Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/65
Sana02.01.2022
Hajmi0,77 Mb.
#307723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
Чўл экотизими ва унинг ўзига хос хусусиятлари

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 


 

4

 “Yer,  yer osti  boyliklari, suv, o‘simlik  va hayvonot  dunyosi hamda  



boshqa tabiiy zahiralar  umummilliy  boylikdir, ulardan  oqilona foydalanish   

zarur va ular  davlat  muhofazasidadir” 

                                O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi,    50-modda. 

   Kirish  

Kishilar tabiatdagi o‘simlik boyliklaridan juda qadim zamonlardan foydalanib 

kelgan.  Biroq  XX  -  XXI  asrlarga  kelib  insonni  o‘simliklar  dunyosiga  bo‘lgan 

salbiy ta’siri kuchayib bormoqda. Bunga sabab qishloq xo‘jaligi rivojlanib borishi 

va  tabiiy  maydonlarning  keng  miqyosda  o‘zlashtirilishi  sabab  bo‘lmoqda.  Bu  esa 

o‘simliklar  olami  genofondi  kamayib  borishiga  olib  kelmoqda.  Har  qanday 

yovvoyi  o‘simliklar  turi  madaniy  ekinlarning  navlarini  barpo  etishda  manba 

sifatida  muhim  rol  o‘ynaydi.  Olimlar  keltirgan  ma’lumotlarga  qaraganda, 

sayyoramizda  tirik  moddalar  umumiy  og‘irligining  99  foizini  yashil  o‘simliklar 

dunyosi  tashkil  qilar  ekan.  O‘simlik  deganimizda  biz  quruq  yerlarda  joylashgan 

dov-daraxt,  ekin,  o‘t-o‘lanlarnigina  nazarda  tutmaymiz,  balki  daryo,  dengiz  va 

okeanlardagi  suv  o‘tlari,  fotosintez  qobiliyatiga  ega  o‘simliklarning  hammasini 

ko‘z  o‘ngimizga  keltiramiz.  O‘simliklar  olamining  salmoqli  qismi  sayyoramiz 

o‘rmonlariga  to‘g‘ri  keladi,  ular  butun  quruqlikning  40  foiz  maydonini  egallagan. 

Biz  madh  etadigan  mana  shu  o‘simliklar  dunyosi  insoniyatni  kislorod  bilan 

ta’minlab turuvchi  “tiriklik  fabrikasi”  hisoblanadi. 

O‘zbekiston  hududida  o‘suvchi  yuksak  o‘simlik  turlarni 

4000 

ga  yaqin 

tabiatdagi yovvoyi holda o‘suvchi turlardir. Ular orasida muhofazaga muhtoj nodir 

turlar  ham  talaygina.    Afsuski,  sayyoramizning  eng  katta  boyligi  bo‘lgan 

o‘simliklar  dunyosi  inson  faoliyati,  qolaversa  ilmiy  texnika  taraqqiyoti  ta’sirida 

borgan sari kamayib bormoqda. Aniq ilmiy manbalarda keltirilishicha, biz yashab, 

ijod qilayotgan Yer kurrasida bundan bir yarim  ming yil  muqaddam o‘rmonlar 47 

foiz  maydonni  ishg‘ol  etgan  bo‘lsa,  hozir  ular  27  foizga  tushib  qoldi.  Ko‘p 

mamlakatlardagi  sanoat  korxonalarida  foyda  ketidan  quvish  oqibatida  juda  katta 

o‘rmonlar  kesilib,  o‘rniga  katta-katta  zavod,  fabrika  va  kombinatlar  qurilmoqda. 

Ustiga-ustak,  atrof-muhitning  ifloslanishi  natijasida  ko‘plab  nodir  va  noyob 

o‘simlik  turlari qirilib ketmoqda. Birlashgan Millatlar  Tashkiloti buyurgan rasmiy 

ma’lumotlarga  qaraganda, sanoat rivojlana boshlagan davrdan  buyon 150 turdagi 

jonivor  yo‘qotilgan  bo‘lsa,  kelajakda  250  ming  xil  o‘simlik  turi  tamomila  yo‘q 

bo‘lib ketish xavfida ekanligi qayd qilinadi. 

Prezidentimiz  I.A.Karimovning  ta’biri  bilan  aytganda:  “Hozir,  XXI  asr 

bo‘sag‘asida,  fan-texnika  taraqqiyoti  jadal  sur’atlar  bilan  rivojlanib  bormoqda. 

Dunyoning  jug‘rofiy-siyosiy  tuzilishi  o‘zgarmoqda.  Bunday  sharoitda  inson 

tomonidan  biosfyeraga ko‘rsatilayotgan  ta’sirni tartibga solish,  ijtimoiy taraqqiyot 

bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson 

va  tabiatning  o‘zaro  munosabatlarida  muvozanatga  erishish  muammolari  borgan 

sari  dolzarb  bo‘lib  qolmoqda…  Taraqqiyotning  hozirgi  bosqichida  inson  bilan 

tabiatning o‘zaro ta’siriga oid bir qator muammolarni hal etish faqat bir mamlakat 

doirasida chegaralanib qola olmaydi. Ularni butun sayyoramiz ko‘lamida hal qilish 

zarur.  Ko‘rinib  turibdiki,  tabiiy  muhitni  inson  yuritadigan  xo‘jalik  faoliyatining 

zararli  ta’siridan  himoya  qilish  bilan  bog‘liq  ko‘pgina  muammolar  keng  ko‘lam 




 

5

kasb  etadi.  Shu  sababli  ular  faqat  xalqaro  hamkorlik  asosida  hal  qilinishi  lozim”. 



Shundan  kelib  chiqib,  O‘rta  Osiyoning  yirik  cho‘llaridan  biri  hisoblangan 

Qizilqum  cho‘lining  Markazida  joylashgan  Buxoro  viloyatining  endemik 

o‘simliklari  bioekologiyasiga  bag‘ishlangan  ushbu  bitiruv  malakaviy  ishi  nodir 

o‘simliklarning muhofazasini tashkil etishda katta  ahamiyatga  egadir. 




Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish