Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari darslarida zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga qo‘yiladigan talablar.
Milliy g‘oya ta`limini olib borishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qo‘llashga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Har bir guruhda o‘quvchi-talabalarga milliy g‘oyani
singdirishning mazmun va mohiyatini, yosh va intellektual
xususiyatlarini hisobga olib yondashish.
2. O‘quvchi-talabalarga ezgulik bilan ijtimoiy faollikni uzviy
ravishda mujassamlashtirilgan holda singdirish.
3. Milliy g‘oyani singdirishning yo‘nalishlari va bosqichlarini
belgilash.
4. Milliy g‘oyani singdirishning metod va shakllari hamda
vositalar mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.
5. O‘quvchi-talabalarning ongi va shuuriga milliy istiqlol
g‘oyasini singdirishda ijtimoiy tarbiyaning barcha omillari
hamkorligidagi ishlarni amalga oshirish.
6. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda milliy g‘oyani singdirishga
doir ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda eng maqbul amaliy
usullarni qo‘llash.
7. O‘quvchi-talabalarning ma’naviy-axloqiy sifatlari hamda
dunyoqarashini boyitib borish bilan birga milliy mafkuraning
mohiyati, ijtimoiy taraqqiyot va shaxs kamolotini ta’minlashdagi
57
o‘rni, ahamiyati, milliy g‘oyani o‘rganish zaruratini doimiy ravishda,
maqsadga muvofiq yoritib borish.
8. Milliy g‘oya asosida talaba-o‘quvchilar ma’naviyatini
shakllantirishni aniq maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat
negizida tashkil etish.
9. Fanni o‘qitish va tarbiyaviy ishlarning uzviyligi-uzluksizligini
ta’minlash.
10. O‘qitish jarayonida berilayotgan bilimlar va keltirilayotgan
faktlarning aniqligiga rioya qilish.
11. Nazariy bilimlar va hayotiy misollarning o‘zaro mosligi,
ularning bir-birini to‘ldirishiga e’tibor berish.
12. Fanlararo aloqa tamoyiliga rioya qilish, tushunchalarni
sodda, aniq berish, ularni o‘rganuvchilarning yoshi, dunyoqarashi,
ruhiyatiga mosligini ta’minlash.
13. O‘quv dasturi, qo‘llanma va darsliklarning bir-biriga mos
bo‘lishini ta’minlash.
14. Dasturda belgilangan mavzular va ularga ajratilgan
soatlarning o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarga mos kelishi hamda
to‘la yoritilishini ta’minlash.
15. O‘qituvchining dasturda belgilangan mavzular bo‘yicha
qo‘shimcha ilmiy-metodik materiallarga ega bo‘lishi, o‘z ustida
muntazam ishlashini ta’minlash.
16. Dastur vazifalarini to‘liq amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan metodik tavsiya, amaliy mashg‘ulotlar, referatlar, mustaqil
ishlar uchun mavzular, savollar, tayanch iboralar lug‘ati, qo‘shimcha
adabiyotlar va yordamchi manbalarni takomillashtirish.
Milliy g‘oya ta`limini olib borishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qo‘llashda quyidagilar metodologik asosi bo‘lib
xizmat qilishi lozim:
1. Milliy g‘oyani singdirish jarayonida tarixiy boy ma’naviy
merosimizga doir bilimlar berishga e’tibor qaratish.
2. Xalq pedagogikasi va buyuk allomalarimizning falsafiy
qarashlari va mulohazalarini o‘rganish.
3. Mustaqillikka erishgandan keyingi o‘tgan davr mobaynida
barcha sohalarda (ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy)
amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlar haqida tushunchalar berish.
Talaba-o‘quvchilar
qalbiga
milliy
g‘oyani singdirishda
pedagogik hamkorlik texnologiyalarini yaratish zarur. Bunda
58
birgalikdagi harakat, tarqatma material, mustaqil ish, trening,
o‘yinlar, ssenariy, ishontirish va h.k.larni amalga oshirish tavsiya
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |