2-BOB. KASB-HUNAR KOLLEJLAR KIMYO KURSINI O’QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH METODIKASI
2.1. Kasb-hunar kollejlarlarda “Noorganik kimyo” kursini o’qitishda muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
Kimyoni o’qitishda muammoli ta’lim texnologiyalarini qo’llash masalalari ko’pchilik kimyogar-metodist olimlarning ishlarida o’z aksini topgan [28-36].
Kimyo kursining materiallari muammoli o’qitishdan foydalanishga imkon beradi.
Ayniqsa, elektrolitik dissotsilanish nazariyasi mavzularini o’qitish uchun muammoli yondashuv juda qo’l keladi.
Shu boisdan ham “Elektrolitlar va elektrolitmaslar”, “Tuzlarning gidrolizi” mavzulari bo’yicha muammoli yondashuv tarzida o’tkaziladigan dars senariylarini keltirib o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |