Bilish - insonning oʼzining qurshagan dunyoga boʼlgan munosabatlaridan biridir.
Gnoseologiya - (gnosis - bilish, logos - taʼlimot) dunyoni anglash, uning umumiy qonuniyatlarini bilish bilan shugʼullanadi.
Germenevtika - qadimgi yunon afsonalaridagi xudolarning xohish va irodasini insoniyatga tushuntirib berish uchun yerga yuborilgan elchisi - Germes nomi bilan ataladi. Demak, germenevtika - tushunish, tushuntirish, tahlil etish gʼoyalariga asosiy diqqatini qaratadi.
Gipoteza - tekshirilayotgan predmet yoki xodisa toʼgʼrisida ilgari surilgan ilmiy jihatdan asoslangan, ilmiy fakt va maʼlumotlarga zid boʼlmagan, lekin haqiqatligi hali isbotlanmagan ilmiy bilish shaklidir.
Induktsiya - tadqiqotchi oʼz tafakkuridan tekshirayotgan predmet yoki hodisalar toʼgʼrisidagi bir qancha juzʼiy faktlardan, ular haqidagi ayrim bilimlardan umumiyroq bilimni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |