay-
digan maxsus tibbiy maktablar bo'lgan. Ayni paytda misrlik tabib
lar tabobatga bag'ishlangan kitoblar ham yaratganlar.
Misr tabiblari mo'miyolash uchun odamning ichki a’zola- rini
jarrohlik yo'li bilan ochganlar. Shu sababli ham ular odam ning
hamma a’zolarini puxta bilganlar. Tabib-hakimlar kasallikni
aniqlashda kishining tashqi holati va tomir urishiga alohida e’tibor
qaratganlar. Tabiblar ko'z, bosh, tish, ichki, ruhiy kasalliklar, sin-
gan-chiqqan va boshqalar bo'vicha ixtisoslashgan. Ular jarohatli
bemorlarni jarrohlik yo'li bilan davolashda maxsus mis va jez as-
boblardan foydalanganlar.
Misr yozuvi er.avv. IV ming yillik oxirida rasm-yozuv, piktografiya asosida kelib
chiqdi. Faqat o’rta podshoik davriga kelib rivojlangan yozuvga aylandi. Er.avv. II
ming yillikda 700 iyeroglif keng ishlatilgan. Yozuv uchun material sifatida tosh
(inshoot, sog`ona, haykallar) loy taxtachalar (ostrakon), yog`och, charm va papirus
xizmat qilgan.
Qad. podsholik davrida firʼavnlar saroyida boʻlajak mirzalarni tayyorlaydigan
maktablar tashkil qilingan. Keyinchalik ibodatxonalar va yirik davlat idoralari
qoshida ham maktablar ochilgan. Maktabda 5 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan
bolalar oʻqitilgan; 12 yoshdan boshlab talabalar idoralarda mirzalik qilishgan. Misr
yozuvida narsa va hodisalar har turli rasm va belgilar yordamida ifoda etilgan.
Masalan, suv so‘zi uch qator to'lqinsimon chiziq, tog‘ so'zi ost tomoni tekis.
yuqori tomoni qabariq, o 'rtasi botiq shakl bilan ifoda etilgan. Q o 'lid a
o'qyoy ushlab turgan odam rasmi jangchi, o 'ro q ushlab turgan kishi tasviri
esa o'rm oq degan m a'noni bildirgan. Keyinchalik belgi-rasm shaklidagi yozuv
takomillashib soddalashtirilgan. Zamonlar o 'tishi bilan belgi-rasm shaklidagi
yozuvlar alifbo belgilariga aylangan. Qadimgi podsho lik davrida misrliklar
yozuvida 24 ta asosiy tovushni bildiradigan alifbo tizirni paydo bo'lgan.
Misrliklar dastlab alifbo va xatlarni tosh, yog‘och, po'stloq, taxta, teri kabi
buyumlarga yozganlar. Nil sohillarida o'sadigan papirus o‘simligining
barglaridan esa yo zuv qog‘ozi o in id a foydalanilgan. Misrliklar papirus
barglaridan varaqlar tayyorlab, varaqlarni bir-biriga ulab uzunligi 45 metrga-
cha papirus о 'ram lari tayyorlaganlar. Zaruriy m aium ot, hodisa va boshqa
narsalar papirusga yozib berilgan. Unga qamishdan tayyor langan yozuv asbobi
bilan yozilgan. Bu misrliklarning o ‘ziga xos kitobi edi. Misrning turli
joylaridan arxeolog olimlar qadimgi ‘'pa pirus kitob"larini topishgan. Qadimgi
Misr iyerogliflarini. tilshunos olimlar oiganishga urinib koiganlar. Lekin ular bu
sohada aytarli natijalarga erisha olmaganlar.
Mashhur fransuz olimi J.F.Shampalon Misr iyerogliflarini o'qib
chiqib, shuhrat qozongan. Misr tarixini o'rganishda ‘Rozzet" bitik-
toshi ham katta ahamiyatga ega bolgan. Qadimgi Misr adabiyoti
bundan V1-VI1 mingyil muqaddam vujudga kelgan. O 'lta pod
sholik davridavoq adabiyot juda yuksak darajaga ko'tarilgan. Qa
dimgi misrliklar juda k o'p xalq maqollari, matallari, ertak, afsona,
doston va qo'shiqlar yaratganlar. Xalq og'zaki ijodiyotida dehqon,
cho'pon,savdogar, hammol, amaldor, ruhoniy va hatto Misr fir’avnla-
rining turmush tarzlari sodda tilda bayon etilgan.
Qadimgi misrliklarning “Ikki og‘a-ini”, “To‘g ‘ri va egri”, “Isi- da
va Osiris haqida", “Gor bilan Set janjali”, “Halokatga uchragan
kema haqida hikoya”, “Sinuxet hikoyasi” kabi rivoyat, afsona, er-
tak va hikoyalari diqqatga sazovordir.
Qadimgi Misr adiblari sayohatnoma, pand-nasihat, diniy poezi-
ya va gimnlarga katta e'tibor berganlar. Ular shu yo'nalishda
ko‘plab asarlar yaratishgan.
“Halokatga uchragan kema haqida hikoya” rivoyatida podsho
konlariga qilingan mashaqqatli sayohat haqida so‘z yuritiladi. Hi
koya qilinishicha, sayyohlar dengizda dahshatli dovulga duch ke
ladilar. Dovul ularni “ruh oroli”ga uloqtirib tashlavdi. Orolda ulkan
ilon qiyofasidagi olijanob podsho yashar ekan. Ilonshoh sayyohlar-
ni yaxshi qabul qilibdi. Ularga ko'p oltin, kumush. fil tishlari,
xushbo"y narsalar, it va maymunlar sovg'a qilib, Misrga kuzatib
yuboribdi.
“Sinuxet hikoyasi”da misrlik amaldor Sinuxetning Suriyaga sa fari,
uning o'zga mamlakatda koigan-bilganlari, boshidan o'tkaz- gan
og'ir mashaqqatlari g’oyat go'zal iboralar bilan bayon etilgan.
Shunday qilib. Qadimgi Misr xalqining badiiy ijodi mazmun
jihatidan xilma-xil va boy b o iib , jahon adabiyotining
durdonalari qatoridan munosib o‘rin olgan.
Me’morchilik, haykaltaroshlik, rassomchilik, musiqa, qo’shiq va xalq o'yinlari
Qadimgi Misr san’atining ajoyib namunalari hisoblanadi. San’at- ning bu
turlari Misrda juda qadim zamondan boshlab shakllangan va rivoj topgan edi.
Misr fir’avnlari va yuqori tabaqaga mansub a’yonlar m e ’m o rch ilik k a katta
e ’tibor berganlar. Yuqori Nilning ikki sohilidagi tog'larda me'morchilikda
ishlatiladigan turli toshlar ko’p bo'lgan. Fir’avnlar, a’yonlar, nomarxar va
ruhoniylarga qarashli saroylar. ibodatxonalar, maqbaralar, ehromlar va boshqa
ma’muriy binolar ana shu toshlardan qurilgan edi.
Tosh konlarida yuz minglab qullar va asirlar ishlatilgan. Misrga xos me’moriy
obidalardan biri piramidalar - Misr ehromlaridir.
Bu jihatdan Sakkaradagi Joser, Gizadagi fir'avn Xeops ehromlari, boshi odam,
tanasi shersurat qilib ishlangan Sfinks va boshqalar o'zlarining salobati, ulug'vorli-
gi bilan hozirgacha kishilarni hayratga solib keladi.
Misrda haykaltaroshlikka ham katta e’tibor berilgan. Misr
haykaltaroshlari tosh boTaklaridan fir’avn, amaldor. ruhoniy, oddiy
kishilar va hayvonlarning haykallarini juda nozik did bilan ishla-
ganlar. Bu jihatdan Ramzes II, Amenemxet III, Tutanxamon, Ex-
naton, uning xotini Nefertiti, amaldor Raxotep va mirzo haykallari
diqqatga sazovordir.
O'sha vaqtlarda Misrda rassomlik ham ancha taraqqiy etgan edi.
Saroy, ibodatxona va ma’muriy binolarning devorlariga fir’avnlar,
amaldorlar va ruhoniylar timsoli hamda afsonaviy voqealardan
olingan rasmlar ishlangan.
Misrliklar san’atining yana bir turi kuv-qo'shiq va raqsdir.
Misrda puflab. urib va ehertib chalinadigan not, sistra, qayroq, arfa,
ud va boshqa asboblar keng tarqalgan edi. Raqs san'ati ham yuksak
darajada taraqqiy etgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi 2005 y .Toshkent.
Qadimgi dunyo tarixi. R.Rajabov Toshkent-2009 “fan va texnologiya”
Qadimgi dunyo xrestomatiyasi.Ravshan Rajabov Toshkent-2013. “adib” Qadimdi
Sharq tarixi. Abdujabbor Kabirov.Toshkent-2016. “tafakkur”
Do'stlaringiz bilan baham: |