(«Qalandar ishqi»)
Choipon o‘z she’rlarida chiroyli o‘xshatishlar, yangi-yangi sifatlashlar, g‘oyat nafis va nozik metaforalar, chuqur mazmunli mubolag‘ayu jonlantirishlar kashf qiladi. Yorqin va jonli manzaralar chizib, o‘quvchiga estetik zavq bag'ishlaydi:
Ariqda suvlaming o'ynoqi qo‘shig‘i,
Shoxlarda uxlagan barglarni uyg'otdi.
Ayniqsa, shamolning i yumshoq sho ‘xligi,
Shoxlarda barglarni titratdi, o ‘ynatdi.
(«Barg»)
Cho'lpon she’riyati vazn va qofiya jihatidan ham tugal, kam-ko‘stsiz. Shoir o‘z ijodi bilan o‘zbek she’riyatining asosiy vazni bo‘lgan barmoqning imkoniyatlari cheksiz ekanini yana bir bor isbotladi. Cho‘lpon aksariyat she’rlarida asar tilining go‘zal va jozibadorligini ta’minlash bilan vaznning musiqiyligi va oichov (ritm)ning aniq va jarangdorligiga erishadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |