Buxoro davlat universiteti
Sirtqi ta`lim Pedagogika va psixologiya yo`nalishi
7-amaliy mashg'ulot: Pedagogik fanlarini o'qitish jarayonida talabalarning bilim, ko`nikma vamalakalarini tashxis etish.
Savollarga javob yozish.
Bilim, ko‘nikma va malaka tushunchalarini ta’riflang.
Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati nimadan iborat?
Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning vazifalarini belgilang.
Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillarini ayting.
Qaysi nazorat turlari mavjud?
Baho funksiyalarini izohlang.
Baholash mezonlarini tushuniring.
Nazorat qilish metodlarini tasniflang.
Javoblar.
1. Bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mavzu bo‘lib kelgan. Shu bois u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalari, shuningdek, sinf (guruh)dagi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi. Shuningdek, baholash mezonlarini ishlab chiqishda o‘quvchilarning og’zaki javob berishlari, ko‘nikma va malakalariga alohida-alohida yondashiladi.
Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi.
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a'lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
2. Pedagogik tashxislashning asosiy maqsadi ham tashabbuskor va mustaqil shaxslarni tarbiyalashni nazarda tutadigan bo‘lsa, u tarbiyalanuvchiga pedagogika jarayonida faol harakat qiluvchi subyekt rolini beradi.Bugungi kunda pedagogik nazariya va amaliyot muammolarini tadqiq qilish va yechimini topishda pedagogik diagnostika hamda korreksiya muhim ahamiyat kasb etadi.«Pedagogik diagnostika» atamasi ilk bor 1968-yili nemis olimi Karlxayns Ingenkamp tomonidan fanga kiritildi.
3. Ta’lim metodlarining mohiyati, ularga berilgan ta’riflarda o‘z izohini topa olgan. Zero, o‘qitish jarayonning mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo‘lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo‘ladigan ichki aloqa va munosabatlarni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi usul, metod, so‘zlarda aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |