Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi


Tayanch tushuncha va iboralar



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/84
Sana20.04.2023
Hajmi1,57 Mb.
#930777
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   84
Bog'liq
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999

Tayanch tushuncha va iboralar: 
Ma’naviyat, ma’naviyat 
ta’limi nazariyasi, inson qalbidagi ilohiy nur; insonning ichki-botiniy 
dunyosi; insonni jamiki boshqa mavjudotlardan ajratuvchi ijtimoiy 
hodisa; odamning ruhiy va aqliy olamining majmui; aqliy zakovot va 
ruhiy-ma’naviy salohiyat; olim bo‘lma - odam bo‘l; kuch bilim va 
tafakkurda, yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma`naviy-ma`rifiy ishlar tizimini tubdan 
takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida”gi PQ – 5040-son Qarori. 2021 yil 26 mart. 
https://lex.uz/docs/-5344692. 


20 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1.
Ma’naviyat tushunchasining mohiyatini izohlab bering? 
2.
Ma’naviyat ta’limining shakllanish jarayonini aytib bering. 
3.
Ma’naviyatning shaxs, millat, jamiyat hayotidagi o‘rni 
nimada? 
4.
Ma’naviyatning asosiy tushunchalariga nimalar kiradi? 
5.
Ma’naviyat taraqqiyotining qanday asosiy qonunlarini 
bilasiz? 
 
3-
MAVZU
: M
ILLIY G`OYA VA MA`NAVIYATGA OID 
FANLARNI O`QITISHNING O`ZIGA XOS 
XUSUSIYATLARI.
 
 
Reja: 
1.
Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslariga oid fanlarning o‘ziga xos 
xususiyatlari. 
2.
Inson va jamiyat hayotida g`oya, mafkura, ma`naviyatning o`rni. 
3.
ХХI asr – axborot va texnologiyalar asrida milliy g`oya va 
ma`naviyatga va bu sohadagi fanlarni o`qitishga ehtiyoj. 
 
Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslariga oid fanlarning o‘ziga xos 
xususiyatlari. 
Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi 
fanlarning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Chunki, bu fanlar ozod 
va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etayotgan xalqimizning 
maqsad-muddaolari va orzu-intilishlarini, bir so‘z bilan aytganda, 
jamiyatimizning shakllanib kelayotgan milliy g‘oyaning asosiy 
tushuncha va tamoyillarini fanning xususiyatlari nuqtai nazaridan 
chuqur va atroflicha o‘rgatadi. Hozirgi murakkab sharoitda xalqimiz, 
avvalo, o‘sib-unib kelayotgan yosh avlodimiz ongi va qalbida 
mafkuraviy immunitet hosil qilish muhim ahamiyatga ega. Bu ishni 
bamisoli yosh niholga mevali daraxt kurtagini payvand qiladigan usta 
bog‘bondek noziklik va mehr bilan, oqilona yo‘l bilan amalga oshirish 
lozim. Chunki “Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari 
birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan 
qat’i nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun 


21 
doimo mas’uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho 
merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo‘lishiga 
erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni 
yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun 
fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining 
bosh maqsadidir”
1
.
Mamlakatimizda demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyatni 
barpo etishda, bizga yot va begona mafkuralar tajovuziga qarshi tura 
oladigan, har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish, 
g‘oyaviy bo‘shliq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va nihoyat, yurtning 
yuksak taraqqiyotini ta’minlash – milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari
turkumiga kiruvchi fanlarni shakllantirish ehtiyojini yuzaga keltirdi. 
Bu fanlarni o‘rganishni taqoza etadigan umumiy va o‘ziga xos 
qonuniyatlar 
mavjud. 
Umumiy 
qonuniyatlar 
turli 
xalqlar, 
mamlakatlar, jamiyatlar hayotida amal qiladigan umumiy asosga ega 
bo‘lgan ichki zaruriy bog‘lanishlar bo‘lib, u jamiyat va mafkuralar 
(g‘oyalar) ning bir-birlari bilan uzviy bog‘liqligi qonunidir. Jamiyat 
mafkurasiz, maqsadsiz yashay olmaydi. Demak, birinchidan mafkura 
har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa, odam, jamiyat, 
davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar. Ikkinchidan, qayerdaki 
mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerda begona mafkura 
hukmronlik qilishi ham tayin. Buni isboti uchun xoh tarixdan, xoh 
zamonamizdan ko‘plab misollar keltirish qiyin emas.
1
U jamiyat 
oldidagi maqsadlar, uni amalga oshirish vositalaridir. Qolaversa inson 
hayotida ma’naviy mezonlar ham muhim o‘rin tutadi. Birinchi 
Prezidentimiz Islom Karimov “Ma’naviyat-insoniyatning, xalqning, 
jamiyatning, davlatning kuch-quvvatidir», degan edi. Binobarin, 
jamiyatning, insonlarning ma’naviy madaniyati qancha yuksak bo‘lsa 
Vatanimiz O‘zbekiston shuncha tez mustahkamlanib boradi, boshqa 
ijtimoiy muammolarni hal qilish osonlashadi. 
Yaponiya qazilma boyliklari, yer-suvi bilan gullab yashayotgani 
yo‘q, u ma’rifati, aqli tarixi bilan XIX asrda ustivor bo‘lib turibdi. 
Ma’naviy qashshoq xalq hech qachon boy bo‘lmaydi. O‘z huquqini 
1
Karimov I.A. “Milliy istiqlol g`oyasi:asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasidagi so`z 
boshidan. Т.9. -Т.: «O`zbekiston», 2001. – 222-b. 
1
Karimov I.А. Biz kelajagimiznio`z qo`limiz bilan quramiz. Т.7. -Т.: «O`zbekiston», 1999, 
84-85 b. 


22 
bilmagan, o‘z qonunlari kuchini anglab yetmagan va tushunishni 
istamagan insonning shon-shavkati tuproq bilan tengdir.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov 
1997 yil 29 avgustida Oliy Majlisining 9-sessiyasida “Barkamol 
avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” nutqida “Har qaysi 
millat nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan harbiy qudrati 
va ishlab chiqarish salohiyati bilan balki birinchi navbatda o‘zining 
yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir” degan edilar. Shu 
bois mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq 
buyuk ma’naviyatmizni tiklash va yanada yuksaltirish milliy ta’lim – 
tarbiya 
tizimini 
takomillashtirish, 
uning 
milliy 
zaminini
mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon
andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta 
ahamiyat berib kelinmoqda. 
Bu ma’naviy mezonlar kecha yoki bugun o‘ylab topilgan emas. 
Ular insoniyatning ming yillik tarixi ota-bobolarimizning necha-necha 
avlodlari tajribasi davomida yuzaga kelgan. Ma’naviyat insonga ona 
suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan singib kelgan.

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish