45
- O‘quvchilar o‘qituvchi bilan bevosita muloqatga kirisha
olmaydi;
- Eslab qolish darajasi hamma talabalarda bir xil bo‘lmaganligi
sababli, guruh bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi past bo‘lib qolishi
mumkin;
- Mustaqil o‘rganish va yechimlar qabul
qilish uchun sharoitlar
yaratilmaydi.
Noan’anaviy ta’lim modelining afzalliklari:
- O‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib kelishi;
- O‘z vaqtida qayta aloqalarning ta’minlanishi;
- Tushunchalarni amaliyotda qo‘llash uchun sharoitlar yaratilishi;
- Turli o‘qitish usullarining taklif etilishi;
- Motivatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi;
- O‘tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi;
- Muloqatga kirishish ko‘nikmasining takomillashishi;
- O‘z-o‘zini baholashning o‘sishi;
- O‘quvchilarning mavzu mazmuniga, o‘qitish jarayoniga
bo‘lgan ijobiy munosabati;
- O‘quvchining mustaqil fikrlay olishi;
- Tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishi;
- Muammolarni yechish ko‘nikmalarining shakllanishi.
Noan’anaviy ta’lim modelining kamchiliklari:
-Ko‘p vaqt talab etilishi;
- Talabalarni har doim ham keraklicha nazorat qilish
imkoniyatining pastligi;
- Juda murakkab mazmundagi material o‘rganilayotganda ham
o‘qituvchi rolining past bo‘lishi;
- O‘qituvchining o‘zidan ham
yaxshi rivojlangan fikrlash
qobiliyatiga va muammolarni yechish ko‘nikmalariga ega bo‘lishining
talab etilishi.
“Ta’lim
metodlari
dastlab
pedagog
ongida
muayyan
yo‘nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon
bo‘ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o‘qituvchi va talabalar
faoliyatining o‘zaro tutashuvi, o‘qitish va o‘qishga
qaratilgan aniq
harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod
boshqa shakllarda namoyon bo‘lmaydi, buning boisi ta’lim metodi
o‘zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi”.
Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to‘laqonli yorituvchi
ta’rifni aniqlashga bo‘lgan urinish bugun ham davom etyapti,
yangi-
46
yangi ta’riflar ilgari surilmoqda. Biroq, “ta’lim metodi” tushunchasi
mohiyatini yoritishga nisbatan turlicha qarashlarning mavjudligiga
qaramay, ularni o‘zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud.
Aksariyat mualliflar “ta’lim metodlari talabalarning o‘quv-bilish
faoliyatini tashkil etish usullari” degan qarashga yon bosadilar.
Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning
samarasini taxminlovchi usullar majmuidir.
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini
yoritishga xizmat qiladi,
uning yordamida ta’lim mazmunini o‘zlashtirish yo‘llari ifoda etiladi,
o‘qituvchi va talabalarning o‘zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi.
Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida
namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o‘qish faoliyatini
amalga oshirish sharti hisoblanadi.
Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o‘qish vositalari yordamida
joriy etiladi, shu bois ularning o‘zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz.
Ta’lim metodi tuzilmasi chizmada quyidagicha namoyon bo‘ladi
(M.N.Skatkin qarashlariga ko‘ra):
Chizmadan anglanib turibdiki, ta’lim metodi tuzilmasida
quyidagilar ajralib turadi:
maqsadli tarkib; faoliyatli tarkib; ta’lim
vositalari.
Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham
o‘qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi.
Ta’lim maqsadi o‘qituvchi va talabalar faoliyati asosida, shuningdek,
ta’lim vositalari yordamida natijalanadi,
ushbu jarayonda aniq
maqsadga yo‘naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim tizimlari
maqsadga erishish jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi
mexanizm asosida hamda mavjud tarkibiy unsurlarni qanday ishga
solish mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: