Buxoro Davlat Universiteti Tarix va madaniy meros fakulteti 5-4Tar-20 guruhi talabasi Ro’ziyev Rahmatilloning Jahon tarixi fanidan "Qadimgi misr madaniyati" mavzusida yozgan referat



Download 233,99 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.07.2021
Hajmi233,99 Kb.
#128174
TuriReferat
Bog'liq
Qadimgi Misr madaniyati



Referat

Buxoro Davlat Universiteti

Tarix va madaniy meros fakulteti

5-4Tar-20 guruhi talabasi

Ro’ziyev Rahmatilloning

Jahon tarixi fanidan

“Qadimgi misr madaniyati”

mavzusida yozgan referati.




Qadimgi Misr madaniyati

Reja:


1. Qadimgi Misr madaniyatiga kirish.

2. Qadimgi Misr madaniyatida diniy tasavvurlar

3. Aniq va tabiiy fanlarning vujudga kelishi va rivoji. Yozuv.

4. Qadimgi Misrda adabiyot, san’at va gumanitar fanlar. Qadimgi Misr

madaniyatining ahamiyati, hozirgi kelajak-avlodga ta’siri.

Nil daiyosining quyi qismida joylashgan Qadimgi Misr kishilik

madaniyatining eng ko'hna, eng qadimgi markazlaridan biri hi

soblanadi. Misr madaniyati m. 4000-5000 yil muqaddam vujudga

kelgan va bir necha tarixiy davrlarni boshidan kechirib, taraqqiy

etib borgan. Madaniyat ko'pqirrali tushuncha b o 'lib, u bir-biri bi

lan bog'langan ikki tarkibiy qismdan iboratdir. Ularning biri mod

diy madaniyat b o ‘lsa, ikkinchisi m a’naviy madaniy atdir. Moddiy

madaniyat deganda ajdodlarimizning aqli-zakovati, q o'l mehnati

bilan yaratilgan turar jo y lari, m e’moriy binolari, ust-bosh, kiyim-

kechaklari, iste’mol qiladigan taomlari, uy-ro‘zg ‘or anjomlari, xul-

las odamlarning kundalik ehtiyoji uchun lcerak bo'ladigan buyum lar

majmuasi tushuniladi.

Kishilikning m a’naviy madaniyati esa moddiy madaniyat bilan

uzviy, chambarchas bog'liq bo'lib. u ham k o 'p qirralidir. M a’naviy

madaniyat tarkibiga axloq. odob, yurish-turish, kishilar bilan muo-

mala, til, tafakkur. xalq og'zaki ijodiyotining hamma turlari, yozuv,

yozma adabiyot, raqs, qo'shiq, musiqa, rassomchilik, haykaltarosh-

lik, yer bilimi, amaliy saivat buyumlari, ilm-fan, huquq, din, diniy

tushunchalar va boshqa nai'salar kiradi.

Qadimgi misrliklar madaniyatning har ikki tarm og'i bo'yicha

ham kattadan-katta yutuqlarga erishganlar. Qadimgi Misr madani

yatining ildizlari 4-5 mingyillik emas, balki, bir necha o 'n ming

yilliklarga borib taqaladi.

Misrning qulay geografik muhiti hudud aholisining moddiy va

ma'naviy madaniyati hamda texnikaning ju d a barvaqt taraqqiy

etishiga asos b o iib xizmat qilgan. Misrning jaziram a issiq ob-havo-



si, Nil vohasida su n iy sug'orish inshootlariga b o ig a n benihoya zo 'r

ehtiyoj ju d a qadim zamonlardayoq kanallar, to'g'onlar. dambalar va

dastlabki vaqtlarda oddiy pitang bilan ko'tariladigan bosmalar, ke

yinchalik esa eharxpalaklar, shoduf, nova va boshqa sug'orish texni-

kasining murakkab tizimini kashf etishga majbur qilgan.

Qadimgi Misr madaniyatida qator o‘ziga xos xususiyatlar borki,

bu madaniyatni chuqur takrorlanmas tizimini hosil qiladi.

Uning o‘ziga xosligi va betakrorlanmasligi sinfiy jamiyat va davlatni

kelib chiqishi hamda Nil vodiysining yopiq geografik joylashuvi

natijasida boshqa xalqlaming madaniy yutuqlarini o'zlashtirishning

qiyinligi bo‘ldi. Nil vodiysining tabiiy sharoiti butun Misr

madani yatida

chuqur

iz

qoldirdi.



Xo'jalik

hayotida


Nil

daryosining yetak- chi o‘mi, dengizdan uzoqlik, Nilni o‘rab

tuigan jonsiz sahro, o'zining qumli bo‘ronlari, jazirama issig'i,

yirtqich hayvonlari bilan qadimgi Misr dunyo qarashini va diniy

e’tiqodini, qadriyatlarining butun tizimining xususiyatini belgiladi.

Fir'avnning kuchli hokimiyati orqali tashkil qilingan umum jamoa mehnati bilan

misrliklar qulay hayot uchun shart-sharoit yaratdilar. Shu bois tabiatning dahshatli

kuchlari oldidagi qo’rqinch, fir'avnning qudratli hokimiyati, dahshatli xudolar,

ularning ulug`vorligi va qudrati qadimgi misrliklarning dunyo-qarashiga singib

ketgan edi. Oddiy odamlar qudratli xudolar va yanada qudratli fir'avnlar,ularni

amaldorlari oldida o’zini juda zaifligi va kuchsizligini his qilgan.

Misr madaniyatiga chuqur konservatizm va an'anaviylik xos. Misrliklar o’zlarining

madaniy qadriyatlar tizimiga biror bir yangilik kiritishdan qochdilar. Aksincha

ularda o’zlariga ma'lum g`oya, qonun, badiiy uslublarni asrash va taqlid qilish

uzoq asrlar asosiy tamoyil bo’lib qoldi. Albatta bu hol yangi unsur, g`oya va

uslublarni inkor qilmadi, ammo ular asta-sekin paydo bo’ldi. Shu sababli Misr

ustalari doimo rioya qilgan an'anaviylik va konservatizm Misr san'ati uchun xos

bo’lgan konseptuallik va yuqori malakalilik, mohirlik, uyg`unlikni o’zida aks

ettirib nihoyasiga yetkazib ishlangan. Bu sof Misr qonun va obrazlarini

yaratilishiga olib keldi.

Misrda din ilk urug`chilik jamoalarida vujudga kelib, juda uzoq taraqqiyot yo`lini

bosib o’tgan.

Diniy an'analar mustahkam va turg`un bo’lgan fetishizm, totemizm, ayniqsa

hayvonlarga topinish Misrda uzoq davom etgan.

Hayvonlar ilohiy hisoblanib, ular ibodatxonalarda saqlanganlar. Ibodatxonada ular

yaxshi parvarish qilingan. Masalan, ilohiy hayvonlardan biri buqa, xuddi shunday

parvarish qilingan, u kuch-qudrat ramzi hisoblangan. Misrliklar bu buqaga sigir

tanlashda ham ahamiyat berishgan. Agar buqa o’lib qolgudek bo’lsa uni

mumiyolab, marosimlar o’tkazib alohida bir qabrga ko`mishgan. Va uning o’rniga



yangi tug`ilgan xukizcha izlashgan. Bu juda mushkul ish hisoblangan, chunki

ho`kiz qora rangli bo’lib, peshonasida uchburchak shaklidagi oq belgisi bo’lishi

kerak bo’lgan. Bunday hayvonni topish juda mushkul hisoblangan. Misrliklar

daraxtlarga , o’simliklarga va gullarga ham e'tiqod qilishgan.

Misrliklar quyosh, oy, Nil daryosi, halokatli sahro, odamga xavf soluvchi

yirtqich hayvonlar, tabiatning turli kuchlariga sig’inar edilar. Dеhqonchilikdagi

sug’orish tizimi tashkilotchisi, odamlar va tabiiy kuchlar hukmdori hisoblangan,

podsholik qilayotgan fir'avn ham izzat-ikrom ob'еktiga aylanadi. Misr dini uzoq

yo‘lni bosib o‘tib, Yangi podsholik davriga kеlib tugallangan diniy tizimga

aylanadi. Eng ko‘p hurmat qilingan oliy xudolar: sig’inish markazi Gеliopolda

joylashgan kunduzgi osmonda samoviy otda aylanib yuruvchi quyosh xudosi Ra,

sig’inish markazi Mеmfis bo‘lgan bir so‘zi bilan xudolar va butun dunyoni

yaratgan xudo-xoliq Ptax hisoblangan.

Fivaliklar Ra xudosining bir qator vazifalarini qo‘shgan holda Amon xudosini

ilgari suradilar va u Misrning eng asosiy xudolaridan biriga aylanadi. Amon-Ra

dunyoninng yaratuvchisi, podsho hokimiyati, Misr qudrati homiysi hisoblanar edi.

Quyoshga sig`inish Misr dinida eng yuqori o’rinda turgan.Misrning o’zi «Quyosh

mamlakati», uning fir'avnlari esa «Quyoshning o’gli» deb atalgan. Qadimgi

podsholikda Ra-quyosh xudosi hisoblangan, keyinchalik u Amon-Ra bo’lgan.

Yangi podsholik davrida esa,fir'avn Amenxotep IV (Exnaton) diniy isloxot

o’tkazib, yakkaxudolikni joriy etadi. Ya'ni u hammani Atonga («Quyosh shu'lasi»)

sig`inishga da’vat etadi. Quyoshning belgisi (ramzi) turlicha bo’lib, u qanotli sher

qiyofasida, sher ko’pgina qullar bilan, ya'ni bu qullar nur qiyofasida, lochin

qiyofasida tasvirlangan. Unga atab ko’p madhiyalar aytilgan.

Qadimgi Misr xudolari ichida Osiris ham mashhur bo‘lib, u o‘luvchiva tiriluvchi

tabiatning timsoli, narigi dunyo egasi, shohhokimiyati homiysi hisoblanardi.Uning

singlisi va ayoli Isida xudo-ona, er-xotinlik va onalik homiysi sifatida tushunilardi.

Osiris va Isidaning o‘g’li Xor osmon va nurning timsoli edi va fir'avnning

himoyachisi, uning yerdagi tajassumi hisoblanardi.Gor (Xor)-zulmatni yenguvchi

xudo hisoblanib, u lochin qiyofasida tasvirlangan.Gor Osirisning o’gli. «Osiris va

Gor» to`g’risidagi afsona, ayniqsa Misr dinini o’rganishda katta ahamiyatga ega.

Afsonada aytilishicha, Osiris-hosildorlik xudosi, qachonlardir Misrning podshosi

bo’lgan. U odamlarga yerga ishlov berishni, boglar yaratishni urgatadi. O’zining

akasi Set tomonidan o’ldiriladi. Set-zulmat va yovuzlik xudosi hisoblanadi.

Osirisning o’gli Gor Setni maydonga kurashga chaqirib, uni yengadi. Shundan

so’ng, Gor g’olib chiqishi uchun o’zi ko’zini Osirisga berib, uni qayta tiriltiradi.

Qayta tirilgan Osiris esa yerga qaytmaydi, u yer osti saltanatining o’liklar podshosi

bo’lib qoladi. Shunday qilib, uning yerdagi merosxo’ri sifatida Gor tiriklar

saltanatida qoladi.



Tot donolik va hisob xudosi bo‘lib, ayol xudo Soxmеt qudratli kuchning timsoli,

ayol xudo Xatxor osmon, muhabbat va xursandchilik xudosi hisoblanardi. Nil

Xapi nomi bilan hurmat qilingan.

Podsholik qilayotgan fir'avnga sig’inish kuchli edi. Kohinlarning o‘rgatishiga

ko‘ra, fir'avn inson qiyofasiga kirgan xudo dеb hisoblangan.

Qadimgi misrliklar и dunyoga ishonganlar va vqfol etgan odamlar ja s a d

n i mo'miyolaganlar. Qadimgi misrliklurni hayvonlarga e ’tiqod

qilishlari va ular о ‘Iganda mo 'miyolashi to 'g 'risida yunon tarixchisi,

Kichik Osiyodagi Galikarnas shahrida tug'ilgan Gerodot (er. avv. 484-425

yillarda yashagan) U to 'q q iz kitobdan iborat "Tarix” asarida

yozgan.

Gerodot Afinadan quvg'in qilingandan keyin (er. avv. 445-yil atrofida)

Suriya, Falastin, Bobil va Shim oliy Qora dengiz bo'yiga sayohat qilgan.

U sayohat davom ida ко 'rgctnlarini sidqidildan qog 'o zg a tushirdi,

boshqa

sayohatchilar



to'plamlari,

hikoyalari,

xalq rivoyatlaridcin

foydalandi.

II. 65. ... Misr Liviya bilan cliegaradosh bo‘lsa-da, unda hayvonlar

uncha ko‘p emas, lekin u yerda bor bo‘lgan barcha hay- vonlar

xonaki hanidayovvoyi,

muqaddashisoblanadi...

Har birturdagi

jonivorlarni parvarish qilish uchun, misrliklarda alohida xizmatchilar,

erkak va ayollar belgilangan va bu lavozimlar otadan o ‘g ‘ilga o‘tadi.

Shaharning har bir aholisi quyidagi tarzda muqaddas jonivorlar

oldiga o ‘z iltifotini ko‘rsatadi. Ma’lum jonivor bag‘ishlangan xudoga

ibodat qilib bo'lgandan keyin, ular bolalari sochini toMa yoki yarmini,

uchdan bir qismini oladi va keyin sochni kumushga o'lchaydi. Sochlar

kumushning qancha og‘irligiga tortsa, shunchasini xodimaga beradi, u

buning evaziga jonivorlarga yemish uchun baliq kesadi. Bu jonivorlar

uchun ovqatlanish shunday usulda. Agar kimdir jonivorlardan qaysi

birini ataylab oMdirsa, uni o‘lim bilan jazolaydilar; agar ataylab

bo’lmasa - kohinlar belgilagan jarimani to'laydi. Kim agarda ibis

yoki kalxatni o’ldirsa, har ehtimolga qarshi olirilishi lozim.

66.


Agar uyda mushuk o'libqolsa, uvda barcha yashovchilar fa- qat

qoshlarini qiladilar, agar it o‘lsa, hammalari badanidagi tuklari va

boshidagi sochlarini oladilar.

67.


Mushuklar jasadini Bubastisga olib boradilar u yerda mo‘-

miyolab muqaddas joyda dafn qiladilar. Itlarni esa har bir kishi o‘z

shahardan muqaddas sag‘analarga dafn qilinadi...

69. Misrning ayrim viloyatlarida timsohlar muqaddas hisob- lanadi,

boshqa viloyatlarda ular muqaddas hisoblanmaydi,

hatto ularga

dushman kabi munosabatda boMadilar. Fiva aholisi va Meridov ko‘li

viloyati timsohni muqaddas hisoblaydi. U yerda qo‘lga o‘rgatilgan




bittadan timsohni saqlaydilar. Bu timsoh qulog'iga shisha. oltin

bilan baldoq taqadilar, oldingi oyoqlariga halqa o‘tkazadilar. Unga

alohida belgilangan ovqat beradilar, tirik ekan uni g‘amxo‘rlik bilan

parvarish qiladilar, oMimidan keyin mo‘miyolab, muqaddas joyga dafn

qiladilar. Elefantina shahri aholisi aksincha - timsohlarni muqaddas

hisoblamaydi va hatto

ularni tanovul qilishadi... Marhumlarni

mo‘miyolash:

86. Buning uchun alohida ustalar tayinlangan bo‘lib, ular vazifa- si

bo‘yicha mo‘miyolash hunari bilan shug‘ullanadilar. Ularga mar-

humniolib kelganlarida, qarindoshlarga tanlash uchun marhumlarning

yog'ochdan bo‘yalgan tasvirlarini ko‘rsatadilar. Shuningdek, ustalar

(uni mo‘miyolashda qoMlagan) eng yaxshi usulini aytadilar, menga

bu holda binoni kim nomini aytish joiz emas. Keyin ular ikkinchi

va arzonroq, oddiyroq usul va nihoyat uchinchi - eng arzonni taklif

qiladilar. Keyin ular (qarindoshlardan) qanday narxda, (qanday

usul- da) marhumni mo‘miyolashni so‘raydilar. Agar narx to‘g‘ri

kelsa, qarindoshlar uyga qaytadilar, ustalar qoladilar va tezda ishga

sinchkovlik bilan kirishadilar. Boshda ular burun orqali temirilmoq

bilan miyaning ajratib oladilar. Bu usul bilan faqat miyaning bir

qismini, qolgan qisniinil dorilarni purkash yo‘li bilan oladilar.

Keyin o‘tkir efiop toshi bilan kindikni kesib, butun qorin qismini

ichki a'zolardan tozalaydilar. Ustalar qorin qismini tozalab va uni

palma vinosi bilan yuvib, uni yangi ezilgan xushbo‘y moddalar bilan

poklaydilar2. Nihoyat, qorinni toza izilgan mиrrа, kasiya va boshqa

xushbo'y moddalar (ladandan boshqa) bilan to’ldirib... (uni) yangidan

tikadilar. Shundan keyin jasadni 70 kun natriy eritmasiga soladilar.

Biroq 70 kundan ko'p muddat tugashi bilan jasadni yuvib, visson

gazlamasidan lentalarga kesilgan bint bilan (uni) o‘rab kamyed

surkaladi. Shundan keyin qarindoshlar jasadni qaytarib olib, odam

figurasi ko'rinishida yog‘och tobut tayyorlab. marhumni unga

joylashtiradilar. Tobutga marhumni qo‘yib, uni oilaviv sag'anada

saqlaydilar, u yerda tobutni devorga tik holda qo‘yadilar.

Ko`mish marosimlari. Misr madaniyatida o’lim bilan hayot doim bir-biriga

qarama-qarshi turgan. Ajalsiz ruh Misr dinida alohida o’rin egallagan. Mana shu

ajalsizlikka intilish ko’mish marosimlarining shakllanishiga olib kelgan. Diniy

marosimlarda har bir odam alohida xususiyatga ega bo’lgan.Masalan, sax-inson

tanasi, shunt-uning soyasi, rek-uning ismi, ax-uning arvohi hisoblangan. Bu yerda

eng muhim rolni Ra-insonning joni, ya'ni ajalsizlikning negizi o`ynagan. Misr

diniga ko’ra Ra o’z jasadiga birikishi va qayta dunyoga kelishi kerak bo’lgan.

Chunki odam o’lganda, uning faqat tanasi o’ladi, ammo ruhi abadiy yashash uchun

narigi dunyoga, o`liklar saltanatiga mangu yashash uchun ketadi. Shunday qilib

insonning tanasini abadiy saqlash fikri tug`iladi va mumiyolash jarayoni vujudga



keladi. Shuningdek ularning tanasiga hech qanday shikastlar yetmasligi uchun

yoki boshqa shovqinlardan xalos bo’lish uchun piramidalar qurish fikri to’gilgan.

O’lik 70 kun ichida mumiyolanib ko`milgan.U 70 kundan so’ng narigi dunyoga

mangu yashash uchun ruhi jo`natilgan. O’liklar saltanatiga borgan odamlarni

ikkinchi o’lim kutgan. Bu esa asosan «O’liklar kitobi», «Darvozalar kitobi», “Yer

osti g`orlari kitobi» kabi kitoblarda ko’rsatilgan.

Qadimgi misrliklarning dini Nil vodiysining tabiiy shart-sharoitlarini o’ziga xos

xususiyatlarini,qadimgi Misr jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy

taraqqiyotining alohida tomonlarini fantastik aksi edi. Misrliklar oy,quyosh, Nil

vodiysi, uni atrofidagi sahroni, yirtqich hayvonlar va tabiatning har xil kuchlarini

ilohiylashtirdilar. Ular sun'iy sug`orish tizimini tashkil qiladigan,insonlar ustidan

amr qiluvchi fir'avnga e'tiqod qildilar.

Misrliklar mingga yaqin har xil xudolarga sig`inganlar. Xudolar mahalliy va

umumisr miqyosida e'tiqod qilingan ilohlarga bo’lingan. Qaysi bir nom

hukmdoriumummisr hukmdori fir'avnlik taxtiga o’tirsa, shu nomning xudosi

umummisr xudosiga aylangan. Misol uchun nom markazi bo’lgan Fiva Misr

poytaxti bo’lganda hech kimga ma'lum bo’lmagan Fiva xudosi Amon xudolar

ichida bosh xudo deb tan olindi.

Misrda oliy xudolar quyosh xudosi Ra, yaratuvchi xudo Ptax, xudo Amon Raning

ko’pgina vazifalarini olish bilan Misrning bosh xudolaridan biriga aylangan.

Amon Ra dunyoni yaratuvchisi, podsho hokimiyati,Misr harbiy qudratining

homiysi bo’lgan.

Osiris o`layotgan va uyg`onayotgan tabiatni aksi, u dunyoning hukmdori podsho

hokimiyati homiysi bo’lgan. Uning rafiqasi Isida ona xudo, onalik va er-xotinlik

muhabbatini homiysi bo’lgan. Ularning o’gli ham osmon va yorug`lik ifodasi,

fir'avn homiysi bo’lgan. Donolik va hisob xudosi Tot,qudrat ramzi ma'buda

Soxmet osmon, quvonch-sevgi xudosi Xatxor bo’lgan. Bilim xudosi Sia, adolat

xudosi Maat abstrakt tushunchani ifodalaganlar.

Misrda ilmiy bilimlarning rivojlanishi. Dehqonehilik, sav- do-

sotiq, hunarmandchilik, chorvachilik va boshqa sohalami rivoj-

lantirish uchun misrliklarga ilmiy-amaliy bilimlar juda ham zarur

boTgan. Shuning uchun ham matematika, geometriya, geografiya,

astronomiya, tarix, tibbiyot, yer bilimi, veterinariya va qishloq

xo'jaligi bilimlari ancha erta rivoj topgan.

Qadimgi va O'rta podsholik davrida misrliklar matematika so-

hasidajiddiy yutuqlarni qo'lga kiritganlar. Ular 1, 10, 100, ,1000 lik

va hokazolardan iborat son-sanoq tizimini kashf etganlar. Bu sonlar

uchun alohida belgilar bo'lgan. Yarim doira o'nni, o iilg a n arqon

yuzni, nilufar guli belgisi esa ming raqamini bildirgan.

Misrliklar geometriya - “yerni o'lchash” sohasida ham katta

yutuqlarga erishgan. Chunki, kanallar qazish, dalalarni paykallarga

ajratish,

binolar

qurish,


sath

va

hajmlarni



oichashda


geometriya fani zarur boig an . Misrliklarda kaft, barmoq. qarich

va tirsak uzu- nlik oichovlari sifatida xizmat qilgan.

Qadimgi Misr astronomlari osmon jismlarini. yulduzlar va

sayyoralar harakatini o'rganib, o 'z davrida katta yutuqlarga erishgan.

Maium ki, Misrda qishloq xo'jaligi ishlari boshlanishidan av- val

Nil daryosi toshgan. Bu voqea ravshan yulduz Sirius ertalabki

shafaqda koiingandan ikki-uch kun o'tib sodir bo'lar edi. Astronomlar

Siriusni ko'rishlari bilan Misr aholisini Nilning toshishi va ekish

mavsumi boshlanishi haqida xabardor qilar edi. Demak, Nil

daryosining

toshish

mavsumini

hisoblash

ehtiyoji


Misr

astronomiyasini yaratdi.

Misr astronomlari dunyoda birinehi b o iib yulduz va sayyora

lar xaritasini tuzgan. Yulduz va sayyoralarning joylashuvini ko'rsa-

tadigan qadimgi xaritalar Misrdagi Senmut maqbarasi. Edfu va

Dender ibodatxonalarining shiftlarida saqlanib qolgan. Astronomik

bilimlar mamlakatning ichki va tashqi savdosida katta ahamiyatga

ega boigan.

Misr astronomlari dunyoda birinehi b o iib o ‘zlarining alohida quyosh

kalendar-taqvimlarini tuzganlar.

Taqvimgako‘rabir-yil 365 kun b o iib , u 12 oyga boiingan. Har bir

oy 30 kundan iborat b o iib , qolgan 5 kuni bayram hisoblangan.

Misrliklar tungi vaqtni yulduzlarga, kunduzgi vaqtni quyoshga qa-

rab belgilaganlar. Vaqtni belgilaydigan qum va suv soatlari ham ilk

bor Misrda kashf etilgan. Demak, Qadimgi misrliklar Nil toshqini

vaqtini bilish, kanal, to 'g ’on qurish. dalalarni ekishga hozirlash-

da astronomiya maiumotlariga tayanganlar. Ular daryo va dengi-

zlarda suzganlarida, safarga chiqqanlarida astronomiya bilimlariga

suyangan. Astronomiya fani qishloq xo‘jaligi ishlarida, savdo-sotiq

aloqalari va harbiy harakatlarda ham katta ahamiyatga ega boigan.

Qadimgi Misr tabobati. Qadimgi Misr issiq mamlakat boiganligi

uchun turli kasalliklar ko'p bo'lgan. Misr tarixidagi ko'pdan-ko'p

janglar,

istilolar va ichki

urushlar natijasida ko‘plab

aholi,


jangchilar jarohatlanganlar.

Ularni


davolash ehtiyoji Misrda

tabobatning juda erta shakllanishiga turtki bo'lgan.

Qadimgi solnomalar Misrda m. av. IV mingyillardayoq dastlab- ki

shifoxonalar bo'lganligi haqida hikoya qiladi. M. av. 3600-yil- da

Memfis shahrida afsonaviy tabib Imxoteb sharafiga maxsus

ibodatxona qurilgan. Bu yerda bemorlarga tibbiy yordam berish

uchun alohida xonalar ajratilgan. Shifoxonada tabobatni yaxshi bi-

ladigan tabib - kohinlar ishlagan va bemorga tashxis qo'yib ularni

davolagan.



Misrning Sais, Geliopolis kabi shaharlarida tabiblar tayyorlay-

digan maxsus tibbiy maktablar bo'lgan. Ayni paytda misrlik tabib

lar tabobatga bag'ishlangan kitoblar ham yaratganlar.

Misr tabiblari mo'miyolash uchun odamning ichki a’zola- rini

jarrohlik yo'li bilan ochganlar. Shu sababli ham ular odam ning

hamma a’zolarini puxta bilganlar. Tabib-hakimlar kasallikni

aniqlashda kishining tashqi holati va tomir urishiga alohida e’tibor

qaratganlar. Tabiblar ko'z, bosh, tish, ichki, ruhiy kasalliklar, sin-

gan-chiqqan va boshqalar bo'vicha ixtisoslashgan. Ular jarohatli

bemorlarni jarrohlik yo'li bilan davolashda maxsus mis va jez as-

boblardan foydalanganlar.

Misr yozuvi er.avv. IV ming yillik oxirida rasm-yozuv, piktografiya asosida kelib

chiqdi. Faqat o’rta podshoik davriga kelib rivojlangan yozuvga aylandi. Er.avv. II

ming yillikda 700 iyeroglif keng ishlatilgan. Yozuv uchun material sifatida tosh

(inshoot, sog`ona, haykallar) loy taxtachalar (ostrakon), yog`och, charm va papirus

xizmat qilgan.

Qad. podsholik davrida firʼavnlar saroyida boʻlajak mirzalarni tayyorlaydigan

maktablar tashkil qilingan. Keyinchalik ibodatxonalar va yirik davlat idoralari

qoshida ham maktablar ochilgan. Maktabda 5 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan

bolalar oʻqitilgan; 12 yoshdan boshlab talabalar idoralarda mirzalik qilishgan. Misr

yozuvida narsa va hodisalar har turli rasm va belgilar yordamida ifoda etilgan.

Masalan, suv so‘zi uch qator to'lqinsimon chiziq, tog‘ so'zi ost tomoni tekis.

yuqori tomoni qabariq, o 'rtasi botiq shakl bilan ifoda etilgan. Q o 'lid a

o'qyoy ushlab turgan odam rasmi jangchi, o 'ro q ushlab turgan kishi tasviri

esa o'rm oq degan m a'noni bildirgan. Keyinchalik belgi-rasm shaklidagi yozuv

takomillashib soddalashtirilgan. Zamonlar o 'tishi bilan belgi-rasm shaklidagi

yozuvlar alifbo belgilariga aylangan. Qadimgi podsho lik davrida misrliklar

yozuvida 24 ta asosiy tovushni bildiradigan alifbo tizirni paydo bo'lgan.

Misrliklar dastlab alifbo va xatlarni tosh, yog‘och, po'stloq, taxta, teri kabi

buyumlarga yozganlar. Nil sohillarida o'sadigan papirus o‘simligining

barglaridan esa yo zuv qog‘ozi o in id a foydalanilgan. Misrliklar papirus

barglaridan varaqlar tayyorlab, varaqlarni bir-biriga ulab uzunligi 45 metrga-

cha papirus о 'ram lari tayyorlaganlar. Zaruriy m aium ot, hodisa va boshqa

narsalar papirusga yozib berilgan. Unga qamishdan tayyor langan yozuv asbobi

bilan yozilgan. Bu misrliklarning o ‘ziga xos kitobi edi. Misrning turli

joylaridan arxeolog olimlar qadimgi ‘'pa pirus kitob"larini topishgan. Qadimgi

Misr iyerogliflarini. tilshunos olimlar oiganishga urinib koiganlar. Lekin ular bu

sohada aytarli natijalarga erisha olmaganlar.

Mashhur fransuz olimi J.F.Shampalon Misr iyerogliflarini o'qib

chiqib, shuhrat qozongan. Misr tarixini o'rganishda ‘Rozzet" bitik-

toshi ham katta ahamiyatga ega bolgan. Qadimgi Misr adabiyoti



bundan V1-VI1 mingyil muqaddam vujudga kelgan. O 'lta pod

sholik davridavoq adabiyot juda yuksak darajaga ko'tarilgan. Qa

dimgi misrliklar juda k o'p xalq maqollari, matallari, ertak, afsona,

doston va qo'shiqlar yaratganlar. Xalq og'zaki ijodiyotida dehqon,

cho'pon,savdogar, hammol, amaldor, ruhoniy va hatto Misr fir’avnla-

rining turmush tarzlari sodda tilda bayon etilgan.

Qadimgi misrliklarning “Ikki og‘a-ini”, “To‘g ‘ri va egri”, “Isi- da

va Osiris haqida", “Gor bilan Set janjali”, “Halokatga uchragan

kema haqida hikoya”, “Sinuxet hikoyasi” kabi rivoyat, afsona, er-

tak va hikoyalari diqqatga sazovordir.

Qadimgi Misr adiblari sayohatnoma, pand-nasihat, diniy poezi-

ya va gimnlarga katta e'tibor berganlar. Ular shu yo'nalishda

ko‘plab asarlar yaratishgan.

“Halokatga uchragan kema haqida hikoya” rivoyatida podsho

konlariga qilingan mashaqqatli sayohat haqida so‘z yuritiladi. Hi

koya qilinishicha, sayyohlar dengizda dahshatli dovulga duch ke

ladilar. Dovul ularni “ruh oroli”ga uloqtirib tashlavdi. Orolda ulkan

ilon qiyofasidagi olijanob podsho yashar ekan. Ilonshoh sayyohlar-

ni yaxshi qabul qilibdi. Ularga ko'p oltin, kumush. fil tishlari,

xushbo"y narsalar, it va maymunlar sovg'a qilib, Misrga kuzatib

yuboribdi.

“Sinuxet hikoyasi”da misrlik amaldor Sinuxetning Suriyaga sa fari,

uning o'zga mamlakatda koigan-bilganlari, boshidan o'tkaz- gan

og'ir mashaqqatlari g’oyat go'zal iboralar bilan bayon etilgan.

Shunday qilib. Qadimgi Misr xalqining badiiy ijodi mazmun

jihatidan xilma-xil va boy b o iib , jahon adabiyotining

durdonalari qatoridan munosib o‘rin olgan.

Me’morchilik, haykaltaroshlik, rassomchilik, musiqa, qo’shiq va xalq o'yinlari

Qadimgi Misr san’atining ajoyib namunalari hisoblanadi. San’at- ning bu

turlari Misrda juda qadim zamondan boshlab shakllangan va rivoj topgan edi.

Misr fir’avnlari va yuqori tabaqaga mansub a’yonlar m e ’m o rch ilik k a katta

e ’tibor berganlar. Yuqori Nilning ikki sohilidagi tog'larda me'morchilikda

ishlatiladigan turli toshlar ko’p bo'lgan. Fir’avnlar, a’yonlar, nomarxar va

ruhoniylarga qarashli saroylar. ibodatxonalar, maqbaralar, ehromlar va boshqa

ma’muriy binolar ana shu toshlardan qurilgan edi.

Tosh konlarida yuz minglab qullar va asirlar ishlatilgan. Misrga xos me’moriy

obidalardan biri piramidalar - Misr ehromlaridir.

Bu jihatdan Sakkaradagi Joser, Gizadagi fir'avn Xeops ehromlari, boshi odam,

tanasi shersurat qilib ishlangan Sfinks va boshqalar o'zlarining salobati, ulug'vorli-

gi bilan hozirgacha kishilarni hayratga solib keladi.

Misrda haykaltaroshlikka ham katta e’tibor berilgan. Misr

haykaltaroshlari tosh boTaklaridan fir’avn, amaldor. ruhoniy, oddiy




kishilar va hayvonlarning haykallarini juda nozik did bilan ishla-

ganlar. Bu jihatdan Ramzes II, Amenemxet III, Tutanxamon, Ex-

naton, uning xotini Nefertiti, amaldor Raxotep va mirzo haykallari

diqqatga sazovordir.

O'sha vaqtlarda Misrda rassomlik ham ancha taraqqiy etgan edi.

Saroy, ibodatxona va ma’muriy binolarning devorlariga fir’avnlar,

amaldorlar va ruhoniylar timsoli hamda afsonaviy voqealardan

olingan rasmlar ishlangan.

Misrliklar san’atining yana bir turi kuv-qo'shiq va raqsdir.

Misrda puflab. urib va ehertib chalinadigan not, sistra, qayroq, arfa,

ud va boshqa asboblar keng tarqalgan edi. Raqs san'ati ham yuksak

darajada taraqqiy etgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi 2005 y .Toshkent.

Qadimgi dunyo tarixi. R.Rajabov Toshkent-2009 “fan va texnologiya”

Qadimgi dunyo xrestomatiyasi.Ravshan Rajabov Toshkent-2013. “adib” Qadimdi



Sharq tarixi. Abdujabbor Kabirov.Toshkent-2016. “tafakkur”


Download 233,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish