mumkin. Ularning eng muhimlari quyidagilar: tabiatning tipik joylarini o‘z holicha
saqlab qolish uchun qo‘riqxonalar, rezervatlar tashkil etish, ba’zi tabiiy ob’ektlarni,
xalq parklarini buyurtmaxonalarga aylantirish, ajoyib tabiiy ob’ektlar: sharshara,
g‘or, qoya, keksa daraxt, jilg‘a, buloqlarni hisobga olish, antropogen landshaftni
qanday ko‘ngilsiz va nooqilona o‘zgarishlar hamda ifloslanishlardan muhofaza
qilish zarur. Landshaftlarni muhofaza qilish deganda biz uning unsurlarini iloji
boricha toza saqlash, undagi muvozanatning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik,
tabiatning tipik va ajoyib hududlarini tabiiy holicha saqlab qolish kabilarni
42
Landshaft va uning unsurlarini turli shakllarda muhofaza qilish mumkin.
Ularni umumlashtirib quyidagi uch guruhga ajratamiz:
Landshaftning butun komponentlarini to‘la-to‘kis muhofaza qilish;
Antropogen landshaftning vujudga kelishi va uni asl holatini saqlash;
Landshaftning butun komponentlarini muhofaza qilishda qo‘riqxonalarning
ahamiyati juda katta;
Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosobatlarning tobora keskinlashib
borishi, antropogen ta’sirning kuchayishi ta’sirida tabiiy muhitda yuz berayotgan
o‘zgarishlar tabiatni muhofaza qilishni ongli va rejali tashkil etishni taqozo
etadi. Shu munosobat bilan alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar
tizimini tashkil etish muhim amaliy ahamiyatga ega. Ular bir necha tiplarni o‘z
ichiga oladi: qo‘riqxonalar, milliy bog’lar, tabiatdagi muzeylar, ta’qiqlangan va
muhofaza zonalari, rekreatsiya hududlari. Ular u yoki boshqa darajadagi intensiv
xo‘jalik faoliyatidan chiqarilgan hududlar bo‘lib, ular turli darajada tabiat
muhofazasi bilan shug‘ullanadi.
O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ularning nodir va tugab
borayotgan turlarni saqlab qolish, sonini ko‘paytirishda qo‘riqxona, xalq parklari,
zakazniklarning ahamiyati kattadir. Dunyoda muhofaza qilinadigan hududlarning
soni 20 mingdan ko‘proqdir. BMTning tavsiyasiga ko‘ra, har bir mamlakatning
kamida 10% hududi muhofaza qilinadigan hududlar bo‘lishi kerak. Bu
ko’rsatgich mamlakatimizda 6 % ni tashkil qiladi.
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning asosiy turi qo‘riqxonalardir.
Ularning quruqlik va suv havzasining xarakterli tabiiy landshaftlari bilan ma’lum
bir tabiiy hudud bo‘lib, tabiat muhofazasining eng samarali shaklidir.
Qo‘riqxonalarning asosiy vazifasi tabiatni diqqatga sazovor, qimmatli
landshaftlarini asrash, saqlab qolish va muhofazalashdan iboratdir.
Zakazniklar yoki burtmaxonalar - alohida muhofaza qilinadigan tabiiy
hududlarning 3-tipi hisoblanadi. Ularning qo‘riqxonalardan farqi ob’ektlaridan
va ularning resrslaridan xo‘jalik maqsadlarida ma’lum mavsumlarida tabiatga
zarar etkazmasdan foydalanishga ruxsat beriladi. Bir vaqtning o‘zida tabiat
43
ob’ektlarini va ularning bo‘limlari, ayrim hayvon va o‘simlik turlari muhofaza
qilinadi.
Tabiat yodgorliklarini kichik maydonni egallaydigan qimmatli tabiat
ob’ektlari: sharsharalar, geologik ochilma qatlamlar, noyob va tarixiy qimmatga
ega daraxtlar, g‘orlar va boshqa muhofaza qilinadigan ob’ektlar qatoriga kiradi.
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini barpo etishni
loyihalashtirishda quyidagi prinsiplarga amal qilinadi:
1).Ular tizimini tabiiy majmualarning asosiy birligi daryo havzalariga
keladigan yo‘nalishda barpo etish;
2).Tabiat muhofazasi tizimini tabiatning xilma-xilligini aks ettiruvchi
to‘liq spektorda barpo etish;
3).Tabiat ekologik yo‘laklarni barpo etish;
4).Milliy tabiiy parklar maydonini kengaytirish va ularning sonini
ko‘paytirish;
5).Keng maydonni egallaydigan uzoq muddatli zakazniklarni barpo etish;
6).Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda rekreatsiya imkoniyatlaridan
foydalanish va rekratsiya rolini oshirish hamda turli rejimda faoliyat
ko‘rsatadigan hududiy rekreatsiya tizimlarni barpo etish;
7).Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning kadastrini tuzish asosida
loyihalashtirishni amalga oshirish;
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: