Buxoro davlat universiteti Talabalar turar joyida istiqomat qilish uchun
SHARTNOMA № 26047/3113
Buxoro shahri "1" Dekabr 2021yil
Bir tomondan Buxoro davlat universiteti (BuxDU) rektori O.X.Xamidov, ikkinchi tomondan Iqtisodiyot va turizm fakulteti
3- bosqich talabasi RAJABOVA DILBAR IXTIYOR QIZI o`rtasida quyidagi shartnoma tuzildi.
I. Shartnomaning predmeti.
1.1.
Universitet talabani o`quv yili davomida talabalar turar joyi bilan taminlaydi. Talaba o`z navbatida universitet
g`aznasiga bir oy uchun 193012 so`m (bir yuz to`qson uch ming o`n ikki so`m) to`laydi (Buxoro davlat universitetining 2021
yil 30 avgustdagi Kengash qarori bilan tasdiqlangan).
1.2.
To`lovlarni amalga oshirish tartibi:
a) O`quv yili davomida talabaning TTJda ma`lum vaqt turmasligi TTJ uchun to`langan to`lovlarni qaytarilishiga asos
bo`lolmaydi.
b) TTJga joylashish uchun shartnomaning 1.1-bandiga asosan belgilangan to`lovning birinchi qismi sentabr-yanvar
oylari
(ik k inchi qismi fevral-iyun oylari)
uchun to`lovlarni universitet g`aznasiga to`lagandan so`ng order beriladi.
c) Talaba TTJga joylashgan kundan e`tiboran shartnomaning 1.1-bandida belgilangan miqdor chegirma qilingan holda
oylik to`lov hisoblanadi.
II. Turar joyida yashovchilarning huquq va majburiyatlari
2.1. Turar joyda yashovchilarning huquqlari:
turar joyi binolaridagi madaniy-maishiy jihozlardan foydalanish;
foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan jihoz, mebel va boshqa mulklarni ta`mirlash, yangilash hamda maishiy
xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etishni so`rab turar joyi rahbariyatiga murojaat qilish;
turar joyida o`tkaziladigan ommaviy, madaniy, sport va tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etish;
yaratilgan shart-sharoitlar bo`yicha BuxDU rahbariyatiga takliflar bilan chiqish;
kundalik ehtiyojga ega bo`lmagan katta hajmdagi shaxsiy va qimmatbaho buyumlarni turar joyining buyumlar saqlash
xonasiga topshirish;
Talabalar kengashi a`zolarini saylash va unga saylanish;
Talabalar kengashi orqali turar joyining maishiy ta`minotini takomillashtirish, tarbiyaviy ishlar va madaniy hordiqni tashkil
etish, yashash xonalarini jihozlash bo`yicha masalalarni muhokama etishda ishtirok etish.
2.2. Turar joyida yashovchilarning majburiyatlari:
Buxoro davlat universiteti rektorining` 2019 yil 9 noyabrdagi 1036-U-sonli buyrug`i asosida tasdiqlangan talabalar turar
joyi to`g`risidagi Nizom va turar joyi ichki tartib qoidalari, shuningdek BuxDU bilan tuzilgan shartnoma qoidalariga rioya
qilish;
turar joyidan uzoq muddatga ketayotib (yozgi va qishki ta`til, dam olish, amaliyot, akademik ta`til olgan hollar), turar joyi
rahbarini ikki kun oldin yozma ravishda ogohlantirib qo`yish;
umumiy foydalanish joylariga o`rnatilgan yoritgichlar, elektr va gaz plitalarini buzmaslik, yuvinish xonasi, oshxona hamda
ma`naviyat va ma`rifat xonalaridan to`g`ri foydalanish;
turar joyi mol-mulkidan to`g`ri va unumli foydalanish va zarar yetkazmaslik;
turar joyida o`rnatilgan ichki tartib qoidalariga rioya etish;
o`qishni tugatgan yoki talabalar safidan chetlashtirilgan, akademik ta`til olgan hollarda ikki kun muddatda, shuningdek
turar joyidan uzoq muddatga ketishdan oldin (yozgi va qishki ta`til, dam olish, amaliyot) jihozlarni va xona kalitini turar joyi
rahbariga qaytarib topshirish.
2.3. Turar joyida yashovchilarga quyidagilar man etiladi:
turar joyi rahbari(
TTJ direk tori
)ning ruxsatisiz bir xonadan ikkinchi xonaga ko`chib o`tish;
yashash xonasida kir yuvish;
xonadagi anjomlarni boshqa xonaga ruxsatsiz ko`chirish;
xonadagi elektr tarmoqlarini o`z xohishicha o`zgartirish va qo`shimcha yoritgich o`rnatish, devorlarga rasmlar chizish va
yopishtirish;
ovoz kuchaytiruvchi qurilmalardan foydalanish, yuqori ovozda ashula aytish va musiqa asboblarini chalish
(musiqa va
san atga ixtisoslashgan yo`nalish, guruh, fak ultet talabalari yashovchi turar joylari bundan mustasno);
elektr isitgichlar va kerosindan foydalanib ishlaydigan asboblarni ishlatish;
yashash xonasida begona shaxslarning tunab qolishlari uchun joy berish;
spirtli ichimliklar, giyohvand moddalarni iste`mol qilish, saqlash, sotish hamda karta va qimor o`yinlarini o`ynash va h.k.;
turar joyi xonalarida diniy marosimlarga oid tadbirlar, yig`inlar o`tkazilishi, diniy saboq berilishi va o`rganilishi.
2.4. Turar joyi ichki tartib qoidalari, BuxDU odob-axloq qoidalari hamda 2.3. bandida ko`rsatilgan talablarga rioya
qilmagan talabaga nisbatan quyidagi choralar ko`riladi:
- Hayfsan;
- Turar joyidan chiqarish;
- Talabalar safidan chetlashtirish.
2.5.
BuxDUdan chetlatilgan talaba shu xususida buyruq chiqqandan so`ng yoki boshqa sabablar bo`yicha (
TTJ
Talabalar k engashi qaroriga k o`ra
) turar joyidan chiqishi belgilangan talaba bir hafta muddat ichida turar joyidan
chiqariladi.
2.6.
Talaba turar joyida foydalanib kelayotgan mol-mulkka bevosita etkazilgan haqiqiy zararni to`lashi shart.
2.7.
Mazkur shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarmagan talaba bilan tuzilgan ikki tomonlama shatrnoma
universitet tomonidan bekor qilinadi va talaba TTJdan chiqariladi.
2.8.
Talaba talabalar safidan chetlatilgan yoki TTJdan chiqarilgan taqdirda chetlatilgan oyning keyingi oylar uchun
to`langan to`lovi miqdori qaytarib beriladi.
III. Universitetning vazifalari va majburiyatlari
3.1.
Universitetning asosiy vazifasi
talabalarning ta`lim va tarbiya olishlari uchun turar joyida munosib shart-sharoitlar
yaratish;
3.2. Universitet Talabalar turar joyida
o`ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi majburiyatlarni
amalga oshiradi:
a) talabalarning ta`lim va tarbiya olishlari uchun turar joyida munosib shart-sharoitlar yaratishda:
turar joyida talabalarning yashashi, o`z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi hamda sport, san at va boshqa to`garaklarda
qatnashishi uchun sharoitlar yaratish;
BuxDU tomonidan moddiy-texnika ta`minoti, uni kapital va joriy ta`mirlash, binodagi qattiq va yumshoq mebel, xona
jihozlari (ko`rpa-to`shak, yopinchiqlar va boshqalar), texnika vositalarini saqlash, ta`mirlash, hududni obodonlashtirish,
tozaligini ta`minlash, kommunal-xo`jalik xizmatlari (issiq va sovuq suv ta`minoti, kanalizatsiya, issiq suv quvurlarini ta`mirlash)
va boshqa shart-sharoitlar yaratish;
b) ushbu shartnoma imzolangan va ijara to`lovi to`langan kundan boshlab BuxDU talabalar turar joyidan xona va
jihozlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtiradi va talabalarga topshirish majburiyatini oladi;
v) turar joyida talabalarning o`zini o`zi boshqaruvini tashkil etadi;
turar joyida talabalarning o`zini o`zi boshqaruvini shakllantirish va amalga oshirish maqsadida Talabalar kengashi tashkil
etish;
IV. Yakuniy qoidalar
4.1. TTJ shartnomasining amal qilish muddati 2021 yil 1 sentabrdan 2022 yil 30 iyungacha.
4.2. Mazkur shartnoma talabaning murojaatiga asosan ham bir tomonlama ixtiyoriy ravishda bekor qilinishi mumkin va
to`langan to`lov yashab turgan oy tugagandan so`ng keyingi oylar uchun to`langan to`lovi qaytarib beriladi.
Buxoro davlat universiteti
Manzil: Buxoro shaxar M.Ikbol kuchasi 11 uy
Tel./faks 223-22-21 223-32-64
h/v 400110860064017094100079001
STIR 201504275, OKONX 92110
Buxoro viloyati bo`yicha` g`aznachilik boshqarmasi
g`azna h/v: 23402000300100001010
Toshkent shahar Markaziy bankning XKKM, MFO: 00014
g`aznachilik bo`linmasi STIR: 201122919
Talaba: RAJABOVA DILBAR IXTIYOR QIZI
Do'stlaringiz bilan baham: |