Oraliq Iqlim hosil qiluvchi omillar. Yer yuzasi iqlimining xilma-xil bo‘lishiga, asosan, uchta omil ta’sir etadi. Geografik kenglik omili harorat, bosim, havo massalari va doimiy shamollarning zonal tarqalishiga olib keladi. Havo haroratining Yer yuzasida tarqalishi quyosh energiyasiga bog‘liq. Ekvatordan har ikkala qutblar tomon havoning o‘rtacha yillik harorati 25-26 °C dan –10 °C gacha pasayib boradi. Iqlimning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lgan yog‘in miqdori va doimiy shamollar iqlim hosil qiluvchi ikkinchi omil — atmosfera bosimi va havo massalariga bog‘liq. Troposferaning bir xil xusu siyatga ega bo‘lgan katta hajmdagi havolari havo massasi deb ataladi. Yer yuzida ekvatorial (issiq va nam), tropik (issiq va quruq), mo‘tadil (iliq va nam), qutbiy, ya’ni arktika va antarktika (sovuq va quruq) havo massalari mavjud. Bular shu ketma-ketlikda ekvatordan qutblarga tomon har ikkala yarimsharda almashinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |