Polimerlar
Zaharli moddalar
CHiqindining manbai
Fenolli
Aldegidlar
Xom-ashyo va tayyor mahsulot
saklanadigan xonalar. Texnologik
sistemaning germetik emasligi
Aminli
Aminlar, aldegidlar
Reaktor va muzxonalar
Poliefirli
Uglevodorodlar,
akrolein, ftal angidrid,
erituvchilar
Reaktor va muzxonalar
Polivinilatsetat
Vinilatsetat va erituvchi
buglari
Reaktor va erituvchilarni kaytarish
sistemasi
Polivinilxlorid
Vinilxlorid
Reaktor va muzxonalar bosim
ostida ishlaydigan kurilmalar
Polistirol
Stirol
Reaktor va omborxonalar
Poliuretan
Toluidendiizotsianat
Reaktor va omborxonalar
Kauchuk
Uglevodorodlar,
vodorod sulfid
Reaktor va omborxonalar
Tolalar
Kuyi
molekulali
moddalar
Reaktor va omborxonalar
Suvda eruvchan polimerlardan xalq xo`jaligida foydalanish va ekologik
muammolarni echishda ularning eritmalaridagi tizim turlarini va tizimlanish
darajasini bilish kerak bo`ladi. Agar eritmada ustmolekulyar tuzilmalar (masalan,
sferolitlar, lamelalar, globo`lalar, pachkalar, lentalar) ko`proq bo`lsa, bir maqsad
uchun, bordiyu, ivik fazoviy tizimga ega bo`lsa, boshqa maqsad uchun ishlatiladi.
Masalan, bir chelak loyqa suvni tindirish kerak bo`lsa, unda birinchi tipdagi
tizimdan, loyqa turg`unligini orttirish uchun esa ikkinchi tizimga ega bo`lgan
polimer eritmalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Keltirilgan misolimizda
45
suvni tindirish dispers sistemalarda tizim hosil qilish yoki koagulyasiyalash
deyiladi.
Suvni
tindirishga
qarshi
kurashish
esa
dispers
sistemasini
barqarorlashtirish deb ataladi. Barqarorlashtirish jarayonidan neft va gaz qidiruv
ishlarida, erni burg`ilashda, gil loylarini tayyorlashda foydalaniladi.
Dispers sistemalarni tizimlanishdan tuproq unimdorligini oshirishda, suvni
tozalashda, danador o`g`itlar oliщda keng foydalaniladi.
Suyultirilgan polimer eritmalarini tuproq ustiga sepilganda ular o`zaro birikib
polikompleks – tuproq qobig`ini hosil qiladi. Bu qatlam tuproqni shamol va suv
eroziyasidan saqlaydi, etarli namlik darajasini ta’minlaydi, tuproq tarkibini
yaxshilaydi, katqaloqning oldini oladi, urug`larning unib chiqishi va keyingi
rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit donador tuproq unimdorligini oshirishga
sabab bo`ladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, agar polikomplekslar tabiatan kuchli
polikomplekslardan olinsa (yoki polimerning suvdagi konsentratsiyasi ko`proq
bo`lsa), ularning bog`lovchilik xossalari kuchayadi, tuz va qum zarrachalarini
shamol ta’sirida uchib ketishdan saqlaydi, ya’ni ularni tuproq va qumni qoplab
oluvchi material sifatida qo`llanishi mumkin. Tabiatan kuchsiz polielektrolitlardan
olingan polikomplekslar esa tuproqda unumdor tizim hosil qiladi.
Tabiiy moddalardan yoki ta’sir muddati uzaytirilgan o`g`it o`rnini bosadigan
sintetik
materiallardan
olingan
MT-1,
MT-2,
MT-3,
MT-4
markali
polekomplekslar parchalanganda ular tuproqqa ozuqa vazifasini o`taydi.
Respublikamizda
ishlab
chiqariladigan,
tarkibida
azot
saqlangan
oligomerlardan va polimerlardan olingan ushbu polikomplekslarni paxtachilikda
qo`llash chigitni o`sishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi, har gektar erdan 4-6
sentner ko`proq hosil olishga imkon beradi va ko`pgina ekologik muammolarni hal
etishga yordam beradi.
46
Suvda eruvchan polimerlarni paxtachilikda qo`llash boshqa usullarga nisbatan
quyidagi afzalliklarga ega:
1. Bo`z tuproqning suvdagi turg`unligi – 5-8% dan 85-95% gacha ortishiga
imkon beradi.
2. Tuproqning tarkibi yaxshilanib, uning ustki qatlami (0-10 sm) da harorat 1-
2°S gacha ortishi mumkin.
3. Hosil bo`lgan tuproq – polimer plenka (qobiq) tuproqdagi namlikning
bug`lanishiga yo`l qo`ymaydi.
4. Bunday qatlam kunduzi tuproqni Quyosh nurlari ta’siridan qizib ketishi va
kechasi infroqizil nur chiqarish hisobiga sovushini kamaytirib, sutkali tuproq
o`rtacha o`zgarishini bir xil saqlashga imkon beradi.
Polikompleks yoki polielektrolitlar eritmalarini sepish uchun oddiy
traktorning orqa ramasiga 2 ta bak o`rnatiladi. Eritmani tuproq ustiga sepish uchun
gerbitsid eritmalarini sepadigan moslamani takomillashtirish kerak bo`ladi.
Tuproq ustida hosil bo`lgan qatlamning yana bir afzalligi shundan iboratki,
ma’lum bir muddatdan so`ng Quyosh nurlari ta’sirida o`z-o`zidan parchalanib,
tuproqning texnologik xossalarini yaxshilaydi va ta’sir muddati uzaytirilgan o`g`it
vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, bu qatlam chigit unuvchanligini 5-10% ga
oshiradi va urug`ni kamroq sarflashga imkon beradi. Polikompleks tuproq ostida
ekilgan chigit nihollari 3-5 kun oldin unib chiqadi, ko`saklar ochilishi 5-8% gacha
tezlashadi va hosildorlik birinchi terimdayoq har gektar erdan 4-5 sentnerga ortadi.
Eng muhimi, tuproq ekologiyasiga ta’sir qilmaydi, sug`orish ishlari yaxshilanib
o`simliklar rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi.
Oxirgi yillarda chop etilgan ma’lumotlarga qaraganda, tuproq tizimini suvda
eruvchan polimerlar yordamida yaxshilash natijasida paxta hosildorligi 20-33 %
ga, kartoshka hosili 2 marotaba ortgan. Bir marotaba yaratilgan sun’iy tizim tuproq
unimdorligini 4 yil davomida saqlay oladi.
47
Ma’lumki O`zbekiston tuproqlari katqaloq yaratish xususiyatiga ega. Suvda
eruvchan polimerlar yordamida hosil qilingan tuproq zarrachalari suvga nisbatan
turg`un bo`ladi va katqalok hosil bo`lmaydi. Ular suv ta’sirida disperslanmaydi
(maydalanmaydi), chunki suvda eriydigan polimer tuproq zarrachalari ustida kurib,
suvda erimaydigan holatga o`tadi. Oddiy elim ham qurigandan keyin elimlash
qobiliyatini yana qaytadan tiklay olmaydi-ku! Bundan noto`g`ri xulosa, ya’ni
bunday polimerlar yordamida ishlangan er suvni kam shimadi, degan xulosa
chiqarmaslik kerak. Aksincha, tuproqda sun’iy tizim hosil qilinsa, erning suvga
bo`lgan talabi ortib, sug`orilgandan keyin erda namlik uzoqroq saqlanadi. Polimer
bilan ishlangan tuproq oddiy tuproqqa nisbatan suvni ko`proq yutib olib, ko`proq
bo`kadi, chunki polimer qatlamining suvga nisbatan talabi yuqori bo`ladi. Natijada
sun’iy tizimli tuproq zarrachalari suvga nisbatan turg`un bo`ladi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, suv shimgan polimer plyonkasi namlikni qayta
chiqarish va yana qaytadan suv shimib olish qobiliyatiga ega. Shuning uchun hosil
bo`lgan tuproqning sun’iy tizimi 3-5 yil davomida saqlanishi mumkin. Faqat
suvdan to`yingandan keyin polimer plyonkasi tuproq zarrachalarini ushlab qolish
qobiliyatini yo`qotishi mumkin. Natijada plyonka suv ta’sirida parchalanib (erib)
tuproq zarrachalari maydalanadi (disperslanadi).
Bundan tashqari, suvda eruvchan polimerlar tuproq namligini tejash imkonini
beradi.
Ma’lumki, tuproqda naycha (kapillyarlar), bo`shliqlar, g`ovaklar mavjud.
Tuproq donachalari yiriklashsa ular orasidagi bo`shliqlar miqdori ortadi. Agar
tuproqda K-4 tamg`ali polimerning miqdori 0,03% ni tashkil etsa, tuproqning
g`ovakligi 30% ga ortadi. Bu tuproqda havo miqdorini oshirsa, ikkinchidan suv
yo`llari kengayib uning kapillyarda oqishi qiyinlashadi. Demak, tizimlangan
tuproqda nam ko`proq saqlanadi. Lekin, ma’lumki, namlik nafaqat erning ustki
qatlamida, balki ostki qatlamida ham singib ketadi. Yerga shimilgan singib ketgan
namlik diametri nihoyatda kichik va uzun kapillyarlar orqali yuqoriga, yer ustida
48
ko`tariladi. Tizimlangan qatlamda esa naychalar qirqiladi, ya’ni suyuqlikning
ko`tarilishi to`xtaydi. Demak, polimer bilan ishlangan erda namlik ko`proq bo`ladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 25 sm qalinliqdagi tuproqni suvda eriydigan
polimerlar bilan ishlagandan ko`ra, erning 3-5 sm qalinlikdagi tuproq ishlansa
maqsadga muvofiqdir. Masalan, 1 gektar paxta erini sug`orish uchun 6 ming m
3
suv kerak bo`lsin. Agar 5 sm qalinlikdagi tuproqni tuproq og`irligining yuzdan
biriga teng miqdorida K-4 tamg`ali polimer yoki mingdan 5 qismi miqdorida
poliakrilamid bilan ishlansa, namlik 1 gektar erda 70 m
3
dan 120 m
3
gacha
saqlanadi. Boshqacha qilib aytganda, 1 gektar erga 33 kg dan 70 kg gacha K-4
yoki poliakrilamid polimerlari berilsa, yil davomida 1 gektar erdan 600 m
3
dan
1000 m
3
gacha suv tejalgan bo`ladi. Demak, ming gektar er polimerlar bilan
ishlansa, salkam 1 mln m
3
suvni tejash mumkin.
Suvda eruvchan polimerlardan tuproq eroziyasiga qarshi kurashda ham
qo`llash mumkin.
Ma’lumki, dehqonchilikka katta zarar etkazadigan omillardan biri –tuproq
eroziyasidir. Hozirgi paytda, ma’lumotlarga qaraganda, MDX mamlakatlarida
yiliga 500 mln tonna tuproqni suv yuvib, shamol uchirib ketadi. Ushbu tuproq
tarkibida 1,2 mln tonna azot, 590 ming tonnaga yaqin fosfor, qariyb 12 mln
tonnaga yaqin kaliy behuda nobud bo`ladi. Eroziya tufayli yiliga erga 50-60 mlrd
m
3
ga yaqin suv etishmay qolmoqda. Hozirgi paytda tuprog`i yuvilgan erlar
maydoni AQSHda 400 mln gektarni, Rossiyada 100 mln gektarni tashkil etadi.
Respublikamiz hududida esa bir necha o`nlab gektar erlar shamol va suv
eroziyasiga uchraganligi matbuotdan ma’lum.
Eroziyaning oldini olish yullaridan biri – tuproq tizimini yaxshilashdir.
Ko`pgina holatlarda suv er ustidagi tuproqni yuvib ketishi va o`simlik ildizlari
ochilib qolishiga guvoh bo`lganmiz. Agar tuproq sun’iy tizim hosil qiluvchi suvda
eruvchan polimerlar (masalan, K-4 tamg`ali polimer bilan) ishlov berilsa, tuproq
yuvilishini oldini oladi, ya’ni tuproq eroziyaga uchramaydi.
49
Suvda eruvchan polimerlarning erning sho`rini yuvishda ham qo`llash
mumkin.
Ma’lumki, sho`rxok erlar Buxoro, Xorazm, Qorakalpog`iston Avtonom
Respublikasida, Mirzacho`lda, Fargona vodiysida va bir qator tumanlarda uchrab
turadi. Bunday erlarda chigit siyrak unib chiqadi, ba’zan u nobud bo`ladi,
o`simliklar yaxshi o`smaydi va ularning rivojlanishi sekinlashadi, paxtaning pishib
etilishi kechikadi, ya’ni kuzgi ishlar uzoqqa cho`zilib ketadi. Ekologik nuqtai
nazardan olib qaraganda, sho`rxok erlardan chang tuzonlar ko`tarilib atrof-muhitni
ifloslantiradi.[35-36]
Muammoning 2 ta echilish usuli mavjud: - erning sho`rini yuvishdan oldin
tuproqda tizimli donachalar miqdorini oshirish;
Ma’lumotlarga qaraganda, har gektar kam sho`rlangan erga 1500-2500 m
3
suv, o`rtacha sho`rlangan erga 2500-4000 m
3
, yuqori sho`rlangan erlarga esa 3500
-5000 m
3
suv sarflanadigan bo`lsa, suvga eruvchan polimerlar bilan sun’iy tizim
hosil qilib erni yuvilganda yuqoridagi keltirilgan suv miqdorlari 2-3 barobar
kamayadi. Ya’ni, kam sho`rlangan erlarda 1500-2500 m
3
suv tejaladi. Bundan
tashqari, kanal va zovurlarda sizot suvlarini kamaytiradi va ularni o`z vaqtida
tozalash ishlarini amalga oshirishga katta yordam beradi.
Suvda eruvchan polimerlarning ko`chma qumlar harakatini to`xtatishda ham
qo`llash mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, MDX mamlakatlarida cho`l va sahrolar 350 mln
gektarni tashkil etadi. Bu Hindistondek buyuk mamlakatning butun territoriyasiga
tengdir. MDX mamlakatlarining janubiy qismlarida cho`l va sahrolardan iborat
220 mln gektar er bo`lib, shundan 150 mln gektari Qozog`istonda, 40 mln gektari
Turkmanistonda va 30 mln gektari O`zbekiston hududida joylashgandir.
Boshqacha qilib aytganda, Qozog`iston erlarining 55%, Turkmaniston erlarining
80 % ni va O`zbekiston erlarining 70% iga yaqinini cho`l va saxrolar tashkil etadi.
Mana shu cho`llar va sahrolar orasida qumli saxrolar va ko`chma qumli sahrolar
50
mavjudki, ulardan foydalanish yildan yilga kamayib bormoqda. CHunki shamol
ta’sirida vujudga keladigan qum harakati tabiiy ofatlardan bir turi bo`lib qolmoqda.
SHamol ta’sirida harakatga kelgan ko`chma qumlar bog`-rog`larimizni, unumdor
erlarimizni, qishloq va hatto shaharlarimizni bosib, yo`llarni qum ostida qoldirib,
yuqori kuchlanishli elektr liniyalarini ishdan chiqarmoqda.
Cho`l va sahrolardan unumli foydalanish va, xususan, ko`chma qumlar
harakatining oldini olish ham mintaqamizda o`z echimini kutayotgan ham iqtisodiy
va ham ekologik muammolardan biri bo`lib qolmoqda. Ushbu muammolarning
echimi quyidagilardan iborat:
- bunday erlarda o`q ildizli daraxtzorlar (saksovul, archa va boshqalar) ni
bunyod etish;
- chorvachilikni rivojlantirish uchun ozuqabop erlarni o`zlashtirib, o`simliklar
dunyosini vujudga keltirish;
- suvda eruvchan polimerlar yordamida qum zarrachalarini yiriklashtirish;
O`tloqzor erlarni barpo etish qumdan tuproq hosil qilish demakdir, ildiz qum
donachalaridan tuproq hosil qilish jarayonlarini kuchaytiradi.
Suvda eriydigan polimerlarni 100 litr suvga 5-15 kg tuproq yoki bentonit
solingan loyqa bilan birga qum sathiga sochilsa, katqaloq hosil bo`lib, qumning
harakatini to`xtatadi, nixollarning unib chiqishiga salbiy ta’sir etmaydi.
Katqaloqning pishiqligi yil davomida saqlanadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, katqaloq pishiqligi yoz oylarida yuqori bo`lib, qish
oylarida, xususan yomg`irdan keyingi paytlarda taxminan 50% ga pasayadi. Eng
muhimi shundaki, yoz oylarida xam katqaloq ostida namlik saqlanadi, bu esa
o`simliklar uchun juda kerakli. Qish paytida esa, harorat katqaloq ostida uning
sathiga nisbatan yuqori bo`ladi. Bu o`simlik ildizlarini qish oylarida
muzlamasligini ta’minlaydi.
51
Suvda eruvchan polimerlarning donador o`g`itlar olishda ham qo`llash
mumkin.
Xalqimiz orasida “erga bersang, elga berasan!” degan hikmatli maqol mavjud.
Dehqonlarimiz erga mahalliy va mineral o`g`itlar solib yuqori hosildorlikka erishib
kelmoqdalar. Masalan, 2000 yilda Farg`ona viloyatida har 1 kg erga solingan azot
hisobiga 7,5 kg, Xorazm viloyatida esa 11 kg qo`shimcha paxta hosili olinganligi
matbuotdan ma’lum. Odatda o`g`itlar sug`orish oldidan erga solinadi. Buning
uchun ular maydalangan bo`lishi kerak. Ammo azotli o`g`itlarning ko`pchiligi
(ammiakli selitra, natriyli selitra, kalsiyli selitra) suvga uch, ya’ni ular gigroskopik
(namlanish) xususiyatiga ega. Ular havo namini yutib qotib qolishi mumkin. Ularni
maydalash paytida esa zaharli changlar paydo bo`ladi. Chunki ammiakli selitraning
kunjara bilan aralashmasi poroxdir. Demak, o`g`it qotib qolmasligi uchun uni
namlikdan saqlash kerak. Buning uchun namni o`tkazmaydigan erga bitum bilan
shimdirilgan qog`oz qoplardan yoki polivinilxlorid, polipropilen, polietilen kabi
polimerlardan tayyorlangan qoplardan foydalaniladi. Bundan tashqari, ammiakli
selitra ishlab chiqarishda 1-2% fosfor angidridi hisobiga fosforitlarning nitrat
kislotadagi eritmasi qo`shib donador RFM markali o`g`it ishlab chiqarilmoqda.
O`g`itlarni donador qilish uchun suvda eruvchan polimerlardan foydalaniladi.
Gikroskopik xususiyatiga ega bo`lgan ammoniyli selitra, kalsiyli selitra suvda
eriydigan polimer eritmalari bilan aralashtirilsa, donador o`g`itlar hosil bo`ladi.
Xullas, kimyo sanoati korxonalari gigienik nuqtai nazardan ekologik
tizimlarni buzuvchi, butun mavjudod, shu jumladan inson va hayvonlar hayoti
uchun matlaq zararli chiqindilarni havoga chiqaradigan manbalardir. Kimyo
sanoati ajratadigan chiqindi moddalar ta’sirchanligi, xavfsizligi va asoratliligi
bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |