Lutf bila ayladi inson seni,
Din yo’lida qildi musulmon seni.
Berdi ko’rar ko’zu eshitu qulog’,
Aytur til, atrni anglar dimog’.
Andoq ilik dog’ini, tutgay taom,
Andoq ayoq dog’iki, qilg’ay xirom.
Yuz ne’mat qilmoq uchun shurbu aql,
Har birisiga yana bir ta’mu shakl
1
.
Inson aqli, fikr qilish qobiliyati, sezgilar bergan ma’lumotlarni tahlil qilib,
bir xulosaga keladi. Navoiy fikricha, aql bilish jarayonida yuqoriroq bosqich
bo’lib, narsa va hodisalarning mohiyatiga chuqurroq kirib boradi. Aql insonning
bebaho boyligi, u Alloh tomonidan in’om etilgan qimmatli sovg’adir. Odam
nimaiki ish bilan mashg’ul bo’lmasin, biror narsani idrok qilmasin-bularning
hammasi aql tufayli, tafakkur orqali amalga oshadi. Lekin Navoiyning aytishicha,
aql yordamida inson hamma narsalarning sirru asrorini, dunyodagi o’zgarishlarni,
ularning mohiyatini chuqur idrok qila olmaydi. Bunga aql ojizlik qiladi. Zeroki
inson bilimi, aqli chegaralangan. U haqiqatni to’la fahmlay olmaydi. Lekin, shunga
qaramasdan, Navoiy aqidasiga ko’ra, inson aql va fikr qilish yordamida jahonga
hukmronlik qilaoladi:
Chu afloku anjumg’a etmas ilik,
1
Alisher Navoiy. “Xayratul abror”. Asarlar. 6-tom. –T.:“G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti”,
1965. –B.198.
34
Ki mohiyati elga bo’lg’ay bilik.
Bilib biz hisobini bog’lab rasad,
Haqiqatlarin fahm qilmas xirad.
Akarg’aki qodir emastur kishi,
Bilinmas sukuni bila gardishi.
Jahonkim bo’lubtur musaxxar manga,
Anga hukmronliq muyassar manga
1
.
Tarixchi Xondamir Hazrat Navoiyning davlatni oqilona boshqarishda
qatnashganligini, obodonchilik ishlari bilan mashg’ul bo’lganligi va beva-
bechoralarga yordam berganligi, ilm ahllariga homiylik qilganini yozar ekan, uning
yuksak aql-zakovat egasi ekanligini alohida ta’kidlaydi. Xondamir aql va uning
voqelikni bilishdagi o’rniga katta baho beradi:
Aql yo’l ko’rsatuvchi va aql eshik ochuvchidir,
Aql har ikki dunyoda qo’llaguvchidir.
Aql podsholarning tojidir.
Aql atoqli kishilarning ziynatidir.
Har qanday kishining, agar aqli bo’lmasa,
Aqllilar uni hushyor sanamaydi.
Jahonda agar aql sarmoyasini topsang,
Ikki dunyoda bo’lursan shodmon.
Haqiqatan bu nafis javhar har kimning miya maxzaniga kirsa, uning ko’ngil
va ko’zlariga minglab ma’no xazinalarini ko’rsatadi va har kishining muborak
dilida joy olsa, ulardan jaholat turkumi negizlarini qo’poradi
2
.
Hazrat Navoiy aqlning bilish qobiliyatiga yuksak baho berar ekan, aql
ijtimoiy hayotning hamma sohalari: siyosat, xulq-odob qoidalarini kasb qilish,
shirinsuxanlik, ta’lim-tarbiya va boshqalarga tegishli ekanini ta’kidlaydi. Shuning
uchun ul zot aqlli kishilardan ibrat olishga, ularning nasihatiga, garchi achchiq
1
Alisher Navoiy. “Saddi Iskandariy”. Asarlar.10-tom. –T.:“G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashriyoti”, 1978. –B.352.
2
Xondamir. “Makorim ul-axloq”.-T.: “Fan”, 1967. –B.32.
35
bo’lsa ham quloq solishga, donolar va aziz avliyolarning o’gitlari va hikmatli
so’zlaridan bahramand bo’lishga da’vat etadi.
Navoiyning fikricha, aql yordamida koinotning sirru asrori, murakkab
hodisalarni mohiyatiga eta oladi, yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farq qila
oladi. Shuning uchun inson aql hukmi bilan ish tutishi, uni o’ziga yor qilishi
darkor:
Do'stlaringiz bilan baham: |