Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi


Tashkilot.muassasa,korxonalar ish yuritishda elektron hujjatlarning shakllanishi



Download 1,34 Mb.
bet10/60
Sana26.03.2022
Hajmi1,34 Mb.
#511625
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60
Bog'liq
elektron arxiv o\'quv-uslubiy qo\'llanma

Tashkilot.muassasa,korxonalar ish yuritishda elektron hujjatlarning shakllanishi
Reja:

  1. Tashkilotlarda arxiv hujjatlarni tasniflash va tizimlashtirish

  2. Hujjatlarning turlari va xususiyatlari

  3. Hujjatlar matnining eng muhim zaruriy qismlari va ularni rasmiylashtirish

  4. Boshqaruv faoliyatini hujjatlashtirish

  5. Muassasalar doirasida electron hujjatlarni turkumlash. Ekpertiza o’tkazish.

O'zbek hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirishning eng muhim va dolzarb masalalaridan biri hujjatlarning tili va uslubi masalasidir. Hujjat tayyorlash va rasmiylashtirish, eng avvalo, o'zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada aks ettirishi zarur. Har bir rahbar, boshqaruv muassasalarining xodimlari, umuman faoliyati ish qog'ozlarini tuzish bilan bog'liq har bir kishi o'zbek tilining imlosini, tinish belgilari va uslubiy qoidalarini mukammal egallagan bo'lishi kerak.


Hisob-kitoblarimizga qaraganda, boshqaruv sohasidagi xizmat- chilar o‘z ish vaqtlarining 80 foizgacha qismini hujjatlashtirish ishlariga sarflar ekan. Mazkur xodimlar o'zbek tili qonuniyatlaridan yaxshi xabardor bo'lmasa, ish vaqtlarining hammasini - 100 foizini bu ishga sarflaganlarida ham ijobiy natijaga erishishlari qiyin.
Hujjatlar matniga qo'yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifadalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmog'i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so'z va so‘z shakllarini qo'llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish-erkalash qo'shimchalarini olgan so'zlar, shevaga oid so'zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan so'zlar, o'xshatish, jonlantirish, mubolag'a, istiora, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi. Ularning ishlatilishi hujjatlar matnidagi ifodaning noxosligiga olib keladi.
Hujjatlar matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, Io'ndalik, mazmuniy to'liqlikdan iborat zaruriy sifatlari hujjatchilik tilining o'ziga xos uslubi, undagi o'ziga xos so‘z qo'llash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali ta’min etiladi.
Hujjatlarda, uning mohiyati va maqsadiga muvofiq ravishda, so‘roq va undov gaplar deyarli qo'llanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Zéro, hujjatlarda tilning ikki vazifasi - xabar berish va buyruq vazifalari amalga oshadi. Masalan, ma’lumot- nomada axborot ifodalanadi, buyruqda buyurish aks etadi, bayon- nomada esa ham axborot («eshitildi...»), ham buyurish («Qaror qilindi...») o‘z ifodasini topadi.
Hujjatdagi fikrni aniq, lo‘nda bayon qilishda xatboshi (abzas)ning ahamiyati ham katta. Har bir yangi, alohida fikr xatboshi bilan ajratilishi, bir xatboshidan ikkinchi xatboshigacha bo'lgan matn
4-5 jumladan oshmasligi maqsadga muvofiqdir.
Hujjatchilikda imlo va tinish belgilari masalasiga alohida e’tibor qaratish lozim. Hujjatning nomini yozishda bizda har xillik mavjud, xususan, ba’zan kichik harf bilan, ba’zan bosh harf bilan yoziladi. Hujjatning nomi bo‘lganligi uchun uni bosh harf bilan yozgan ma’qul, shuningdek, bosma matnda boshqa usul bilan, masalan, mazkur nomni to'lig'icha bosh harflar bilan yozish orqali ham ajratib ko'rsatish mumkin. Lekin hujjatninng nomi bo’lganligi uchun (sarlavhalardagi kabi) undan so‘ng nuqta qo’yish shart emas.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish