Buxoro davlat universiteti repablic of uzbekistan



Download 0,98 Mb.
bet51/81
Sana31.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#260711
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81
Bog'liq
2 5287471291064913011

Marhum ustozlarim,

Rahmatli zotlar,

Endi siz tinch yoting makoningizda.

0‘kinmang, malomat qilsalur agar,

Abadiv bardosh bor imkoningizda.

Abdulla Oripovning mustaqillikka erishilgandan keyingi davrdagi ijod mahsuli boigan «Hayot saboqlari», «Temur bog'lari», «Gina», «Fojia», «Vafo qilarmisan. bahorim!» singari she’rlarida milliy qadriyat va an’analarimiz katta g'urur va ixlos bilan yoritilgan, muhim poetik fikrlar va turfa tuyg'ular yorqin ifodalangan:



Temurdek zotning-ku qaytmog 7 gumon,

Lekin ne bo ‘Isa ham izi qolibdi.

Qancha chevrilmusin ko ‘hna bu jahon.

Bog'i, imorati, so'zi qolibdi...

(«Temur bog ’lari»)

Abdulla Oripov she’riyati hayot bilan hamnafas. rostgo‘y, xalqchil va kurashchan she’riyatdir. Shoir dolzarb g'oyalarni olg'a surishda, ko'pchilikni hayajonga soladigan katta fikrlarni, turfa iuyg'ularni ifodalashda Qur’oni Karim va hadisu Sharif ohanglaridan ham o'rinli foydalanadi. Shoirning «Haj daftari», «Hadis sadolari» she’riy to‘plamlari buning dalilidir. Xususan, ellikta hadisona she’rida shoir diniy libosda namoyon bo‘lgan ezgu tuyg‘ularni, milliy qadriyatlarimizni ixlos bilan tasvirlab bergan.

Abdulla Oripov she’riyatida publitsistik va tanqidiy ruh kuchli. Shoir hayotni bo‘yab-bezab, ko‘klarga ko‘tarib maqtab o‘tirmaydi. U bor gapni boricha lo‘nda va dangal qilib aytib qo‘ya qoladi. Bu xususiyat shoirning mustaqillik haqidagi she’rlarida, ayniqsa, ochiq ko‘rinadi. Abdulla Oripov 0‘zbekiston mustaqilligini dil-dildan qoMlab-quvvatlagani holda bu sohadagi guruhbozligu tarafkashlik, ish o'rniga gap sotish, bir-biriga tosh otish kabi nuqsonu illatlarni dangal ochib tashlaydi.

Abdulla Oripov she’riyatida hajviyot ham katta o‘rin egallaydi. Shoirning «Tulki falsafasi», «Yozg*uvchilikka ariza», «Turg‘unboy», «Temir odam», «E’tiqod» kabi she’rlarida, «Ranjkom», «Jannatga uo‘1» dostonlarida hajviyot xususiyatlari yaqqol namoyon bo‘lgan. Bu asarlarda adolatsizlik va qalloblik, ayyorlik va ko‘zbo‘yamachilik, xiyonat va vijdonsizlik, poraxo'rlik va yolg‘onchilik, ikkiyuzlamachilik va ta’magirlik singari illatlar turli shakllarda hajv ostiga olingan:

Topgan-tutganingni xalqqa ber, qo ‘zim,

Sen faqat o ‘shanda topgaysan to ‘zim.

Lekin bir mantiqni unutma aslo,

Ya ’ni, mansubdirman xalqqa men o 'zim.

(«Bir ustoz o 'giti»)

Shuni alohida qayd etish kerakki, 0‘zbekiston mustaqilligi davrida Abdulla Oripov ijodining oldingi salmog'i, tarovati shira boyladi. Shoir 1991-yil 31-avgustida Oliy Kengashning O'zbekiston mustaqil deb e’lon qilingan tarixiy majlisida hayajon bilan yangi bir she’rini o‘qib bergan edi. Bu she’rda mustaqillikka erishilganidan baxtiyorlik tuyg'ulari xalqona sodda va teran mazmunli misralarda yorqin tasvirlangan:



Safga tizil nabiram, otajonim, tur endi,

Mustaqillik nash 'asin, haqqing bordir sur endi.

Qo ‘Ini berib qo ‘llarga, bir tan bo ‘lib yur endi.

Yelkamizga oftobning tekkanligi rost bo 'Isin,

O 'zbekning o 'z urug 'in ekkanligi rost bo ‘Isin.

O ‘z qo ‘lingga olganing yalov senga muborak,

Yuragingda so ‘nmagan olov senga muborak.

Yondirolding qorlarniqalov senga muborak. Yelkamizga oftobning tekkanligi rost bo ‘Isin,

O ‘zbekning o ‘z urug ‘in ekkanligi rost bo 'Isin.

Abdulla Oripov ijodida mustaqillikni qutlash va ulug‘lash uni ko‘z qorachigiday asrash va mustahkamlashga chaqiriq bilan chambarchas bog'liq holda aks ettirildi. Shoir ozodlikni bebaho, buyuk ijtimoiy ne’mat sifatida ta'riflab, uning asl mohiyatini faxr va iftixor bilan ko'rsatib berdi. Uning «Oliy ne'mat» she’rida tasvirlanishicha, bir Xoja nogahon dardga yoMiqib. davo izlab yelib-yuguradi. Oxiri paymonasi to‘lib, yorug1 dunyodan umidini uzadi. Shu choq eshigida ishlab yurgan va tabiblikka daxli bor bir qul kirib, uni davolaydi. Xoja shifo topadi va qulga «qilgan xizmatingning yo‘qdir bahosi», «t i I a tilagingni», «sochayin boshingdan oltin va kumush», «istasang. mulkimning teng yarmin beray», deydi. Qul esa oltinning ham bahosi bor, agar mening xizmatim o‘zingiz aytganingizdek, bebaho bo‘lsa menga bebaho ne’mat bering, deydi. Shunday qilib, qul katta boylikka — oltinga ega bo‘lishdan ko‘ra, ozodlikni ustun qo‘yadi va buni shoir mumtoz adabiyot an’analaridan ijodiy foydalangan holda mahorat bilan tasvirlab beradi.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish